Operatsiyadan keyingi audiologik tadqiqot quyidagi bosqichlardan




Download 196,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.12.2023
Hajmi196,47 Kb.
#120600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2562-Текст статьи-6310-1-10-20210927

Operatsiyadan keyingi audiologik tadqiqot quyidagi bosqichlardan 
iborat: 
• Tonal porogli audiometriya. 
• Impedansometriya. 
• Chaqirilgan eshitish potensiallarini tadqiq qilish, eng qisqalatentligidan 
boshlab. Bundan tashqari Korti organining sensor hujayralari saqlanib qolish 
imkoniyatini cheklash uchun elektrokoxleografiya o‘tkazish va chaqirilgan 
otoakkustik emissiyani tadqiq qilish. 
• Optimal darajadagi tanlab olingan eshitish apparati bilan erkin tovushli 
maydonda eshitish darajalarini tadqiq qilish. 
• Nutqning tushunarliligini tadqiq etish. Testlar to‘plami qo‘llaniladi, testlar 
ovoz bilan o‘tkaziladi va eshituv-ko‘ruv hissyoti bilan amalga oshiriladi. 
Koxlear implantatsiyani qo‘llashga dastlabki ko‘rsatma sensonevral 
karlikning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Keyingi koxlearimplantatsiya uchun 
tanlov me’yori – oddiy eshitish apparati bilan eshitishni protezlash samaradorligiga 
e’tibor qaratiladi. Agar inson oddiy eshitish apparatidan foydalanib 30-40% 
so‘zlarni anglab olayotgan bo‘lsa, koxlear implantantga tavsiya etish yaxshi 
natijalarga olib kelishi mumkin. Agar kasalda javoblar 5%dan kam bo‘lmasa va 
qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa uni implantatsiya qilishga ishonch bilan 
tavsiya etish mumkin.
O‘tkazilgan 
maxsus 
tadqiqotlar 
shuni 
ko‘rsatadiki, 
operatsiya 
o‘tkazilgandagina o‘rtacha bosqichdagi karlik, na karlik etiologiyasi, na yosh davri 
iamplantatsiya qilingan bemorning postoperatsiya holatidagi nutqning 
tushunarliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi hal qiluvchi omil hisoblanmaydi. Biroq shu 
еrda yorqin namoyon bo‘luvchi korrelyatsiya bo‘lib, karlik davrining davomiyligi 
bilan implantatsiya natijalari o‘rtasidagi holat mavjud. Bunda davomiylik muddati 
qancha kam bo‘lsa, shuncha eshitish ta’limida implantatsiya qilinganlar taraqqiy 
etadi. Yana bir omil, bu karlik kasalning nutqiy jarayoni boshlanishidan oldin 
paydo bo‘lganmi yoki keyin, bu nutqning implantatsiyadan keyin yanada tez 
anglanishida namoyon bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar koxlear 
implantatsiya natijalarini prognoz qilishda juda ahamiyatli hisoblanadi. Uzoq 
davrlar mobaynida implantatsiya uchun asosan yaqinda eshitmay qolgan, ya’ni 
karlik nutqiy jarayondan keyin paydo bo‘lgan kishilar tanlab olingan. Albatta, 
bunday kishilar uchun natijalar samarali bo‘lishi kutilgan. So‘nggi yillarda 
o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, implantatsiyada deyarli yaxshi 
natijalarga tug‘ma kar bolalarda ham erishish mumkin ekan. Faqat ulardagi nutq 
tushunarliligi tezligi nutqiy jarayondan keyin kar bo‘lib qolgan bolalarga nisbatan 
sekinligini hisobga olmaganda. Katta yoshdagi tug‘ma kar kishilarning 
implantatsiyalari natijasi eng salbiy samaralarni berilishi kuzatilgan.



Download 196,47 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 196,47 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsiyadan keyingi audiologik tadqiqot quyidagi bosqichlardan

Download 196,47 Kb.
Pdf ko'rish