II. KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLATILADIGAN IDISHLARI VA




Download 288.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana07.11.2022
Hajmi288.65 Kb.
#29316
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
лаб неорганика
Медиа-тадбир учун, Yuridik Psixologiya, 28.01.2021 vazifa, 23, http, Определение содержания сахара, 1-mav , 5-mav , 8 MAVZU TEST, Determination of Nicotine, sol-gel (maqola), STUDY ( 1urinda ) kopiya, 10-sinf kimyo konspekt 2017-2018 141017072739, Matematika
II. KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLATILADIGAN IDISHLARI VA 
ASBOBLARI 
Kimyo laboratoriyasida tajribalarni bajarishda issiqlikka, kislota, ishqor, 
erituvchilar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ta’siriga chidamli maxsus idishlar va 
asboblar ishlatiladi. Talaba laboratoriyada ishlatiladigan idishlar va asboblarning turi, 
hamda ularning vazifalarini mukammal bilishi lozim. 
Kimyo laboratoriyasidagi barcha asboblar 2 turga: umumiy va individual 
foydalanish asboblariga bo`linadi. 
Umumiy foydalanish asboblari - tarozilar, quritish shkaflari, qizdirish va 
kuydirish pechlari, havo surish nasoslari, idish quritgichlar va boshqalar laboratoriyaga 
doimiy qo`yiladi hamda ulardan talabalar yil davomida foydalaniladilar. 
Individual foydalanish asboblari – gaz yondirgichi, spirt lampasi, shtativ, 
probirkalar, kolbalar, o`lchov silindrlari, menzurkalar va boshqalar talabalar tomonidan 
bajariladigan tajribalar xususiyatidan kelib chiqib foydalaniladi. 



Talabalar mashg`ulotga kelguncha kafedra laborantlari tomonidan har bir 
mashg`ulot uchun kerakli asbob va idishlarni laboratoriya stollari ustiga tayyorlab 
qo`yiladi. 
Ayrim laboratoriya ishlarini bajarishda individual foydalanish asboblari 
majmuasidan iborat. Laboratoriya qurilmasi yig`iladi. Talabalarning bunday 
qurilmalarni yig`ishlari albatta, laborant yoki o`qituvchi nazorati ostida amalga 
oshiriladi. 
Quyida kimyo laboratoriyalarida qo`llaniladigan ayrim umumiy va individual 
foydalanish asboblari hamda ularni ishlatish qoidalari haqida so`z yuritiladi. 
 
1. Spirt lampasi va gaz yondirgichlari 
Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, spirt lampasi va gaz yondirgichlari ishlatiladi 
(3-rasm). Spirt lampasi (3-rasm, a), odatda shishadan yasalgan bo`lib, uning zich 
berkitib turadigan qalpog`i, paxtadan tayyorlangan piligi bo`ladi. Unga denaturat etil 
spirti quyiladi. Spirt lampadan foydalanib bo`lingach, uning ichidagi spirt uchib 
ketmasligi uchun shisha qalpoqchasi yopib qo`yiladi. 
1-rasm. Spirt lampasi va gaz yondirgichlari: 
a) spirt lampasi; b) Teklyu yondirgichi;
v) Bunzen yondirgichi. 
Kimyo laboratoriyalariga tabiiy gaz keltirilgan bo`lsa, isituvchi jihoz sifatida 
Teklyu va Bunzen gaz yondirgichlari ishlatiladi. Teklyu yondirgichi (3-rasm, b) taglik 
(1) va unga mustahkamlangan nay (2) bilan disk (3) dan iborat. Gaz o`simta (4) ga 
ulangan rezina nay orqali yondirgichga keladi. O`simtadan kiruvchi gaz naycha (6) ga 
va undan ustki uzun nay (2) ga o`tadi. Bu yerda gaz nayning pastki konussimon asosi va 
rezbaga buralgan disk (3) orasidagi tirqish orqali kirgan havo bilan aralashadi. 
Berilayotgan havoning miqdoriga qarab, gazning yonish darajasi, ya’ni gaz alangasining 
haroroti o`zgarib turadi. Gaz tutamasdan va ovoz chiqarmasdan bir tekis alanga berib 
yonishi kerak. Buning uchun diskni gaz to`la yonadigan holatgacha burash kerak. 
Yondirgichga beriladigan gaz, asosan, gaz jo`mragi orqali tartibga solib turiladi. 
Buning uchun Teklyu yondirgichida maxsus vint (5) bor. Bu vintni burab, beriladigan 
gazni kamaytirish yoki ko`paytirish mumkin. 
Bunzen yondirgichida (3-rasm, v) beriladigan gazni tartibga solib turish uchun 
nayning pastki qismida gardish (mufta) bilan berkitilgan teshikcha bor. Gardish (3) ni 
burab gaz keladigan teshikchani butunlay berkitish, yoki ma’lum darajada ochib, gaz 
kelishini kamaytirish yoki ko`paytirish mumkin. 




Download 288.65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 288.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLATILADIGAN IDISHLARI VA

Download 288.65 Kb.
Pdf ko'rish