Microsoft Word Maxmudova SpeedMath docx




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana07.01.2024
Hajmi1,12 Mb.
#131861
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aql charxi kop bosqichli oyin speedmath
1.03.2 Рус тили, Fast Scan 09-12-2022 0512, 1 oktabr tadbir, 1.1.1.1.1.1 uyda ta\'limga 638 , 7-guruh Mavzu Elektron pochta xizmati strukturasi., shartnoma, javoblar B, 1 MA\'RUZA, 1-2 MAVZU, aloqa kabel , hoshya, ELMASH MI1, 1009540544, san`at muzey
 



 
 
KIRISH 
 
Bugungi fan texnika taraqqiy etgan davrda axborot texnologiyalari 
hayotimizning barcha jabhalarini tez suratlar bilan egallamoqda. Jamiyat hayotiga 
axborot tеxnologiyalarning kеng darajada kirib kеlishi fuqarolarga axborot olishga 
bo‘lgan imkoniyatlar eshigini ochib bеrdi.
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari orqali mamlakatlarning milliy 
iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o'tmoqda, ya'ni milliy 
iqtisoddagi axborot va bilimlarning 90 % so'nggi 30 yil mobaynida yaratilgan 
bo'lib, ular hajmining ko'payib borishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
samarali foydalanishni talab etmoqda. 
XXI asr Jahon hamjamiyati tomonidan “axborot kommunikatsiyalari asri” 
dеya e'tirof etilmoqda. Bunday sharoitda bilim, axborotga egalik, ishlab chiqarish 
va iqtisodiy aloqalar ustidan hukmronlik qilish imkonini bеradi. Kompyutеr 
madaniyatining kirib kеlishi tufayli insonning o‘z ustida ishlashi, malakasini 
oshirishga intilishiga asoslangan fikrlash, bilim olishning yangi ko‘rinishi yuzaga 
kеldi.
Mazkur o‘zgarishlar birinchi navbatda, yangi axborot kommunikatsiya 
tеxnologiyalari ta'siri ostida yuz bеrib, inson faoliyatining har bir sohasida 
axborotga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. 
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma`lumotni bir ko`rinishdan ikkinchi, 
sifat jixatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, kayta ishlash va 
uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. 
Тexnologiya so`zi grekchadan tarjima kilinganda san`at, ustalik, malaka 
ma`nosini anglatadi. Тexnikada texnologiya deganda ma`lum kerakli material 
maxsulotni xosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig`indisidan 
foydalanadigan jarayon tushuniladi. Тexnologiya ob`ektining dastlabki, 
boshlang`ich xolatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob 



beradigan xolatga keltiradi. Agar boshlang`ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, 
ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot maxsulotinigina olish mumkin. 
Texnika texnologiya sohasida kundan kunga yangiliklar, o`zgarishlar ortib 
bormoqda. Shular qatorida bizning Dasturiy ta’minot olamimiz ham ortta 
qolayotgani yo`q. Axborotning qimmatbaho tovarga aylanib borayotgani
informatika fanining nufuzi va ahamiyati o'sib borayotganidan dalolatdir. Yangi 
XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi 
axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", 
"Elektron pochta", "Elektron ta'lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", 
"Masofaviy ta'lim", "Ochiq ta'lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar 
hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta'sir 
ko`rsatmoqda. 
Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan 
mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy 
xavfsizligini ta'min etadi. Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy 
poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Natijada, ayrim kuchlar 
qo‘lida asosiy "qurol"ga aylanadi. Respublikamizda jamiyatimizni 
axborotlashtirish maqsadida bir qancha qaror va qonunlar qabul qilindi. Masalan, 
1993- yil 7- may va 2003- yil 11- dekabrdagi «Axborotlashtirish to'g'risida»gi 
qonun, 2002- yil 30- maydagi «Kompyuterlashtirish va informatsion-
kommunikatsion texnologiyalarni qo'llashni yanada rivojlantirish» haqidagi qaror, 
2003- yil 11- dekabrdagi «Elektron raqamli imzo haqida»gi qonun va 2004- yil 29- 
apreldagi «Elektron hujjat yuritish» haqidagi qonun fikrimizning dalilidir.
Endilikda ko`plab ishlarni dasturlar orqali yengil va tez bajarilmoqda, ijobiy 
va hatolarsiz natijalar qo`lga kiritilmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish 
foydalanuvchiga ko`pgina qulayliklar yaratib maqsaga tez va sifatli erishishga 
yordam bermoqda. 
Jumladan hozirda o`quv jarayoniga Axborot texnologiyalarini keng jalb etish 
yaxshi natijalarga olib kelishi o`z isbotini ko`rsatmoqda.



Kompyuterlarda endilikda nafaqat turfa xil, ko`pgina, zamonaviy, yangi 
dasturiy ta’minotlar, interfaol dasturlar, elektron o`quv qo`llanmalar, 
avtomatlashtirilgan tizimlar, balki ko`ngil ochar har xil turdagi o`yinlar ham 
yaratilmoqda. Kundan kunga ular ham takomillashib rivojlanib turlari ortib 
bormoqda.
Meni ushbu kurs ishim mavzusi “Aql charxi” ko`p bosqichli mantiqiy o`yin 
dasturini yaratish bo`lib, shu mavzuda o`yin dasturini tuzib chiqdim. Quyida o`yin 
dasturi haqida batafsil ma’lumotlar, ushbu “Aql charxi” o`yinini yaratish uchun 
kerak bo`ladigan dasturiy ta’minotlar, yaratish va ishlatish bosqichlari, uning 
kamchiliklari va afzallik tomonlari berilgan. 
Kurs ishim kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan 
iborat. 
Kirish qismida axborot texnologiyalari, ularga bo`lgan davlatimiz tomonidan 
e’tibot, kurs ishini asosi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Birinchi bob o`yin va 
ularning ahamiyati deb nomlanib, unda o`yinlarning bugungi hayotdagi o`rni, o`yin 
dasturi va ularning turlari, “Aql charxi” o`yinni yaratish uchun foydalaniladigan 
dasturiy ta’minot vositalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bob dasturiy 
ta’minot va undan foydalanish deb nomlanib, unda Builder muhitida dasturni 
yozish bosqichi qanday kechgani, “Aql charxi ” o`yinini qanday afzalliklari va 
kamchiliklari borligi va foydalanuvchi uchun qo`llanma yoritilgan. Xulosa qismida 
kurs ishi bo`yicha asosiy natijalar berilgan. 




Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish