37
MODULNI O’RGANISH DAVOMIDA ShAKLLANADIGAN NAZARIY
BILIMLAR:
- Mashinada ish o’rnini tashkil etish usullari;
- Mashinani ishga tushirish va to’xtatish tartibi;
- Mashinaga igna o’rnatish ketma-ketligi;
- Tepkini ko’tarish va tushirish qoidasi;
- Tepki tagiga gazlamani qo’yish va tepki tagidan gazlamani chiqarib olish
ketma-ketligi;
- Baxyaqatorlar zichligini, iplar tarangligini, tepki bosimini rostlash qoidalari;
- Baxyaqator boshida va oxirida puxtalashni bajarish texnologiyasi;
- siniq oval baxyaqator tikish texnologiyasi;
- Mashinani moylash va tozalash usullari.
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR
JAHON MIQYOSIDA TIKUVCHILIK MASHINASOZLIGI
Hozirgi vaqtda jahonda tikuv mashinalarini ishlab chiqaruvchi 100 dan ortiq
firma va korxonalar mavjud. Shulardan eng yirik firma va mashinasozlik
korxonalari haqida to`xtalamiz. «Zinger» mashinasozlik firmasi tashkil
qilinganidan hozirga qadar asosan charm va tikuvchilik mahsulotlarini
tayyorlashga mo`ljallangan moki baxyali maishiy va
sanoat tikuv mashinalarini
ishlab chiqaryapti. «Shtrobel» (Germaniya) firmasining 200 dan ortiq turli tipdagi
ko`rinmas chok hosil qilib tikuvchi mashinalari ko`p davlatlarda, jumladan,
mamlakatimiz yengil sanoat korxonalarida keng qo`lla-nilmoqda. Zanjirsimon
baxyali tikuv mashinalari Amerikada«Yunion Spetsial»,
yarimavtomatik ravishda
ishlaydigan tikuvchilik sanoati mashinalari esa «Riss» firmalarida ishlab
chiqarilishi yo`lga qo`yilgan. «Rimoldi» (Italiya) firmasida ishlab chiqarilayotgan
bir, ikki va ko`p ipli zanjirsimon baxyali takomillashtirilgan,
avtomatik
boshqaruvli va murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi maxsus tikuv
mashinalarida tikish sifatini nazorat qiluvchi elektron quril-malar o`rnatilgan.
38
«Rimoldi» (Italiya) firmasi avtomatik boshqaruvli murakkab texnologik
jarayonlarni bajaruvchi tikuv mashinalari.
«Torrington» firmasida esa barcha ko`rinishdagi tikuv mashi-nalari uchun
ignalar tayyorlanadi.
Keyingi 25—30 yil ichida Yaponiyada tikuvchilik
sanoati mashinasozligi
ancha rivojlandi. «Yamoto», «Juki», «Kansai Spetsial», «Seyko» firmalarida
pnevmatik va elektron-mexanik qurilmali avtomatik va yarimavtomatik
mashinalar, avtomatik boshqaruvli tizimlar katta hajmda ishlab chiqarilyapti.
«Juki» firmasining zanjirsimon baxyali yo`rmab tikish mashinalari barcha
turdagi gazlamalarni sifatli tikishga mo`ljallangan bo`lib,
ularda texnik va
texnologik talablarga javob beruvchi qo`shimcha mexanizm va qurilmalar
qo`llanilgan. XIX asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi «Pfaff», «Adler»,
«Durkopp» firmalari poyabzal va kiyim tikishga mo`ljallangan moki va
zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarini boshqa davlatlarga eks-port qilmoqda.
«Durkopp-Adler» mashinasozlik firmasida avto-matik va yarimavtomatik tikuv
mashinalari (4-rasm), texnologik jarayonlar
uchun hisoblash texnikasi, elektron
boshqaruv qurilmasi va mikroprotsessor vositalaridan keng foydalanilgan ixtisos-
lashgan sistemalar ishlab cliiqarilyapti.
39
«Juki» (Yaponiya) raashinasozlik firmasining gazlama chetlarini yo`rmab
tikish va maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari
«Durkopp-Adler» firmasining yarimavtomatik tikuv mashinalari
«Tekstima» mashinasozlik birlashmasida maishiy va sanoat tikuv
mashinalari, «Pannoniya» (Vengriya) mashinasozlik
kombinatida tugma qadash,
halqa hosil qilish yarimavtomatlari, bichish mashinalari va dazmollash uskunalari,
«Minerva» (Chexoslovakiya) firmasida asosan siniq baxya qatorli tikuv
mashinalari ishlab chiqarilmoqda. «Podolsk» (Rossiya) mexanika zavodi dunyo
40
miqyosida taniqli mashinasozlik korxonasi hisoblanib, ishlab chiqaradigan ko`p
turdagi
sanoat tikuv mashinalari, yarimavtomatlari puxtaligi va uzoq muddat
ishlashi bilan alohida o`rin egallaydi. «Rostov» mexanika zavodi ishlab chiqargan
yo`rmab tikish mashinalari sanoatimizda keng qo`llanilmoqda. Bundan tashqari,
«Toyota»
(Yaponiya),«Bernina»
(Shveytsariya),
«Xuskvarno» (Shvetsiya)
firmalarida ishlab chiqarilgan tikuvchilik sanoati mashinalari va uskunalariga talab
ortib bormoqda.