TIKUV MASHINALARINING BELGILANISHl




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana17.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#121580
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
bmi

TIKUV MASHINALARINING BELGILANISHl 
Hozirgi paytda firma va zavodlarda ishlab chiqarilayotgan tikuv mashinalari 
raqamlar va harflar bilan belgilanadi. 
Bu raqam va harfiar orqali mashinalarning texnika va texnologik 
parametrlarini aniqlash mumkin. 
Rossiyadagi Podolsk tikuvchilik mashinasozlik korxonasi maishiy tikuv 
mashinalari sinfi bir raqamli, sanoat tikuv mashinalari esa ikki raqamli tartibda 
belgilangan (masalan, 2, 22, 26, 51 va hokazo). 
Agar shu mashinalar asosida boshqa variantlari yaratilgan bo`lsa, ularni 22-
A, 22-B, 26-A, 51-A rusumli tikuv mashi-nalari, deb harflar qo`shib belgilanar edi. 
Keyinchalik yangi yaratilgan yoki takomillashtirilgan mashinalar variantlariga esa 
2 raqamidan boshlangan tartib nomeri va 8 raqamini qo`shib belgiJashga qaror 
qilingan. Masalan: 1276-1, 1276-2 yoki 823, 1823, 2823, 3823 va hokazo. Ayrim 
hollarda moki baxyaqator hosil qilib tikuvchi ikki ignali tikuv mashina-lari 
belgilanishida ignalar orasidagi masofani bildiruvchi raqam ko`paytirish belgisi 
orqali kiritilgan. Masalan, 852x38, 852-1x10 Orsha (Belorussiya) yengil sanoati 
mashinasozlik korxonasi ham o`z tikuv mashinalariga shu yo`sinda quyidagicha 
belgilar qo`ygan: moki baxyali to`g`ri baxyaqator yuritadigan 97-A rusumli tikuv 
mashinasi; ostki gazlamadan solqi hosil qiladigan 297 rusumli tikuv mashinasi
gazlama chetini qirqishga mo`ljallangan 397-M rusumli tikuv mashinasi; 
materialni differensial suruvchi 697 rusumli tikuv mashinasi va hokazo. Rostov-
Don yengil mashinasozlik zavodi^o`zining tikish va yo`rmashga mo`ljallangan 


41
mashinalarini vazifasiga ko`ra raqam va harflar bilan belgilaydi (masalan, 408-
A3M, 508-M va hokazo). 
«Pfaff» (Germaniya) firmasi tikuv mashinalari 22 ta raqamli belgilanishga 
ega. Masalan, 142-732/09-263/02-900/05 BSxlO tikuv mashinasi belgilanislii 
quyidagicha tahlil qilinadi: 1 — ikki ipli moki baxya hosil qilib tikuvchi; 4 — tekis 
platformali; 2 — tebranma harakatlanuvchi ignali, gazlamani ostki reyka orqali 
suruvchi ikki ignali, 732/09 — gazlama chetini qirquvchi qurilmali; 263/02 —
cho'ntaktikuvchiqurilmali; 900/05 —ipniqirquvchipichoqli; B —qalinlikdagi; S — 
turdagi gazlamani tikuvchi mashina hisob-lanadi. Ignalar orasidagi masofa 10 mm 
ga teng. 
«Juki» firmasi (Yaponiya) tikuv mashinalari oldin harflar, keyin raqamlar 
bilan belgilangan. Masalan, DLN-5410H-6-W/ EC-321/AK-34 moki baxyali tikuv 
mashinasi belgilari firmaning maxsus kataloglaridan quyidagicha aniqlanadi.DLN-
5410 — tikuv mashinasi modeli; H — og`ir materiallarni tikishga mo`ljallangan; 6 
— ipni avtomatik qirqish mexanizmli; W — ustki ip chetlatgichi bor; EC-321 — 
elektron boshqaruvchi sistemali; AK-34 — tepkini avtomatik ko`taruvchi 
qo`shimcha mexanizmli mashina. 
«Tekstima» (Germaniya) mashinasozlik birlashmasida ishlab chiqariladigan 
tikuv mashinalari ikki guruh raqamlar bilan belgilanadi. Masalan, 8332/3355 
rusumli tikuv mashinasida 8332 sinfiy belgisi hisoblansa, 3355 texnik va 
texnologik ma'lumotlarini bildiradi, ya'ni 3 — moki baxyali, ipni naychaga o`rash 
mexanizmli; 3 — gazlamani ostki surish va gazlamaning chetini qirquvchi pichoq 
mexanizmli; 5 —ipni qirquvchi, igna holatini ta'minlovchi, tepkini ko`tarish va 
tushirish mexanizmli; 5 — qalinligi 5 mm gacha bo`lgan gazlamani tikuvchi 
mashina ekanligini anglatadi. 
Vatanimiz tikuvchilik korxonalarida «Minerva» (Chexos-lovakiya) firmasi 
— siniq baxyaqator bilan tikish mashinalari, «Pannoniya» firmasi — dazmollash 
presslari, «Pfaff», «Adler», «Juki» (Yaponiya) firmalari har xil turdagi tikuv 
mashinalari, «Shtrobel» firmasi — ko`rinmas chok hosil qilib tikuvchi, Rossiya va 


42
Belorussiya yengil mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqa-rilayotgan universal va 
maxsus vazifali tikuv mashinalari keng qo`llanilmoqda. 

Download 3,34 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish