Mashinani tozalash va moylash




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana17.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#121580
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
bmi

Mashinani tozalash va moylash. Tikuv mashinasining mexanizmlarini 
tozalash, moylash ularning aniq va beto’xtov ishlashini ta’minlaydi. Mashinaning 
hamma joylarini tozalash va moylashda elektr yuritgichni o’chirib qo’yiladi. 
Yuritma tasmasi olinadi, igna eng yuqori chekka holatga o’rnatiladi. Tepki ko’tarib 
qo’yiladi va naycha qalpoqchasi chiqarib olinadi. Avval mashinaning bosh 
qismidagi kir va gazlama tuklari tozalanib, detallar latta bilan artiladi. So’ngra 
mashinani ag’darib qo’yib, platforma tagidagi detallar va taglik artiladi. Moylash 
ishlari tugagandan so’ng mashinani qo’lda aylantirib, asosiy va uning yengil 
aylanishi tekshirib ko’riladi, ortiqcha moy latta bilan artiladi. Moy bir tekis 
taqsimlanishi uchun tepkini ko’tarib qo’yib, mashina bir necha soniya salt 


26
ishlatiladi. Mashinada ish boshlashdan oldin gazlama parchasida baxyaqator sifati 
tekshirib ko’riladi.
Ipni g’altakdan chiqarib, yuqoridan pastga tomon ip yo’naltiruvchi 
richagning teshigidan, burchaklikning ikkita teshigidan birin- ketin o’tkaziladi, ip 
yo’naltiruvchi vtulkadan o’tkazib, ip taranglik rostlagichi shaybalari orasidan 
aylantirib olib, o’ngdan chapga tomon igna mexanizmini yopib turadigan shchit 
tagiga kiritiladi. Keyin ip sim ip yo’naltirgich ilgagidan, ip yo’naltirgichning ikkita 
teshigidan o’tkaziladi, yuqoridan pastga tomon qo’shimcha taranglik rostlagichi 
plastinasi tagidan olib o’tib, tikuvchidan narigi tomon yo’naltirib, igna ko’ziga 
taqiladi.
Chap chalishtirgich ipini g’altakdan richag, burchaklik teshiklaridan 
o’tkazib, yuqoridan pastga tomon ip yo’naltiruvchi vtulkaga, ip yo’naltiruvchi 
teshikka kiritib, taranglik rostlagichi shaybalari orasidan aylantirib, ip 
yo’naltiruvchi teshikdan keyin ip yo’naltiruvchi vtulkadan o’tkaziladi va ip 
yo’naltirgich teshigiga kiritiladi, o’ngdan chapga tomon ip yo’naltirgich teshigiga 
va pastdan yuqori tomon ip uzatgich teshiklaridan o’tkaziladi.
Maxovik g’ildirakni burab chap chalishtirgichni chap chekka holatga 
keltirib, ipni pintset yordamida chalishtirgichning 3 ta teshigiga taqiladi. 
O’ng chalishtirgich ipi g’altakdan ortdan oldinga tomon richaglarning 
teshigidan o’tkaziladi, burchaklikning 2 ta teshigidan, yuqoridan pastga tomon ip 
yo’naltiruvchi vtulkadan o’tkazilib, ip yo’naltiruvchi teshikka kiritiladi, taranglik 


27
rostlagichi shaybalari orasidan aylantirib, ip yo’naltiruvchi teshikka kiritiladi. 
Keyin ip ip yo’naltiruvchi vtulkadan, ip yo’naltirgichning teshigidan o’tkaziladi, 
o’ngdan chapga tomon ip yo’naltirgichning keyingi teshigiga va ip uzatgich 
teshigiga kiritilib, old tomondan ip yo’naltirgichning teshigidan o’tkaziladi. 
Maxovik g’ildirakni burib o’ng chalishtirgichni o’ng chekka holatga keltirib, 
pintset yordamida uning teshigiga ip taqiladi. 
Yo’rmash tikish mashinasiga iplarni taqish (1- g’altak) 
1-ip yo’naltiruvchi richag; 2-burchaklik; 3-ip yo’naltiruvchi vtulka; 4-ip taranglik 
rostlagichi shaybalari; 5-sim ip yo’naltirgich; 6- ip yo’naltirgich; 7-qo’shimcha 
taranglik rostlagich plastinasi; 8-igna. 
Ipli g’altak tayanchga o’rnatilib ip yo’naltirgichlar teshigidan hamda 
taranglash plastinalari orasidan o’tkaziladi. Keyin taranglash prujinasi orqali ip 
yo’naltirgich atrofidan aylantirilib cheklovchi yo’naltirgich orqali ip tortgich 
ko’zdan o’tkaziladi. Ip tortgichdan o’tgan ip yo’naltirgichlar orqali old tomondan 
ignaga o’tkaziladi.
Naychaga ipni o’rash uchun mashinada maxsus ip o’rash qurilmasi 
o’rnatilgan. Ip g’altakdan mashina tanasiga o’rnatilgan ip yo’naltirgich orqali 
naychaga yo’naltiriladi va prujinaga tortiladi. Naycha, richag, siljitilib, o’rash 
qurilmasiga o’rnatiladi va mashina ishga tushiriladi. Richag tsapfaga o’rnatilgan.


28
Naychaga ip o’ralgandan so’ng richag naychadan chetga chiqadi va o’rash 
mexanizmi to’xtaydi. To’ldirilgan naycha moki qurilmasiga o’rnatiladi. 
72527-101 tikuv mashinasiga ustki ipni taqish qismlari 
1-ip yo’naltirgich; 2-taranglash prujinasi; 3,4,5,6,7-ip yo’naltirgich; 8-taranglash 
plastinasi; 9-cheklovchi yo’naltirgich; 10-ip tortgich; 11-igna. 
G`altakdan tushgan ipni o’ngdan chapga tomon sim ip yo’naltirgichdan 
o’tkaziladi, qo’shimcha taranglik rostlagichi shaybalari orasidan o’ngdan chapga 
asosiy taranglik rostlagichi shaybalari orasidan aylantirib, ip tortgich prujinasining 
halqasiga kiritiladi va ip yo’naltirgich ilgagining ortiga o’tkaziladi. Keyin ip 
o’ngdan chapga ip tortgichning qulog’idan ip yo’naltirgich skobasiga kiritiladi, 
igna yuritgichga mahkamlangan plastinasimon prujina tagidan olib o’tib chapdan 
o’ngga igna ko’ziga taqiladi. 
Naycha naycha qalpog’iga shunday o’rnatilishi kerakki, ip soat mili 
harakatiga qarama-qarshi yo’nalishda o’ralgan bo’lishi kerak. Ip naycha 
qalpog’idagi ariqchadan va taranglash plastinasi ostidan olib o’tilib. Naycha 
qopqog’i teshigidan o’tkazildi. Ipning tarangligi naycha qopqog’idagi vintni burab 
rostlanadi. 
CS 1652K-303A yarimavtomati ga ustki ipni taqish qismlari 
1-igna; 2-plastinasimon prujina; 3-igna yuritgich; 4-ip yo’naltirgich skoba; 5-ip 
tortgich; 6-ip yo’naltirgich ilgak; 7-ip tortgich prujina; 8,9-taranglik rostlagich 
shaybalari; 10-ip yo’naltirgich 


29
Ip o’ralgan naychali qurilma mokining markaziy sterjeniga kiritiladi. Moki 
uchi ignaning eng ostki holatida 1,5-2.0 mm ko’tarilganida ustki halqasini ilib 
olishi kerak. Agar ostki ip noto’g’ri to’ldirilgan, igna noto’g’ri tanlangan, igna igna 
yuritgichga noto’g’ri o’rnatilgan bo’lib, moki uchi va igna orasidagi masofa 
kattalashgan bo’lsa, ostki ipning uzilishi sodir bo’ladi.
CS 1652K-303A yarimavtomatiga ostki ipni taqish qismlari. 
1-naychali qurilma; 2-markaziy sterjen; 3-ustki ip; 4-igna. 

Download 3,34 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish