• Bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlari yoki oqibatlari
  • Koxlear implantatsiya mumkinbo’lmagan holatlar




    Download 196,47 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana16.12.2023
    Hajmi196,47 Kb.
    #120600
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2562-Текст статьи-6310-1-10-20210927

    Koxlear implantatsiya mumkinbo’lmagan holatlar: 
    1. Quloq shillig’ining to‘la yoki qisman tekislanishi. 
    2. Retrokoxlear patologiya. 
    3. Promontorial testning salbiy natijalari. 
    4. Birgalikda kechuvchi og‘ir somatik kasalliklar. 
    5. Implantatsiyadan so‘ng surdopedagog bilan ko‘p yillik davomli 
    mashg‘ulot olib borishga intilishning mavjud emasligi. 
    Implantatsiya umumiy anesteziya holatida amalga oshiriladigan har qanday 
    xirurgik aralashuv kabi tavakkalchilik bilan bog‘liq.
    Bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlari yoki oqibatlari: 
    • Jarohatning infiltratsiyasi. 
    • Yuz nervining shikastlanishi. 
    • Quloq orqasi sohasida sezishning yo‘qolishi va rigidlik. 
    • Ta’m sezish va muvozanatning buzilishi. 
    • Quloqdagi shovqinning sezilarli darajada ortishi. 
    Implantning samara bermasligi kamdan kam holalarda kuzatilgan. Biroq, 
    implantning nutqni anglashni sezilarli darajada yaxshilamasligi ehtimoldan holi 
    emas. Elektr stimulyatsiyaning davomiyligi (20yildan ortiq) haligacha 
    aniqlanmagan. 
    Bolaning 1- yil yosh davri butun hayoti davomida zarur bo‘ladigan jismoniy 
    va psixik xususiyatlarining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega 
    davr hisoblanadi. Bu davrni tadqiqotchilar bolalarning eng tezkor rivojlanish davri 
    deb hisoblaydilar.
    Go‘daklik davrida sensor tizimlar, ya’ni ko‘rish, eshitish, taktil sezgilar 
    intensiv holda rivojlanadi. Bo‘lajak orientir olish reaksiyalarining elementar 
    shakllari shakllanadi:diqqatni to‘play olish, kuzatish, aylanma harakatlar, ilk bor 
    tashkillangan harakat – ushlab olish akti. Go‘daklik davrining ijtimoiy vaziyati 
    kattalar va bolalarning ajralmas holdagi birgalikdagi faoliyati bilan xarakterlanadi. 
    Bunda kattalar ko‘ruv va eshituv sezgilarining tashkilotchisi sifatida gavdalanadi. 
    Go‘daklik davri va ilk yosh davrlari bola rivojlanishidagi xavfli davr 
    hisoblanadi, aynan shu davrda miya atrof-muhitdagi nutq tovushlari kabi 
    stimullarni his etish va foydalanishga yuqori darajada sezgir bo‘ladi. Bu eshitish 
    funksiyasida shuni anglatadiki, tovushlar miyaning rivojlanish bosqichida nutqni 
    imitatsiya qilish, nutq faolligi, qaytarma akkustik aloqa va so‘z , iboralarning 
    ma’no 
    mazmunini 
    anglash 
    uchun 
    zarur 
    bo‘ladi. 
    Fonemalarning 
    differensatsiyalashgan eshitish tuyg‘usi ularni to‘g‘ri talaffuz etilishidagi zarur 
    shart-sharoiti sifatida xizmat qiladi. 5-6 yoshli bola o‘z talaffuzini rivojlantira 
    borib, nutq rivojlanishining barcha tomonlarini to‘laligicha egallab olishga qodir. 
    Ya’ni, so‘zning fonetik, ritmik tuzilishi, iboralarni ohanglar bilan variativ bezash, 
    turli xil kommunikativ maqsadlar asosidagi ifodali nutqni to‘liq egallash, keyingi 
    kattaroq yosh davrlarida emotsional holatlarning nozik tomonlarini ham o‘rganib 
    oladilar.
    Go‘daklik davridagi yangi shakllangan hodisa bu – avtonom holatdagi 
    vaziyatli nutqning paydo bo‘lishi hisoblanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 


    chiqarayotgan tovushlar kuchi, tembri bilan ajralib turadi, lekin ulardagi 
    aytilayotgan tovushlar balandligi bilan kam farq qiladi “birinchi oktava lya notasi”.
    Ilk nutqiy harakatlarning paydo bo‘lishi uchun miya po‘stloqlarining 
    ishlashi bilan paydo bo‘luvchi ma’lum bir kognitiv bagaj (yuk)mavjud bo‘lishi 
    kerak. Ona ovozini, tovushlarni eshitganda orientir refleksining paydo bo‘lishi, 
    bolaning unga qarab turganni sezishi, yuzni ko‘rishi, yorqin rangdagi 
    o‘yinchoqlarga qiziqib qarashi – bularning hammasi bola rivojlanishi uchun eng 
    muhim, yuqori bo‘lgan eshitish va ko‘rishning inson ruhiy faoliyatidagi eng zarur 
    dastlabki ko’rinishlari hisoblanadi. 
    1,5 oylik bolada muloqotning birinchi noverbal reaksiyalari paydo bo‘ladi: 
    onaning yuzini ko‘rishi bilan va ovozini eshitishi bilan jilmayish kabi. 3 oylik 
    davrga kelib, bolaning kulgusi ota-onalar kulgisi bilan sinxronlashadi. 
    Vizual muloqot, emotsional o‘zaro ta’siri eshitish diqqatini jalb etish va 
    ushlab turish, eshitish sezgisi va nutq sezgisini belgilab beruvchi verbal muloqotni 
    aniqlab beradi. Ye. N. Vinarskayaning ta’kidlashicha, hayotining 9-10 oyiga kelib 
    bolada kattalar nutqini tushunish shakllanadi, 18-20 oylikda bo‘g‘inlab ayta 
    oladigan 1-oddiy so‘zlarni anglaydi. 
    Kar bolalarda eshitishning buzilishi psixik rivojlanishining sensor asosini 
    toraytiradi, emotsional sohadagi, fazoviy tasavvurlar, predmetli-amaliy 
    faoliyatdagi ikkilamchi buzilishlar paydo bo‘ladi. Ilk yosh davrlarida eshitishni 
    yo‘qotgan bolalar o‘z ona tilini egallashga qobiliyatsiz bo‘lib qoladilar. E.V. 
    Mironovaning fikricha, normal eshituvchi bolada qandaydir sabablar bilan 
    eshitishning buzilishi atrofdagilarning unga qaratilgan nutqini qabul qilish 
    imkoniyatinigina emas, balki uning shaxsiy nutqi sifatiga ham salbiy ta’sir 
    ko‘rsatadi. Bular: intonatsiya qashshoqlashadi, so‘zlarni talaffuz qilish tempi 
    o‘zgaradi, lug‘at qisqaradi, tovushlarni talaffuz qilishda nuqson – ularni oxirigacha 
    talaffuz qilmaslik, tushurib qoldirish kabilar hosil bo‘ladi. Natijada og‘zaki 
    kommunikatsiya ikki tomonlama buziladi: 
    - Kar bo‘lib qolgan bola eshitmaydi va shuning uchun atrofdagilarning unga 
    qaratilgan nutqini tushunmaydi; 
    - Atrofdagilar esa, uni eshitadilar va kar bo‘lib qolgan bolaning tushunarsiz 
    bo‘lib qolgan nutqini tushunmaydilar. 
    Korreksion ishning asosiy yo‘nalishi bu – keyingi davrda kar bolalarning 
    nutqiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi muloqotga o‘rgatishdan iboratdir. 
    A. A. Venger, G. L. Vigodskaya, Ye. I. Isenina va E. I. Lengardlarning fikrlaricha, 
    ilk yosh davrlardagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning muloqotini 
    rivojlantirish uchun verbal darajagacha bo‘lgan o‘qitish katta ahamiyatga ega. 
    Eshitishida u yoki bu kamchilik va nuqsonlari bo‘lgan bolalarni erta abilitatsiya 
    qilish kompleks tizimini tashkillash uchun bugungi kunda ularning psixofizik va 
    yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda korreksion-pedagogik ishning mazmuni 
    va metodikasi aniqlangan. Kar va sekin eshituvchi maktabgacha tarbiya yoshidagi 
    bolalar uchun maxsus davlat dasturlari yaratilgan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan 
    bolalar uchun 1 – va 2 – turdagi maxsus (korreksion) ta’lim muassasalari uchun 
    ta’lim standartlari ishlab chiqilgan. 


    Hozirgi davrda tibbiy va pedagogik oliy ta’lim muassasalarida, ilmiy-
    tadqiqot institutlarida, shuningdek, defektologiya fakultetlarida asosiy vazifasi 
    sog‘ligida alohida muammolari bo‘lgan bolalar uchun kompleks yordam beruvchi 
    tibbiy-psixologo-pedagogik dastlabki yordam markazlari tashkil etilgan. 
    Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga tashhis qo‘yishda qiyinchiliklar tug‘ilsa, 
    yashash joylarida yoki ota-onalarining roziligi bilan yirik ilmiy-tadqiqot 
    muassasalarida eng yangi diagnostika usullari va korreksion metodikalardan 
    foydalanib chuqurlashtirilgan audiologik va pedagogik tekshiruv olib boriladi. Shu 
    tarzda, dastlabki davolash va korreksion-pedagogik tadbirlarni o‘tkazish, 
    eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofizik va nutqiy rivojlanishlarini 
    me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlariga mos maksimal holda yaqinlashtirish
    maqsadida tibbiy-psixologo-pedagogik sharoitlarni yaratish eng dolzarb masala 
    bo‘lib qolmoqda. 
    So‘nggi o‘n yil ichida ko‘pgina mamlakatlar aholisi orasida total karlik va 
    karlikning yuqori darajasidagi bemorlarning ko‘payish holati kuzatilmoqda. Bu 
    holat ayrim dori vositalarining ototoksik ta’siri bilan bog‘liq: aminoglikozid 
    qatoridagi antibiotiklar, salitsalatlar, shishga qarshi va boshqa dori vositalari. 
    Bulardan tashqari, homiladorlik davrida shovqinli va akkustik tabiatidagi 
    shikastlanishlar va shu kabi omillar sabab eshitish bilan bog’liq muammolarning 
    havfi ortib bormoqda. Bularning oqibatida tovush qabul qilish apparatining 
    shikastlanishi kuzatiladi.

    Download 196,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 196,47 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Koxlear implantatsiya mumkinbo’lmagan holatlar

    Download 196,47 Kb.
    Pdf ko'rish