Microsoft Word metodichka tarmoq Xavfsizligi




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#59972
Bog'liq
10-tajriba ishi (1)
13.Axborot xavfsizligi OA, ТЕМА 1 рынок цынных бумаг, Mavzu texnika madaniyati, Yusupova Gulmir-WPS Office (1), TJJHEjM5biKdWG4isza0CPcVih6iXgwhALYztzCF, Kompyuterning ichki qismlari va ularning xususiyatlar prezintatsiyaX, KAMOLIDDIN VJHXFVKJHFGVJGSGF, 5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos, 2-kurs ish rejalari, Документ Microsoft Word (5), 2-kurs ish rejalari, o\'qitish materiali, Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M, Individual loyiha (2)


10-tajriba ishi 
MAvzu: AAA serverda autentifikatsiya rejimini sozlash (RADIUS, 
TACACS+) 
Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida autentifikatsiya
avtorizatsiya va hisobga olish protokollarini sozlash, hamda amaliy ko’nikmaga 
ega bo’lish. 
Topshiriq 
Bu ishda quyidagilar zarur: 
- 10.1-rasmda keltirilgan sxemaga muvofiq tarmoqning modelini qurish; 
10.1- rasm. 
Tadqiq 
qilinayotgan tarmoq tuzilishi 
 AAA-serverni kompyuter va marshrutizatorga ulanishi ta’minlanadigan 
tarzda sozlashni o’rnatish.
 Serverda ro‘yxatga olish yozuvlari qayt etilishi kerak; 
 marshrutizatorlarda AAA-mijozni sozlash; 
 noto‘g‘ri foydalanuvchi paroli yoki nomidan foydalanish bilan Telnet 
orqali marshrutizatorga ulana olishga urinish; 
 to‘g‘ri foydalanuvchi paroli yoki nomidan foydalanish bilan Telnet 
orqali marshrutizatorga ulana olishga urinish. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar 


AAA (Authentication, Authorization, Accounting) mexanizmi ulanishni 
taqdim etish jarayonini tavsiflash va uning ustidan nazorat qilish uchun ishlatiladi. 
Autentifikatsiyalash (Authentication) - bu so‘rovni xavfsizlik tizimidagi 
mavjud ro‘yxatga olish yozuvi bilan taqqoslash hisoblanadi. Bu login, parol, 
sertifikat, smart-karta va boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Avtorizatsiya (Authorization) (vakolatlarni, ulanish darajasini tekshirish) – 
tizimidagi mavjud ro‘yxatga olish yozuvi (autentifikatsiyalashdan o‘tgan shaxsni) 
va ma’lum vakolatlarni (yoki ulanishga ta’qiqlashni) taqqoslash hisoblanadi. 
Hisobga olish (Accounting) - bu foydalanuvchi tomonidan tizimning 
resurslaridan foydalanilishi haqida ma’lumotlarni to‘plash hisoblanadi. 
AAA ni ishlatadigan protokollaridan biri RADIUS (Remote Authentication 
Dial-In User Service) va TACACS (Terminal Access Controller Access Control 
System) protokollari hisoblanadi (10.2-rasm). 
TACACS va RADIUS tizimlari markaziy tarmog‘ida bir necha olisdan 
ulanish serverlari ishlatiladigan tashkilotlar uchun mo‘ljallangan. Bu tizimlarda 
ma’mur foydalanuvchilar identifikatorlarining bazaviy ma’lumotlarini va 
parollarini boshqarishi, ularga ulanish imtiyozlarini taqdim etishni va tizim 
resurslariga murojaatlarni hisobga olishni olib borishi mumkin. 
10.2-rasm. TACACS va RADIUS protokollarining ishlash mexanizmi 
TACACS va RADIUS protokollari alohida autentifikatsiyalash serverining 
qo‘llanilishini talab qiladi. Bu server foydalanuvchilar haqiqiyligini tekshirish va 
ularning vakolatlarini aniqlash uchun ma’lumotlar omborini ishlatadi. 


RADIUS protokoli haqiqiylikni, avtorizatsiyalashni va ro‘yxatga olishni 
tekshirishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
RADIUS-mijoz (odatda olisdan ulanish server, VPN -server, simsiz 
tarmoqqa ulanish nuqtasi va h.k.) foydalanuvchining ro‘yxatga olish 
ma’lumotlarini va RADIUS xabar shaklidagi ulanish parametrlarini RADIUS -
serverga jo‘natadi. Server haqiqiylikni tekshiradi va mijozning so‘rovini 
avtorizatsiyalaydi, keyin esa teskari javob xabarini jo‘natadi. Mijozlar serverlarga 
ro‘yxatga olish xabarlarni ham jo‘natadi. Bundan tashqari, RADIUS standarti 
proksi-serverlardan foydalanishni qo‘llaydi. RADIUS ning proksi-serveri bu 
RADIUS protokolini qo‘llaydigan tugunlar orasida RADIUS -xabarlarni qayta 
uzatadigan kompyuter hisoblanadi.
RADIUS - xabarlarni uzatilishi uchun UDP (User Datagram Protocol - 
Foydalanuvchi deytagramm protokoli) protokoli ishlatiladi. RADIUS haqiqiylikni 
tekshirish xabarlari uchun 1812 UDP-port, ro‘yxatga olish xabarlari uchun esa
1813 UDP-port ishlatiladi. Tarmoqqa ayrim ulanish serverlari RADIUS 
haqiqiylikni tekshirish xabarlari uchun 1645 UDP-portni va RADIUS xisobga 
olish xabarlari uchun esa 1646 UDP-portni ishlatishi mumkin. 
RADIUS protokoli yo‘qotiladigan paketlar 5...10% dan kam bo‘ladigan 
tarmoqlarda samarador bo‘ladi, boshqa tarmoqlarda TASASS+ protokoli 
ishlatilishi yaxshi bo‘ladi. 
Shifrlashda RADIUS protokoli parolda faqat clear text shifrlanadi, qolgan 
butun paket «ochiq» qoladi (xavfsizlik nuqtai nazaridan xatto foydalanuvchining 
nomi juda muhim parametr bo‘lsada). 
TACASS+ protokolida paketning faqat sarlavhasi ochiq (hech qanday qimmatli 
axborotni tashimaydigan) qoladi, paketning butun tanasi esa shifrlanadi.
Bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar 
 AAA-serverni sozlash uchun sichqonchaning chapki tugmasini serverning 
modeli bo‘yicha bosish, konfiguratsiyalash oynasini ochish, «Config» qismiga 
o‘tish (10.3-rasm, 1-marker) va «AAA» tugmasini bosish (10.3-rasm, 2-marker). 


 User Name (10.3-rasm, 7-marker) – tarmoq elementiga ulanish uchun 
foydalanuvchining nomi (logini); 
 Password (10.3-rasm, 8-marker) – tarmoq elementiga ulanish uchun parol; 
 yuqorida sanab o‘tilgan parametrlar qiymatlari ko‘rsatilganidan keyin 
AAA-serverga mos yozuvlarni qo‘shish uchun «+» tugmasini bosish (10.3-rasm, 
6-va 9-markerlar) kerak bo‘ladi. 
10.3 - rasm. AAA-serverni konfiguratsiya oynasi 
Marshrutizatorlarning 
interfeyslari 
aktivlashtirilganidan 
keyin 
marshrutizatordagi AAA-mijozni sozlash kerak bo‘ladi. Buning uchun quyida 
keltirilgan komandalar ketma-ketligini bajarish kerak. 
1. AAA- serverning IP-manzilini ko‘rsatish: 
R1(config)#radius-server host 192.168.2.100 
bu erda  – AAA-serverning IP-manzili. 
2. RADIUS protokoli uchun shifrlash kalitini ko‘rsatish : 
R1(config)#radius-server key burgut 
3. Marshrutizatordagi barcha AAA-xizmatlarni aktivlashtirish: 
R1(config)#aaa new-model 
4. Marshrutizatorda autentifikatsiyalash jarayonini sozlash: 


R1(config)#aaa authentication login default group radius local 
bu erda – autentifikatsiyalash usuli. RADIUS protokoli bo‘yicha 
autentifikatsiyalash usuliga bu parametrning «group radius» qiymati mos keladi 
5. Marshrutizatorda avtorizatsiya jarayonini sozlash: 
- boshqarish seansini boshlanishi uchun avtorizatsiyalash: 
- tarmoq seanslari uchun avtorizatsiyalash: 
bu erda – mualliflashtirish usuli. RADIUS protokoli bo‘yicha 
autentifikatsiyalash usuliga bu parametrning «group radius» qiymati mos keladi. 
Cisco Packet Tracerda ro‘yxatga olish funksiyalari mumkin emas. 
Ishni bajarish tartibi 
R1 konfiguratsiyasi 
Router>enable 
Router#configure terminal 
Router(config)# hostname R1 
R1 (config)# enable secret 123456 
R1(config)#username admin password admin 
R1 (config)# aaa new-model 
R1 (config)# radius-server host 192.168.2.100 key burgut 
Routerga masofadan kirishda username admin password admin 
foydalaniladi 
R1 (config)# aaa authentication login default local group radius 


Agar group radius ishlatilsa, u holda rasmda ko`rsatilgan username cisco va 
parol cisco orqali kiritiladi 
R1 (config)# aaa authentication login default group radius group radius 
AAA mexanizmi yordamida enable kirish parolini ham nazorat qilsa boladi. 


R1 (config)# aaa authentication enable default group radius enable
R1 (config)# aaa authentication enable default enable 
Bu ish bo‘yicha hisobot quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 
 ishning nomeri va nomi; 
topshiriq
 Cisco Packet Tracer da tarmoq modelining tasviri; 
 tarmoqdagi IP-manzillarni taqsimlanishi, ulanish sxemasini (interfeyslar 
nomerlarini) o‘z ichiga olgan tavsifi; 
 ishda foydalanilgan foydalanuvchilar nomlari va parollari; 
 tarmoq elementlari konfiguratsiyalari listinglari; 
 tarmoq elementlariga ulana olishga urinishlar natijalari. 


Nazorat savollari 
1. Autentifikatsiyalash tushunchasiga ta’rif bering? 
2. Avtotizatsiyalash tushunchasiga ta’rif bering? 
3. Identifikatsiyalash tushunchasiga ta’rif bering? 
4. TACACS va RADIUS protokollarini taqqoslang? 
5. Hisobga olish (Accounting) deganda nimani tushunasiz? 
6. RADIUS xabarlarini uzatish uchun qaysi protokol ishlatiladi? 
7. UDP protokolining ishlash tamoyilini tushuntiring 

Download 0.95 Mb.




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word metodichka tarmoq Xavfsizligi

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish