Microsoft Word tikuvchilik materiallari doc




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana17.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#121580
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
bmi

LK 1900 ASS bir ignali puxtalash yarim avtomat tikuv mashinasi. 
Yo`riqnoma:
1. ON tugmasini bosing. 
2. Figura tanlash uchun unga nomer kiriting. 
3. Ready tugmasini bosing, displey yonadi, lapka ko`tariladi. 
4. Agar figura mos bo`lsa, tikishni boshlash mumkin. 
5. Har safar tikishni tugallagandan so`ng, hammasi boshidan boshlanishi 
mumkin va bir necha bor tiksa bo`ladi.


23
Qo`llanmadan kerakli nomer tanlanib, komp’yuterdan teriladi. Bunda 
lapkalar razmeri almashtiriladi.
Afzalligi: barcha turdagi gazlamalarda puxtalash chokini bajara olishda va 
bundan tashqari turli shaklli chokli puxtalash imkoniyati mavjud. 
NG` – 195 S 230 V Bilan ishlaydi. elektr pichoqli bichish mashinasi. 
INV. N – 13000864 Brother firmasining universal mashinasi.
8 ta chok tikadi.Tashqari qo`shimcha lapkalari bor. Zamok, petlya uchun 
lapkalar almashtirilishi mumkin. Sekin bir maromda ishlaydi. Tikishni endi 
boshlaganlar uchun qulay. Mashina to`g`ri sozlansa, barcha iplardan foydalanish 
mumkin. CHoklarni mashina yuqori qismidagi tugmalar yordamida o`zgartiriladi. 
Mashina ishlash vaqtida yoritish chirog`idan foydalanish mumkin.
Kamchiligi, avtomatik moylanmaydi.
INV № 13000861 brother firmasining 4 ipli averlok mashinasi. Averlok 
ishini tikadi qo`lda moylanadi. Iplarni qo`lda o`tkaziladi. Ip qo`lda uziladi. 4-ip 
o`tkazilganda to`g`ri chok ham tikishi mumkin. 3 ta ip o`tkazilganda faqat averlok 
ishini tikadi.
Yuqorida qayd etilgan texnika va texnologiyalar asosida dars o`tish kasb-
hunar ta`lim tizimida bilim olayotgan o`quvchilar kasbiy mahoratini oshirishga 
keng imkoniyat beradi. Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonni o`zlashtirishiga 
sharoit yaratadi. 
Baxyaqator 
chok 
boshlanishida 
va 
oxirida 
puxtalanadi. 
Chok 
boshlanishidagi baxyaqatorni puxtalash uchun uzunligi 10-15 mm baxyaqator 
yuritiladi-da, orqaga qaytarish richagi bosiladi, material orqaga qaytadi va xuddi 
oldingi baxyaqator chizig’i ustidan ikkinchi baxyaqator yuritiladi. Bir-biriga 
nisbatan burchak hosil qiladigan baxyaqatorlar yuritayotganda baxyaqator uzilib 


24
qolmasligiga va ignaning birinchi yuritayotgandagi oxirgi sanchig’i yangi 
baxyaqatorning birinchi sanchig’iga ahamiyat berish kerak. Materiallar surilib 
ketmasligi uchun mashinani igna eng pastki holatdaligida to’xtatib, so’ngra tepkini 
ko’tarib, materialni ma’lum burchakka buriladi. Tepki tushirilib, yangi 
yo’nalishda baxyaqator yuritiladi.
Tikuv mashinalari maxsus himoyalash qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi 
kerak. Har bir tikuv mashinasida ishlayotganda tikuvchi qo’liga igna 
sanchilmasligi uchun tepkiga himoyalagich elementi o’rnatilgan. Tikuv 
mashinasida ishlayotganda quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish 
kerak. Mashinani ishlatishdan oldin ish o’rnini yig’ishtirish, yuritish tasmasining 
to’siqlari, barmoqlarni igna teshishdan saqlovchi saqlagichlari borligini tekshirish 
kerak. Ish vaqtida qaychi va iplarni yuritish tasmasi yaqiniga qo’yish yaramaydi. 
Ish tugagandan keyin hamma asboblarni maxsus qutichalarga solib qo’yish kerak. 
Siniq chiziqli baxyaqator tikayotganda mashina yurishini sekinlashtira borib, 
hosil bo’ladigan burchak cho’qqisida ignani gazlamadan chiqarmasdan turib pastki 
holatda qoldiriladi-da, mashina tepkisini sal ko’tarib, detalni ignada aylantiriladi.
Oval baxyaqatorlar mashina tezligini pasaytirib turib bajariladi-bunda 
detalni bir tekis aylantira borib, bo’rlangan chiziq bo’ylab yoki detal ziyiga parallel 
qilib baxyaqator aniq yuritiladi. 
Tikuv mashinalarining asosiy nuqsonlariga baxyaqatorning sifati pastligi, ip 
tashlab tikilishi, ip uzilishi, materialning qiyin surilishi, igna sinishi kiradi.

Download 3,34 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word tikuvchilik materiallari doc

Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish