• Takrorlash uchun savollar: 1. Aseptika nima 17 2. Aseptikaning turlari
  • Mikrobiologiya va virusologiya




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/92
    Sana30.11.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #108731
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
    Bog'liq
    7 (1)
    Raxmidinova Husnida, lek4. (1), mantiq, a.xoliqov.pedagogik mahorat
    Antiseptika
    Antiseptika infeksiya (mikrob)ning yaraga tushishiga va uning 
    rivojlanishiga qarshi o‘tkaziladigan kompleks kurash va oldini olish usullarini 
    qo‘llashdir. Antiseptika mexanik, fizik, ximik, biologik aralash turlaridan iborat:
    - kimyoviy antiseptika antiseptik, dezinfeksiyalovchi va kimyoterapevtik 
    preparatlar guruhlariga bo‘linadi. Shu maqsadda xloramin eritmasi bilan yiringli 
    yarani tozalashda 0.5–1% li, metalmas asboblar uchun 0.5% li, asboblar va 
    xonani tozalash uchun 3% li eritma ishlatiladi. Yodning 5%li spirtdagi eritmasi, 
    lyugol, spirt, vodorod peroksid 3% li, kaliy permanganat eritmasi, kseroform 3–
    10% (maz) surtma, poroshoklar va hokazolar ishlatiladi;
    - mexanik antiseptika yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot 
    jismlarni olib tashlash, yashash qobiliyatini yo‘qotgan to‘qimalarni kesib 
    tashlashdan iborat.
    - fizik antiseptika yaralarda mikrobning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan 
    fizik usullar bo‘lib, ochiq va yopiq drenajlar hamda so‘ruvchi vaakumlardan 
    foydalanishdir.
    - biologik antiseptika mikroblarni o‘ldirish orqali inson organizmining 
    immunobiologik holatini oshirishni ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi.
    Biologik antiseptik moddalar qatoriga antibiotiklar, enzimlar, zardoblar 
    kiradi. Antibiotiklarga olitetrin, streptamitsin, tetrotsiklin, ferment preparatlariga 
    trepsin, ximotrepsin, ximopsin, zardob preparatlariga esa, antitoksinlar va 
    anatoksinlar kiradi.
    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Aseptika nima? 


    17 
    2. Aseptikaning turlari? 
    3. Antiseptika turlarini ayting.
    XULOSA: Xulosa, biz bugungi darsimizda mikrobiologiya labaratoriya 
    xonasida ishlash qoidalari bilan tanishdik va o`zimizga kerakli bo`lgan bilim va 
    ko`nikmalarga ega bo`ldik. Laboratoriya sharoitida probirkadagi suyuq 
    muhitdan boshqa probirkadagi muhitga ekish yoki Petri likopchasida agarli 
    qattiq muhitga ekish kabi ishlarni amalga oshirdik. Biz bunday mashg‘ulotlarni 
    bajarib, aseptika texnikasi qoidalarini amalda qo‘llashni o‘rgandik. 
    Probirkadan probirkaga ekishda quyidagi ishlardi bajardik. Mum qalam 
    yordamida ekiladigan probirkalarga talabaning ismi, guruhining raqam soni 
    yozilar ekan. Ilmoqni alanganing yuqori qismida cho‘g‘ holatigacha 
    flambirladim va 10 daqiqa davomida sovutdim, lekin stolga qo‘yilmasligini 
    ustozim tushuntirib o’tdi. Chap qo‘lim bilan kulturali probirka oldim va ilmoq 
    ushlagan qo‘limni bo‘sh barmoqlari bilan probirkani tiqinini oldim, tiqinni 
    ushlab turishga kursdoshim yordamlashdi. Probirkaning og‘zini alangada qisqa 
    vaqt qizdirdim. Ilmoqdan foydalanib probirkadagi suyuqlikdan oldim, bunda 
    ilmoq probirkaning ichki tomoniga tegmasligi kerak ekan. Probirkani og‘zi va 
    tiqinni alangada qizdirib, probirkani yopdim va shtativga qayta qo‘ydim. Bo‘sh 
    qo‘lim bilan ekiladigan probirkani oldim va yuqoridagidek og‘zini sterillash 
    uchun qizdirdim. Ilmoqdagi suyuq kulturani probirkaga asta soldim, so‘ng 
    aralashtirdim. Ilmoqdagi tomchilarni probirkaning ichida qoldirish uchun 
    ilmoqni probirkani ichidagi suyuqlik tugagan joyiga tekkizdim. Ilmoqni asta 
    chiqardim va probirkani og‘zi bilan tiqinni flambirladim, probirkani yopdim va 
    shtativga qo‘ydim. Ilmoqni cho‘g‘ holatigacha qizdirdim. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish