Mikrobiologiya va virusologiya




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/92
Sana30.11.2023
Hajmi2,53 Mb.
#108731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
7 (1)
Raxmidinova Husnida, lek4. (1), mantiq, a.xoliqov.pedagogik mahorat
Aseptika [
yun. a – inkor qo‘shimchasi va septicos – yiringli] – 
mikrobsizlik holatini ta’minlaydigan usullar; fizik (kuydirish, nur, qaynatish
muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan ta’sir etish), mexanik, biologik 
va boshqa(lar) usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptika turli murakkab jarrohlik 
operatsiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf–xatarsiz bajarishga imkon beradi. 
Aseptikaga quyidagilar kiradi:
a) jarrohlik asboblari, bog‘lov materiallari va boshqa(lar)ni sterillash
b) jarroh qo‘lini maxsus usullarda yuvish va tozalash;


11 
v) operatsiya va boshqa(lar) tekshirish ishlarini bajarish vaqtida 
ko‘rsatilgan qonun–qoidalarga qat’iy amal qilish; 
g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariya–gigiyena 
chora–tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish.
U antiseptika usuli bilan birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki 
boshqa jarohatlarni bog‘lash vaqtida ham aseptika qonun–qoidalariga amal 
qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qo‘llaniladi.
Tirik mikroorganizmlar populyatsiyasiga bakteriya kulturasi deyiladi. 
Laboratoriyada mikroorganizm kulturalari turli shaklda o‘stiriladi (suyuq oziqa 
muhitlarida, agarli "qiyshiq agar” (“kosyak")larda (sterillangan agarli oziqa 
muhit ma’lum burchak ostida qiyshaytirilib qotiriladi), Petri likopchalaridagi 
qattiq oziqa muhitlarida). Mikroorganizmlar kulturasi faqat bir turdan iborat 
bo‘lsa u sof kultura deyiladi. Mikrobiologlar deyarli hamma vaqt sof bakteriya 
kulturalari bilan ish olib boradilar. Agar kultura bittadan ortiq mikroorganizmlar 
turini tutsa, u kultura aralash yoki iflos kultura deyiladi. Shuning uchun sof 
kulturalarning tozaligini saqlash mikrobiologlarning asosiy vazifalariga kiradi. 
Aks 
holda 
tadqiqotlarda 
olingan 
natijalar 
noto‘g‘ri 
bo‘ladi. 
Mikroorganizmlarning atrof muhitda keng tarqalganligi tufayli ularning sof 
kulturalarga tushmasligini ta’minlash uchun muhofaza choralarini ko‘rish 
muhim, ya’ni aseptika texnikasiga amal qilish lozim. 
Demak, aseptika texnikasiga ko‘ra, mikroorganizmlar sterillangan oziqa 
muhitida o‘stiriladi va bu muhitni atrofdan mikrorganizmlar tushishidan 
muhofaza qilinadi. Sof kultura oziqa muhitga ekilganda quyidagi aseptika 
texnikasi qoidalariga amal qilinadi:
sof kulturaga tegishi mumkin bo‘lgan barcha buyumlar oldindan 
sterillanadi;
oziqa muhit sterillanadi;
ekish va qayta ekish vaqtlarida kultura ifloslanishidan saqlanishi uchun 
ehtiyot qilinadi.
Buning uchun quyidagi choralar amalga oshiriladi:


12 
barcha idish va oziqli muhitlar tayyor bo‘lishi bilan darxol sterillanadi; 
havodagi mikroblar tushmasligi uchun oziqli muhitlar yopiq idishlarda 
saqlanadi.
Bunda paxta va dokadan tayyorlangan tiqinlardan foydalaniladi va ular 
faqat ekish vaqtida olib turiladi, lekin hech qachon stol yoki boshqa buyumlarga 
qo‘yilmaydi;
sterillangan idishlarni ichki va ulardagi steril oziqli muhitlarga hamda sof 
kulturalarga tegishi mumkin bo‘lgan barcha vositalar avvaldan sterillanadi
masalan, bakteriologik ilmoq;
ekish va qayta ekish vaqtida ishlatiladigan probirka va kolbalarni og‘zi 
ishdan oldin flambirlanadi va iloji boricha kam vaqt davomida ochiq holda 
qoldiriladi;
ish joyini mikroorganizmlar bilan ifloslanishdan saqlanadi, bakterial 
ilmoqlar ishlatilgandan so‘ng ham sterillanadi, pipetkalar esa, dezinfeksiya 
qiladigan suyuqliklarga solinib qo‘yiladi. 
Laboratoriya sharoitida probirkadagi suyuq muhitdan boshqa probirkadagi 
muhitga ekish yoki Petri likopchasidagi agarli qattiq muhitga ekish kabi ishlar 
tez–tez amalga oshirilib turiladi. Talabalar bunday mashg‘ulotlarni bajarib, 

Download 2,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish