• Tajriba 1. Kislota va ishqor eritmalarning indikatorlarga ta’siri
  • Tajriba 2. Kislotali oksid va uning kislotasini hosil qilish
  • Microsoft Word Umumiy va noorganik kimyo fanidan laboratoriya mash‘ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma doc




    Download 288.65 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana07.11.2022
    Hajmi288.65 Kb.
    #29316
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    лаб неорганика
    Медиа-тадбир учун, Yuridik Psixologiya, 28.01.2021 vazifa, 23, http, Определение содержания сахара, 1-mav , 5-mav , 8 MAVZU TEST, Determination of Nicotine, sol-gel (maqola), STUDY ( 1urinda ) kopiya, 10-sinf kimyo konspekt 2017-2018 141017072739, Matematika
    Kerakli reaktiv va jihozlar: H
    2
    O-distillangan suv, HCI-xlorid kislota (rangsiz 
    eritma), NaOH - o’yuvchi natriy (rangsiz eritma), Ca(OH)
    2
    -oxakli suv (rangsiz eritma), 
    CaCO
    3
    -kalsiy karbonat (marmar tosh), CoCI
    2
    -kobalt (II )xlorid (pushti rang eritma), S-
    oltingugurt (sariq kukun), Mg-magniy (yaltiroq metall), AICI
    3
    -alyuminiy xlorid (rangsiz 
    eritma), CuSO
    4*
    5H
    2
    O-mis kuporosi (havo rang eritma), Pb(NO
    3
    )
    2
    -qo’rg’oshin (II) nitrat 
    (rangsiz eritma), (NH
    4
    )
    2
    Cr
    2
    O


    ammonidixromat, NaCI-natriy xlorid. Indikatorlar- 
    neytral lakmus (siyox rang eritma), fenolftalein (rangsiz eritma), metiloranj (sarg’ish 
    eritma), universal indikator va lakmus qog’ozlari.
    Mo’rili shkaf, Kipp apparati, probirkalar, shisha stakanlar, spirt lampa, shisha 
    plastinkalar, metall qoshiqcha, qisqich, Shuster tomizgichi.
    Tajriba 1. Kislota va ishqor eritmalarning indikatorlarga ta’siri 
    Uchta toza probirka olib, uning har biriga 5-6 ml dan distillangan suv quying va 
    har qaysi probirkaga 1-2 tomchidan fenolftalein erimasidan tomizing. So’ngra birinchi 
    probirkaga 2-3 ml xlorid kislota, ikkinchisiga 2-3 ml o’yuvchi natriy eritmalardan 
    qo’shing va yaxshilab chayqating. Uchinchi probirkaga nisbatan bu probirkalarda 
    indikatorlar rangining qanday o’zgarishini aniqlang. Huddi shu tajribani metiloranj 
    eritmasi, universal indikator va lakmus qog’ozlari bilan ham takrorlang. Kuzatilgan 
    natijalarni 2.1 -jadvalga yozing va eslab qoling. 
    Tajriba 2. Kislotali oksid va uning kislotasini hosil qilish 
    (tajriba mo’rili shkafda bajariladi) 
    Toza shisha stakanchaga ozroq distillangan suv solib, unga 1-2 tomchi metiloranj 
    eritmasidan tomizing. So’ngra metall qoshiqchaga oltingugurt kukunidan solib, uning 
    spirt lampa alangasida yondiring. Yonib turgan oltingugurtni qoshiqchasi bilan suv 
    solingan stakanga sekin suvga tegizmasdan tushirib, stakan og’zini shisha plastinka 
    yordamida berkiting.
    Oltingugrt yonish natijasida hosil bo’lgan alanga rangiga va chiqayotgan gazning 
    hidiga e’tibor bering. Stakanning og’zini qaytadan shisha plastinka bilan yopib
    chayqatib turgan holda oltingugurt(IV)-oksidini suvda eriting va eritma rangining 
    o’zgarishini kuzating. Oltingugurt yonish reaktsiyasi va hosil bo’lgan oksidning suvda 
    erish reaktsiya tenglamalarini yozing.

    Download 288.65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 288.65 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word Umumiy va noorganik kimyo fanidan laboratoriya mash‘ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma doc

    Download 288.65 Kb.
    Pdf ko'rish