51
ishlayotanda mehnat xavfsizligi qoidalari to’g’risida gapirib beradi. Ishlab
chiqarish sanitariyasi va elektr yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni
tushuntiradi. Mashina ish o’rnida to’g’ri o’tirishni ko’rsatadi. Mashinani ishga
tushirish va to’xtatish tartibini, mashinaga igna o’rnatishni, tepkini ko’tarishni va
tushirishni tushuntiradi; tepki tagiga gazlamani qo’yishni, tepkini tushirishni,
baxyaqator yuritishni va tepki tagidan gazlamani chiqarib olishni, gazlamani yoki
qog’ozni tepki tagiga yo’naltirishni parallel baxyaqatorlar yuritishni ko’rsatadi.
(bularning hammasi mashinaga ip taqmasdan bajariladi) To’g’ri oval, egri—bugri,
parallel chiziqlar bo’ylab tikishni ko’rsatadi.
4-bosqich. Amaliy ish 40
daqiqa
O’quvchilarni chiqarib, ko’rsatilgan ish priyomlarini takrorlashni taklif
qiladi. O’quvchilarni bajarib ko’rsatishlarini kuzatadi.
Ustki va ostki iplarni taqish, baxyaqatorlar zichligini, iplar tarangligini, tepki
bosimini rostlash mashqlarini ko’rsatadi. Baxyaqator sifatiga ustki va ostki iplar
tarangligining bog’liqligi to’g’risida gapiradi va iplar tarangligini qanday rostlash
kerakligini ko’rsatadi.
Parallel baxyaqatorlarni mashinada qanday tikilishini ko’rsatib, baxyaqator
boshida va oxirida puxtalashga e’tibor beradi. Siniq chiziqli baxyaqator, oval
baxyaqatorlar tikishni ko’rsatadi. O’quvchilar yo’llanma xarita bilan ta’minlanadi.
O’quvchilarning bajarayotgan ishlarini tekshirish uchun ish o’rinlarini aylanib
chiqadi va joriy yo’l-yo’riqlar beradi. Har bir o’quvchiga mashinaga itp taqishda
mashinani rostlashda yordam berib turish kerak
5-boqich Joriy yo’riqnoma 5
daqiqa
Mashinalarni tozalash va moylash mashqlarini o’tkazadi.
6-bosqich Baholash, tahlil qilish va yakunlash
5 daqiqa
O’quvchilarning bajargan ishlarini tahlil qiladi. Bajaradigan ishlar yuzasidan
o’quvchilar bilimlarini mustahkamlaydi.
Baholash natijalarini e’lon qiladi. Bajarilgan ishlardagi yutuq va
kamchiliklarni ko’rsatadi. Uyga vazifa va uni bajarish uchun tavsiyalar ko’rsatadi.