Microsoft Word Koxlear Temurova




Download 196,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.12.2023
Hajmi196,47 Kb.
#120600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2562-Текст статьи-6310-1-10-20210927

Implant ta’minlaydi: 
1. 
Me’yoriy eshitishga nisbatan 30 dan-40 dB gacha bo‘lgan eshitish 
sezgisini tiklash; 
2. 
Me’yordagi, atrofimizdagi kundalik tovushlarni, ya’ni eshikning 
taqillashi yoki eshik qo‘ng‘irog‘i, motor tovushi yoki avtomobilning signali
telefon qo‘ng‘iroqlari, kuchukning hurishi, musiqadagi fon va b. tovushlarini 
sezishning sezilarli yaxshilanishi; 
3. 
Tovushlar olamiga psixologik “yorib kirish”. Kundalik mavjud 
bo‘lgan tovushlarning implantant orqali his qilingan sub’ektiv balandligi odatda 
optimal tanlab olingan eshitish apparatidan foydalanilgandan ham yuqori bo‘lishi. 
Natijada karlar va past eshituvchilar o‘z hissyotlarini “Men eshita boshladim” deb 
ayta boshlaydilar. 
4. 
Operatsiyadan chiqqan kishilarning aksariyati eshitish imkoniyatlari 
kombinatsiyalarining ortishi va lablardan o’qish hisobiga suhbatdoshni yaxshiroq 
tushuna boshlaydilar. 
Nucleus 
Xalqaro 
guruhining 
ma’lumotlariga 
ko‘ra, 
operatsiya 
qilinganlarning yarmicha atrofidagilari nutqni lablardan uqish yo‘lisiz 
anglayotganliklarini va taxminan shuncha miqdordagi kishilar maxsus koddan 
foydalanmasdan telefon orqali gaplashish, muloqot qilish qobiliyatiga ega 
bo‘ldilar. 


Optimal tarzda tanlangan eshitish apparatidan foydalanishdan ko‘ra 
implantatsiya usulining bir qator afzalliklari mavjud. 
1. Ko‘p kanalli implantant eshitishning chastotali selektivligini, ya’ni 
akkustik signaldagi bir vaqtda mavjud bo‘lgan chastotalarini ajrata olish 
qobiliyatini tiklashi mumkin. Eshitish apparatlari eshitishning chastotali 
selektivligini prinsip jihatidan tiklay olmaydi. 
2. Implantni qo‘llash akkustik qayta aloqaga yo‘l qo‘ymaydi. Shunga 
muvofiq so‘zlashuv nutqidagi o‘ta past tovushlarni sezish imkoniyatini 
ta’minlaydi. 
3. Implant nutqning o‘ta yuqori chastotalari haqidagi ma’lumotlarni berishi 
mumkin. Ko‘p hollarda o‘ta kuchli eshitish apparatlari bilan protezlash bir qator 
texnik murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Koxlear implantant nutq protsessorida 
zarur bo‘lgan yuqori chastotalarni kodlash uchun hech qanday texnik cheklashlar 
mavjud emas. 

Download 196,47 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 196,47 Kb.
Pdf ko'rish