• Koxlearimplantatsiya uchun asosiy ko‘rsatmalar quyidagilar
  • Majburiy shartlari
  • Ammo koxlear implantatsiyaning ayrim kamchiliklarini ham aytib




    Download 196,47 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana16.12.2023
    Hajmi196,47 Kb.
    #120600
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2562-Текст статьи-6310-1-10-20210927

    Ammo koxlear implantatsiyaning ayrim kamchiliklarini ham aytib 
    o‘tish kerak. 
    1. Koxlear implantatsiyadan so‘ng nutqni eshitish sezgilarining yaxshilanishi 
    natijalarining variabelligi (turli tumanligi). Shu kunga qadar implantatsiya 
    qilinganlarning nutqni sezishlarini prognoz qilish uchun bir qator omillar
    aniqlanishiga qaramay, buning aniq prognozi keltirilgani yo‘q. 
    2. Eshitish nervi tolalarining elektr stimulyatsiya qilinishi prinsipial jihatdan 
    bu tolalarning me’yordagi holatdagi faoliyatidan farq qiladi. Natijada yaqinda kar 
    bo‘lib qolgan kishilarda ham implant orqali chaqirilgan eshitish sezgilari odatiy 
    tovushlarni sezishdan farq qiladi. 
    3. Implantdan foydalanuvchi kishilarda jamlangan tovushlarni sezishda 
    qiyinchilik tug‘iladi, masalan musiqiy tovushlar. Bundan tashqari, mikrofon 
    ma’lum masofadagi tovushlarni qabul qilishi mumkin, lekin katta masofalardan 
    turib eshitish imkoniyati mavjud emas. Hozirgi kundagi elektron 
    texnologiyalarning taraqqiy etishi bu kamchilikni bartaraf etishi ham mumkin. 
    Koxlearimplantatsiya uchun asosiy ko‘rsatmalar quyidagilar: 
    Ikkiyoqlama chuqur sensonevral karlik- tovush sezishning 500 Gs, 1000 Gs, 
    2000 Gs va 110dBdan ortiq chastotalardagi o‘rta bosqichi, yoki eshitish 
    apparatlaridan foydalanilganida ikkiyoqlama sensonevral karlik - nutq tovushlarini 
    eshitish sezgilarining mavjud emasligi tovushlarni eshitishning 90dBdan ortishi – 
    o‘rta daraja.
    Koxlearimplantantdan foydalanishning yosh davrlari juda keng: eng minimal 
    davri 1-2 yosh davri hisoblanadi. Yosh davrining maksimal darajasi insonning 
    salomatlik darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, reabilitatsion davrning 
    davomiyligi bilan belgilanadi. Shunga qaramay 70 yoshdan oshgan kishilarning 
    ham implantatsiya qildirgan holatlari uchraydi. 
    Majburiy shartlari: 
    • Eshitish nervi tolalarining saqlangan bo‘lishi; 
    • Quloq shilliq qavatining silliqlashmaganligi; 
    • Retrokoxlear patologiyaning mavjud emasligi; 


    • Sabab bo‘luvchi jiddiy somatik kasalliklarning mavjud emasligi; 
    • Ota-onalar (bolalar uchun) va yaqin qarindoshlar(kattalar uchun) jiddiy 
    ko‘magining mavjudligi, ularning uzoq muddatli operatsiyadan keyingi davrdagi 
    implantatsiya qilingan kishi bilan audiolog va surdopedagoglar bilan 
    mashg‘ulotlarga tayyorliklari. 

    Download 196,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 196,47 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ammo koxlear implantatsiyaning ayrim kamchiliklarini ham aytib

    Download 196,47 Kb.
    Pdf ko'rish