56
1.BILISH
Bu toifa o’tilgan materialni eslab qolish
va takroran so’zlab (ko’rsatib) berishni
anglatadi.
Mazmuni
turlicha
aniq
dalillardan
boshlab,
to
yaxlit
nazariyalargacha bo’lishi mumkin. Bu
toifaning
umumiy
belgisi
tegishli
ma’lumotlarni eslab qolishdir.
Qo’llaniladigan iboralarni biladi, aniq
dalillarni
biladi,
ish-harakat
tartibi
uslublarini biladi, asosiy tushunchalarni
biladiqoida va tamoillarni biladi.
2.TUSHUNISH
Quyidagilar
o’tilgan
materiallar
ahamiyatini
tushunib
qobiliyatining
ko’rsatgichlari
bo’lishi
mumkin:
materiallarni
bir
shakldan
ikkinchi
shaklga
o’zgartirish,
bir
«til»dan
ikkinchi «til»ga aylantirish (masalan
og’zaki shakldan matematik shaklga).
Shuningdek, talaba tomonidan materialni
tushuntirib berilishi
va qisqacha talqin
qilishi (interpretasiya) yoki xodisa va
voqealarning bundan keyingi borishni
tassavvur etish (natijasini oldindan aytib
berishi) ham
Dalillar, qoida va tamoillarni tushunadi,
og’zaki materiallarni talqin qila oladi,
sxema,
diagramma, grafiklarni talqin
qila oladi, og’zaki materialni matemetik
shaklda
ifodalay
oladi,
mavjud
ma’lumotlar
asosida
ko’rilayotgan
natijani taxminan tasavvur eta oladi.
57
XULOSA
Mehnat ta`limi darslarida ta`lim olayotgan o`quvchilarga tikuv
mashinalarni, ayniqsa, maxsus mashinalarni o`rgatish jarayonida ularning
faoliyatini
faollashtirish, fikrlash qobiliyatlarini o`stirish hamda kasbiy
tayyorgarligini amalga oshirish haqidagi masalalarga respublikamiz mustaqillikka
erishgandan boshlab katta e`tibor qaratilib kelinmoqda.
Bu o`zgartirishlar rivojlangan mamlakatlarning pedagogika sohasidagi
tajribalarini, to`plagan bilimlarini va erishgan yutuqlarini har tomonlama
muhokama qilish va hozirgi zamonaviy texnika va
texnologiya yutuqlarining
ta`siri natijasiga ko`ra amalga oshirilayotgan ishlardir.
Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarga yangi texnika va ilg`or
texnologiyalar asosida tikuv mashinalarini tuzilishini o`rgatish va bilim, ko`nikma,
malakalarni ongli yetkazilishini zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida
shakllantirilsa o`quvchilarni bilimi yanada ortadi.
Yuqoridagi fikrlar asosida mavzuga oid adabiyotlarning tahlili,
informatsion texnologiyalarni ta`lim jarayonidagi tahlili natijasida quyidagi
masalalarni hal qilishga harakat qilindi:
- Maktablarda o`quvchilar yangi texnika va ilg`or texnologiyalarni
yuqori saviyada o`zlashtirib olishlariga va shu asosida ta`lim
sifatini oshirishga
zamonaviy mashinalar haqidagi ma`lumotlar qay tarzda yordam berishini
aniqlandi
- O`qituvchilarga yangi pedagogik texnologiya elementlari asosida
darslarni tashkil etish to`g`risida ko`rsatmalar ishlab chiqildi.
- Amaliy mashg`ulotlarda texnik ma`lumotlarga ega bo`lgan xujjatlardan
foydalanish, ta`mirlashga oid texnik vazifalarni bajarish tajribalaridan foydalanish
kabi metodlarni qo`llash, o`quvchilarni bilimlarini
va dunyoqarashlarini
rivojlanishiga muhim ahamiyatga egaligi tahlil qilindi.
- O`quvchilarga zamonaviy tikuv mashinalar tuzilishini o`rgatishda yangi
pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan qay tartibda foydalanish
to’g’risida aniq ko`rsatma ishlab chiqildi.
58
-Tashkil etilayotgan darslar davomida va umuman barcha darslarda
o`qituvchi o`quvchini ongini, xotirasini, diqqatini
yaxshilash uchun avvalo
o`quvchini ham fiziologik ham psixologik jihatidan darsga tayyorlashi kerak.
Buning uchun o`qituvchi o`quvchida ichki tayyorgarlik o`tkazishi kerak. Ya`ni
turli xil savollar bilan murojaat qilinadi, natijada o`quvchi darsga har tomonlama
tayyor holatga keladi. Dars jarayonida bunday zaruriy holatni yaratishni,
ishontirish yoki uqtirish orqali amalga oshirish mumkin. Bu fanni maqsadli,
ko`rgazmali va obrazli aks ettirilish ya`ni «tirik tasavvur hosil qilish» qaysiki eslab
qolishning har qanday jarayonini boshlanishidir. O`quv
materialini qabul qilishni
sifat ko`rsatkichi uni fikrlash hisoblanadi.
Malakaviy ish o`quvchilariga zamonaviy tikuv mashinalar tuzilishini yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o`rgatishda, «Informatsion
texnologiyalar» asosida tashkil etilgan amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishda
foydalaniladigan vositalardan biri bo`lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.