43
Zamonaviy tikuv mashinalarni yaratishda konstruktorlar bilan birgalikda
rassom-dizaynerlar ishtirok etadilar. Ular yaratilayotgan mashina yoki avtomatning
tuzilishini,
boshqarish sistemasini, bajariladigan texnologik jarayonni o`rganib
chiqqan holda tashqi ko`rinishini tasvirlaydilar.
Hozirga qadar tikuv sanoati jihozlari estetik ko`rinishi hamisha
iste'molchilar e'tiborida bo`lgan.
Masalan, «Zinger» firmasida hozirgi paytgacha ishlab chiqarilayotgan tikuv
mashinalari zamon talabiga qarab turli xil dekorativ ornamentlar bilan bezatilib
tayyorlanmoqda.
«Futura» elektron boshqaruvli mashinalarda esa ishlashga qulayligi e'tiborga
olinib estetik ko`rinish berilgan. «Rimoldi» va «Juki» firmalari rassom-
dizaynerlari yo`rmab tikish mashinalari ustki qismiga snos qo`llaganlari
uchun
ko`rinishi va yengilligi bilan ajralib turgan.
Hozirgi paytda rassom-dizaynerlar konstruktorlar bilan
loyihalash
jarayonida yangi mashina maketiga turli xil ranglarni qo`llab ko`radilar. Barcha
davlatlardagi rassom-dizaynerlar jihozlarni, sexlarni bo`yashda
ochiq ranglar
ishlatilganda ish unumdorligi ancha oshishi mumkinligini ta'kidlaganlar. Bundan
tashqari mashinalar har bir qismi turli rangda bo`lganda boshqarishga qulayroq
bo`hshini aniqlaganlar.
44
Tikuvchilik sanoatiga qarashli mashina, avtomat va avtomatik qatorlarni
yaratish va takomillashtirishda ergonomika talablariga ham e'tibor qilinadi. Bu
talablar mashinani boshqarish, qurilma yoki elektron apparatlarni tanlash, ishlatish
va ta'mirlashda qulaylikni, informatik yozuvlar bilan belgilash va tayyorlashni
ta'minlashdan iborat.