35
operatsiyalarni tug`ri bajarishlari kerakligini tab etishi lozim. O`quvchilar o`zlarini
nazorat qilishga jalb etilsa, ya`ni ular o`z-o`zini nazorat qilishni amalga oshirsa, bu
talab samaralirok bajariladi. O`qituvchi mehnat usullarini bajarish qoidalarini
urgatish bilan birga ularni bajarish tug`riligini xukm chiqaruvchi mezonlarni xam
aniqlash yo`llarini xam o`rgatib ketadi. O`z-o`zini nazorat qilish o`quvchilarning
asosiy o`quv vazifasi, mehnat malakalarini egallashga mosligi xamma vaqt esda
turishi kerak.
Mashqlar davomida texnika vositalari trenajerlardan foydalanishi xam
unumli bo`ladi. Trenajerlar o`quvchilarga o`z mehnat xarakatlarida birikkan kuch,
tezlik yoki fazoviy parametrlaridan og`ishini bilib olishlarida yordam beradi, ya`ni
o`zlarini-o`zlari nazorat qilishlari uchun sharoit yaratadi. Masalan, egovlash
operatsiyasini o`rgatish uchun trenajer mavjud.