• Ip tashlab tikilishi.
  • Ustki ipning uzilishi.
  • Ostki ipning uzilishi.
  • Materiallarning qiyin surilishi.
  • Baxyaqatorning sifati pastligi




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/27
    Sana17.12.2023
    Hajmi3,34 Mb.
    #121580
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
    Bog'liq
    bmi

    Baxyaqatorning sifati pastligi. Baxyaqator bo’sh (iplari yaxshi 
    tortilmagan) bo’lsa, tarang yoki kir bo’lsa, shuningdek, agar iplar «gazlamalar 
    ustida chalishsa» yoki «gazlamalar tagida chalishsa», bunday baxyaqatorlar past 
    sifatli hisoblanadi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun ostki va ustki ipni taranglash 
    kerak.
    Ip tashlab tikilishi. Igna bilan mokining o’zaro harakatlarida sozlik buzilsa 
    ip tashlab tikilishi mumkin. Ip tashlab tikilish sabablarini igna mexanizmidan 
    boshlab aniqlash kerak.


    25
    Ustki ipning uzilishi. Quyidagilar ustki ipning uzilishiga sabab bo’lishi 
    mumkin; ipning sifatsizligi, ipning haddan tashqari tarangligi, ipning noto’g’ri 
    taqilishi, igna raqami ip raqamiga mos kelmasligi, ish vaqtida tushmasligi yoki 
    baxyaning 
    tortilib 
    qolishi, 
    mokining 
    haddan ortiq qizib ketishi, 
    ip 
    yo’naltirgichlarning yomon holatdaligi (qirqilganligi, g’adir-budirligi) yoki ip 
    yo’naltirgichlardan ba’zilarining yo’qligi, igna plastinasi teshigida, moki 
    qurilmasida, tepki tagida qurilgan yoki g’adir-budir joylar bo’lishi.
    Ostki ipning uzilishi. Ostki ip kamroq mashina detallariga tegib o’tadigan 
    bo’lganligi uchun uning uzilishi ustki ipga nisbatan ancha kam bo’ladi. 
    Quyidagilar ostki ip uzilishlariga sabab bo’ladi: naychaning devorlari singanligi 
    yoki ezilganligi, ip naychaga bo’sh yoki notekis o’ralganligi, ip noto’g’ri 
    taqilganligi, moki qurilmasi detallarining ostki ip tegadigan joylari chaqaligi yoki 
    g’adir-budirligi.
    Materiallarning qiyin surilishi. Bu kamchilik reyka yoki tepkining yaxshi 
    ishlamasligidan kelib chiqishi mumkin.
    Igna sinishi. Quyidagi hollarda igna sinishi mumkin: agar igna xarakat 
    vaqtida bironta noto’g’ri turib qolgan detalga tegib o’tadigan bo’lsa, igna 
    balandligi noto’g’ri (pastroq) o’rnatilgan bo’lsa; tepkida, igna plastinasida, mokida 
    siljishlik bo’lsa yoki ular noto’g’ri o’rnatilgan bo’lsa; igna pastligida materiallar 
    surilsa; tikib bo’lgandan keyin materiallarni tepki tagidan ehtiyotsizlik bilan olinsa. 

    Download 3,34 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish