moddasini to`ldirish
ehtiyoji bor, chunki unda o`qituvchi vakolatlari o`z ifodasini
topmagan. Shu sababli, pedagogik adabiyotlarda turlicha talab qo`yib kelinmoqda.
Misol uchun, O`qituvchilar tayyorlash ta’lim yo`nalishi darsligi mualliflari hozirgi
zamon o`qituvchisiga quyidagi talablarni qo`yishgan.
1). Jamiyat hayotidan xabardor bo`lish;
2). Zamonaviy texnologiyalarni bilish;
o`z mutaxassisligi bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lish;
3). Pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish;
4). Ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalarni tanlay olish;
5). Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchi bo`lish;
6). Yuksak darajadagi mahoratga ega bo`lish;
7). Notiq bo`lish;
8). Kiyinish madaniyatini bilish;
9). Ibratli shaxsiy hayot kechirish (2).
Albatta, bu talablar asoslarga ega. Ammo,
ularga javob beradigan
o`qituvchilarni tayyorlash asosiy masaladir. Shu sababli ham o`qituvchi kasbi
madaniyatining tarkibi va tuzilmasi kengayib bormoqda.
Bu davr taraqqiyotining
hosilasidir. Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, ta’lim turlari bo`yicha o`qituvchilarga
qo`yilayotgan talablar spesifik xususiyatlarga egaligi bilan diqqatni tortadi.
Hozirgi zamon o`qituvchisining kasbiy madaniyatini umumiylik
xususiyatiga ega bo`lishi idrok etiladi. Unda individual
va umumiy sifatlar
uyg`unlashadi. Shu ma’noda biz o`qituvchi kasbiy madaniyatida layoqatlik,
malakalik va baholash kompanentlari ustuvor bo`ladi, - degan fikrdamiz. E’tibor
bering:
2-chizma.