• Qaynatish
  • Aseptika usullari, antiseptika turlari haqida




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/92
    Sana30.11.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #108731
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
    Bog'liq
    7 (1)
    Raxmidinova Husnida, lek4. (1), mantiq, a.xoliqov.pedagogik mahorat
    Aseptika usullari, antiseptika turlari haqida 
    O‘tgan asrning o‘rtalarida eng yengil operatsiyadan keyin ham yaralar 
    o‘rni yiringlab, operatsiya qilingan bemorlarning 80%i hayotdan ko‘z yumgan. 
    Jarrohlar infeksiya to‘g‘risida hech narsa bilishmagan, ularni o‘zlarining 
    harakatlari, qilgan ishlari bilan ko‘pincha yarani zararlantirishgan va natijada bu 
    holat o‘limga olib kelgan.
    Aseptika bir necha turlarga bo‘linadi.
    1. Qaynatish.
    2. Yuqori bosim ostida bug‘ yordamida sterilizatsiyalash.
    3. Yuqori temperaturada quruq sterilizatsiya qilish.
    4. Kimyoviy sterilizatsiya qilish.


    15 
    5. Yondirish orqali sterilizatsiya qilish.
    Qaynatish usuli bilan shpritslar, jarohat kengaytirgichlar, pensitlar 
    sterilizatsiya qilinadi.
    Bug‘ yordamida esa, xalatlar, oqliklar, choyshablar va niqoblar 
    sterilizatsiya qilinadi.
    Kimyoviy usul bilan esa, o‘tkir tig‘li asboblar (qaychilar, ignalar) rezina 
    qo‘lqoplar, tikish uchun ishlatiladigan iplar sterilizatsiya qilinadi.
    Chelaklar hamda tog‘oralar yondirish orqali sterilizatsiya qilinadi. 
    Quruq issiqlik bilan yuqori temperaturaga chidamli, yonmaydigan,
    issiqqa bardoshli jismlarni, shishalarni, metall yoki farforni sterilizatsiya qilish 
    mumkin.
    Aseptika 
    Aseptika fizik omillar, kimyoviy preparatlar, biologik usullarni qo‘llash 
    bo‘yicha o‘tkazilgan tashkiliy tadbirlar bo‘lib, yaraga mikroblar tushushining 
    oldini olish, ya’ni mikrobsiz ishlash demakdir.
    Aseptikaning 
    asosiy 
    qonuni 
    yaraga 
    tegadigan 
    har 
    bir 
    narsa 
    bakteriyalardan xoli bo‘lishi, ya’ni sterillangan bo‘lishi kerak. Buni hayotga 
    tadbiq etish uchun yaraga mikroblar tushushi mumkin bo‘lgan manbalarni 
    yaxshi bilish kerak. Bu manbalar ikki xil bo‘ladi: ekzogen va endogen.
    Ekzogen infeksiya–yaraga bemor atrofidagi tashqi muhitdan havo (havo 
    infeksiyasi), so‘lak va boshqa suyuqliklar (tomchi infeksiyasi) tarqalishidan, 
    yarada qoldirgan jismlardan (ip, drenaj va boshqalar) tushadigan infeksiyalar 
    ichak, nafas yo‘li va boshqalardan o‘tadi. Endogen infeksiya yaraga to‘g‘ridan–
    to‘g‘ri yoki limfa yoki qon tomirlar orqali tushadi. Aseptika sharoitini yaratish 
    uchun operatsion blokda xonalar (zonalashtirilgan) alohida–alohida bir–biridan 
    ajratilgan holda bo‘lishi shart. Bunda xonalar bir necha guruhlarga bo‘linadi. 
    Masalan, qattiq rejimli birinchi xona operatsiya xonasi hisoblanadi. Ikkinchi 
    xona operatsiyadan oldingi xona hisoblanadi. Uchinchi xona qon saqlaydigan, 
    operatsiyaga kerakli apparatlar o‘rnatilgan xonadir. To‘rtinchi xona esa
    ko‘makchi xonadir. Tozalik va intizom aseptikaning asosidir. Kiyimlar (steril, 


    16 
    xalat, qo‘lqoplar) tartibga solinib, oyoqqa baxilla kiyib, og‘iz va burunga to‘rt 
    qavatli doka tutiladi, so‘ng operatsiya xonasiga kiriladi. Operatsiya xonasining 
    havosini dezinfeksiya qilish uchun bakteriyalarga qarshi ultrabinafsha lampalari 
    ishlatiladi. Qonunga ko‘ra, operatsiya va muolaja bilan shug‘ullanuvchi barcha 
    xodimlar dispanser nazoratida turadilar, har 6 oyda bir marta tibbiyot ko‘rigidan 
    o‘tadilar.

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aseptika usullari, antiseptika turlari haqida

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish