TIKUV MASHINALARINING TURLARI




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana17.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#121580
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
bmi

TIKUV MASHINALARINING TURLARI 
Hozirgi paytda vazifasi va tuzilishi jihatidan turli xil bo`lgan, fan va 
texnikaning oxirgi yutuqlariga asoslanib yaratilgan, zamonaviy texnologiya 
talablariga javob beruvchi, avtomat-lashtirilgan va elektron boshqaruvli tikuv 
mashinalari chiqaril-moqda. 
«Juki» tikuv mashinasi quyidagi asosiy qismlardan iborat. Mashina tanasi — 
2 da (5-rasm)da asosiy val o`rnatilgan bo`lib, undan mashinaning barcha 
mexanizmlariga harakat uzatiladi. Mashina tanasining tayanchi — 4 da baxya 
yirikligini o`zgartiruvchi qurilmalar joylashtirilgan. U asosan mashma bosh 
qismini ushlab ruradi. Mashinaning old qismi — 1 da igna va ip tortgich 
(zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarida ip uzatgich) mexanizmlari, tepki uzeli, 
ba'zi mashinalarda esa qo`shimcha mexanizm va uzellar o`rnatilgan. 
“Juki” firmasining tikuv mashinasi 
Mashinaning asosiy valiga aylanma harakat maxovik g`ildiragi — 3 orqali 
elektr yuritgichidan uzatiladi. Mashinaning ustiga boshqaruv pulti — 5 o`rnatilgan 
bo`lib, undan ishchi organlari holati, baxya-qator ko`rinishi va yirikligi avtomatik 
tarzda o`zgartiriladi. 


45
Zamonaviy tikuv mashinalarida boshqaruv pulti mashina tanasi tayanchida 
yoki uning yon tomonida joylashgan. Mashina ish stoliga tayanch — 6 o`rnatilgan 
bo`lib, unda ipli g`altak yoki bobinalar uchun sterjenlar joylashtirilgan. Tana 
tayanchi — 4 dan igna harakat chizig`igacha bo`lgan L masofaga mashinaning 
ishchi qulochi deyiladi. 
Mashina platformasi — 7 da moki (zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarida 
chalishtirgich), gazlamani surish va avtomatik moylash mexanizmlari, ba'zi tikuv 
mashinalarida ipni qirqish, kengaytirgich kabi qo`shimcha mexanizmlar 
o`rnatilgan. Tashqi ko`rinishi, vazifasi, ishlash prinsipi, texnik ko`rsatkichlari, 
kinematikasi, konstruksiyasi jihatidan tikuv mashinalari juda xilma-xildir. 
Tikuv mashinalarini yaratish va takomillashtirishda tikiladigan materialning 
frzik-mexanik xossasi va tuzilishi, texnologik jarayonga ta'sir qiluvchi faktorlar 
e'tiborga 
olinadi. 
Tikilayotgan 
material-ning 
ishqalanish 
koeffitsiyenti, 
cho`ziluvchanligi, zichligi, erish temperaturasi kabi parametrlari — tikuvchilik 
mashinasi kons-truksiyasiga, baxyaqator hosil bo`lishdagi iplar bog`lanishiga, 
qo`lla-niladigan igna geometriyasiga, mashina tezlik ko`rsatkichlariga bog`liq 
bo`ladi. Baxyaqator hosil bo`lish jarayonida iplar chalishish xarakteriga qarab 
tikuv mashinalari ikki guruhga bo`linadi: 
moki baxyali tikuv mashinalari; 
zanjirsimon baxyali tikuv mashinalari. 
Moki baxyaqatori kam cho`ziluvchanhgi va puxtalik xususiyatiga ega 
bo`lganligi uchun moki baxyasi bilan tikuvchi mashinalari asosan qattiq va 
mustahkam gazlamalarni tikishda qo`llaniladi. 
Zanjirsimon baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinalar cho`zi-luvchan, 
trikotaj gazlamalarni tikishga va kiyim detallarini vaqtinchalik birlashtirishga 
mo`ljallangan. 
Tikuv mashinalari vazifasiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi: 
— 
moki baxyali to`g`ri baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinalar; 
— 
bir ipli zanjirsimon to`g`ri baxyaqator bilan tikuvchi mashinalar; 
— ko`p ipli zanjirsimon to`g`ri baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinalar; 


46
— moki baxyali siniq baxyaqator bilan tikuvchi mashinalar; 
— gazlama chetlarini yo`rmash mashinalari; 
— yashirin baxyali tikuv mashinalari; 
tugma va boshqa furnituralarini qadaydigan, puxtalaydigan va kalta 
choklarni tikadigan, halqa yo`rmaydigan va buyumning ayrim detallariga ishlov 
beradigan yarimavtomatik tikuv mashinalari. 
Tezlik ko`rsatkichlari bo`yicha tikuv mashinalari uch guruhga bo`linadi: 
— asosiy valning aylanishlar chastotasi 2500 ayl/min gacha bo`lgan past tezhkli; 
— 2500 ayl/min dan 5000 ayl/min gacha bo`lgan o`rtacha tezlikli; 
— 
5000 ayl/min dan yuqori bo`lgan katta tezlikli.
Ishchiga nisbatan joylashishi bo`yicha tikuv mashinalari o`ng, chap va frontal 
qulochli bo`ladi. Tikuv mashinasi ishchi qulochi ishlov berilayotgan rriahsulotning 
maksimal o`lchamini aniqlaydi. Ishchi qulochlari bo`yicha tikuv mashinalari 
quyidagilarga bo`li-nadi: 
— qisqa ishchi qulochli (L-200 mm gacha); 
— o`rtacha ishchi qulochli (L-200 mm dan 260 mm gacha); 
— uzun ishchi qulochli (L-260 mm dan yuqori). 
Butun bir texnologik jarayon uchun ishlab chiqariladigan tikuvchilik jihozlarini 
korxonaning 
aniq 
bo`limiga 
yaroqliligiga, 
avtomatlashtirish 
va 
mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab ham guruhlarga ajratish mumkin. 


47
Mashinada bajariladigan ish o’rni ish stoli va uning qopqog’i o’yig’iga 
o’rnatilgan mashina bosh qismi bilan jihozlangan. Ish stolini ikkita tayanch ushlab 
turadi 
Tikuvchining mashina oldida to’g’ri o’tirishi, ish usullarini o’zlashtirib 
olishi mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi. Tikuvchining gavdasi 
oldinga sal engashib turishi kerak. Tikilayotgan buyum tikuvchining ko’zidagi 30-
40 sm nari turishi, tikuvchining tirsaklari esa stol qopqog’i bilan bir xil balandlikda 
bo’lishi kerak. Stulning balandligini to’g’ri tanlash katta ahamiyatg ega. Odatda, 
o’tirg’ich balandligini rostlash mumkin bo’lgan burama stullar ishlatiladi. Tikuvchi 
mashina bosh qismining ro’parasida o’tirishi, uning ikkala oyog’i pedal ustida 
turishi lozim. O’ng oyoq kaftini sal oldinroq qo’yish kerak, bunda mashinani 
asosan o’ng oyoqda yurgizib, chap oyoqda to’xtatiladi. Zo’riqish ham ikki oyoqqa 
bir xilda taqsimlanib, mashinada ishlash birmuncha osonlashadi. Tikilayotganda 
tepkini ko’tarish uchun tizza richagi bosiladi, u o’ng oyoq tizzasi balandligida 
bo’lishi kerak. 
Materiallarni tikish uchun oldin kerakli ip va unga mos igna tanlash kerak 
bo’ladi. Agar ip to’g’ri tanlanmasa, ba’zi turdagi tikuv mashinalarida baxya hosil 
qilish jarayonlarida ip o’rami ochilishi natijasida o’zining puhtaligini yo’qotishi 
mumkin. Shu sababli tikuv mashinasiga qo’yiladigan talablarga mos holda ip 
tanlash kerak.
Ish boshlashdan oldin iplarning to’g’ri taqilganligini tekshirish, agar zarur 
bo’lsa, mashinani moylash kerak. Bunda mashinaning elektr yuritmasi o’chirilgan 
bo’lishi kerak. Tikayotgan detallar mashina tepkisining chap tomonida bo’lishi 
lozim. 


48
Baxyaqator 
chok 
boshlanishida 
va 
oxirida 
puxtalanadi. 
Chok 
boshlanishidagi baxyaqatorni puxtalash uchun uzunligi 10-15 mm baxyaqator 
yuritiladi-da, orqaga qaytarish richagi bosiladi, material orqaga qaytadi va xuddi 
oldingi baxyaqator chizig’i ustidan ikkinchi baxyaqator yuritiladi. Bir-biriga 
nisbatan burchak hosil qiladigan baxyaqatorlar yuritayotganda baxyaqator uzilib 
qolmasligiga va ignaning birinchi yuritayotgandagi oxirgi sanchig’i yangi 
baxyaqatorning birinchi sanchig’iga ahamiyat berish kerak. Materiallar surilib 
ketmasligi uchun mashinani igna eng pastki holatdaligida to’xtatib, so’ngra tepkini 
ko’tarib, materialni ma’lum burchakka buriladi. Tepki tushirilib, yangi 
yo’nalishda baxyaqator yuritiladi.
Tikuv mashinalari maxsus himoyalash qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi 
kerak. Har bir tikuv mashinasida ishlayotganda tikuvchi qo’liga igna 
sanchilmasligi uchun tepkiga himoyalagich elementi o’rnatilgan. Tikuv 
mashinasida ishlayotganda quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish 
kerak. Mashinani ishlatishdan oldin ish o’rnini yig’ishtirish, yuritish tasmasining 
to’siqlari, barmoqlarni igna teshishdan saqlovchi saqlagichlari borligini tekshirish 
kerak. Ish vaqtida qaychi va iplarni yuritish tasmasi yaqiniga qo’yish yaramaydi. 
Ish tugagandan keyin hamma asboblarni maxsus qutichalarga solib qo’yish kerak. 


49
Siniq chiziqli baxyaqator tikayotganda mashina yurishini sekinlashtira borib, 
hosil bo’ladigan burchak cho’qqisida ignani gazlamadan chiqarmasdan turib pastki 
holatda qoldiriladi-da, mashina tepkisini sal ko’tarib, detalni ignada aylantiriladi.
Oval baxyaqatorlar mashina tezligini pasaytirib turib bajariladi-bunda 
detalni bir tekis aylantira borib, bo’rlangan chiziq bo’ylab yoki detal ziyiga parallel 
qilib baxyaqator aniq yuritiladi. 

Download 3,34 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish