30
yog`ochlar, fanera,
listli metall, simlar, sortli metallar kollektsiyalariga ega bulish
lozim. Bu kollektsiyalarni o`quvchilar kuchi Bilan xam tashkil etish mumkin.
Namoyish qilish metodining xususiyati, ko`pincha o`quv materiallariga
illyustratsiya sifatidagina emas, balki uni uzi bilim manbasi bulib, ko`p
xollarda
esa kunikma va malakalarni shakllantirish usuli bulib xizmat qiladi. Masalan,
elektr dvigatel, jixozlar, asboblar va boshqa moslamalar bir vaqtning uzida xizmat
qiladi.
Uchinchi xususiyati tasvirlash (texnologik karta va boshqalar) ning rolidan
kelib chiqadi. O`qituvchi chizmalardan foydalanib o`quvchilarga grafik bilim va
malakalarni egallab olishlarida yordam beradi.
Ko’rsatmalilikdan
foydalanish
samaradorligini
oshirishning
muhim
vositalaridan biri kinofil’mlarni namoyish qilishdir.
Masalan: quyish va bosim bilan ishlov berishni tushuntirishda plakatlar
yordamida urganish o`quvchilarda tegishli jixozlar va texnologiya xaqida to`la
tasavvur qila olmaydi. Hamma maktablarda quyuvchilik metallurgiya ishlab
chiqarishga ekskursiya qilish imkoniga ega emas. Bunda kino yordam beradi.
Ustaxonadagi mehnat ta`limi mashg`ulotlarida qisqa metrajli (10-15 minutli)
fil’mlar yoki ayrim parchalarni kursatish maqsadga muvofiqdir. Namoyish qilish
o`qituvchining tushuntirishi, suxbati bilan qushib olib borilishi lozim.
Fil’mni namoyish qilishda kuyidagilarga rioya qilish lozim:
1. Kinofil’mni namoyish qilishdan oldin tushuntirish (idrok qilishga yo`naltirish).
Agar fil’mda ancha
qiyin masalalar ifodalansa, kadrlarda esa kichik detallar
uchrasa, o`quvchilarni o`quv kinofil’mini masalan, metallarning tuzilishi va
ularning qotishmalari xaqidagi fil’mni kurishga tayyorlash kerak.
2. Fil’mda parcha kursatishning fil’mning va o`quv materialining mazmunini
tushuntirish (suxbat) bilan olib borish, 10 minutli kino parcha namoyish
qilishdan
boshlanadi, sung plakat modeldan foydalanib o`qitishni davom
ettiradi.
31
3. Namoyish qilish tushuntirishlar bilan olib boriladi. Diktor teksti mavzuga
xamma vaqt mos kelavermasligi mumkin, shunda fil’mni sharxlash zaruriyati
tugiladi.
Mehnat kunikma va malakalarning shakllantirishning didaktik asoslari:
Mehnat kunikma va malakalarni shakllantirish, mehnat ta`limi metodikasida
juda muxim urin tutadi. Uni asosiy insstruktaj va mashqlar tashkil qiladi.
Mehnat, malaka va kunikmalarni shakllantirishning xozirgi qo`llanilayotgan
metodikasi juda muxim urin tutadi. Unda o`qish jarayoni o`qituvchining mehnat
usullarini namoyish etishi va o`quvchilarning unga taklid
qilishi asosida tashkil
topadi.
Kunikma va malakalarni shakllantirishda ilg`or tajribalar kuyidagi shartlarni
e`tiborga olinishi nazarda tutiladi.
1) Tekshirishning aniqligi, uning maqsadi va bajarish usullari ;
2) O`quvchilarda zarur bilimlarni mavjud bulishi ;
3) Ta`lim metodi va ularning shakllanayotgan kunikma va malakalarining
xususiyatlariga mosligi ;
4) Instruktajni moslash ;
5) Mashqlarning etarli mikdorida bulishi ;
6) O`quvchilarning faoliyatini uz vaqtida va ob`ektiv baxolash.
7) O`quvchilar faoliyatining aktiv xarakterida.
Instruktaj va mashqlarga o`qitish metodlari sifatida quyiladigan hozirgi
talablarni tug`ri tushuntirmoq uchun mehnat ta`limi jarayonida onglilik va aktivlik
problemasi fiziologiya, psixologiya va pedagogikaning
xozirgi yutuqlari asosida
kurib chiqish zarur.
Mehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida o`quvchilarning
ongliligi faoliyatining dastlabki asosida tayanadi. U esa o`z navbatida faoliyat
tarziga, ya`ni faoliyati qanday va qaysi tartibda bajarish xaqidagi tasavvurga
tayanadi.
Fiziologlarning ta`kidlashicha boshqa odamning xarakterini idrok qilish
jarayonida sub`ektda obraz xosil bo`ladi, u taqlid qilib o`lchovli bulib xizmat
32
qiladi. Bu obraz o`quvchilarning xarakterlarini belgilaydi. «O`lchov» bilan
qilinayotgan xarakter aynan bir hil bulgunicha bu xarakterlarni «O`lchov»ga
o`xshatish yo`naltiradi.
Pedagogik nuqtai nazardan ta`lim mehnat jarayonining boshqa jarayonlariga
nisbatan
afzalligi shundan iboratki, ular ko`p jixatdan ob`ektiv kuzatishga ega
o`lchashga bo`ysinadi.
Kunikma va malakalarni shakllantirishda o`z-o`zini kontrol qilish muxim
axamiyatga ega bulib ta`limda aloxida e`tibor beriladi.
O`z-o`zini kontrol qilishni samaradorligini oshirish va faoliyat obrazini
ob`ektlashtiruvchi maxsus texnik vositalar yordamida erishiladi. Buning uchun
turli trenajerlardan foydalaniladi.
Hozirgi kunda mehnat ta`limida o`quv-texnik hujjatlardan foydalanishga
ham katta ahamiyat berilmoqda. CHizma grafik instruktsiyalarning
bir necha
asosiy shakllarini qo`llashning maqsadga muvofiqligi maxsus tekshirish
amaliyotlarida isbotlangan.