• DARS SHIORI: KELIB KETMA, BILIB KET! Olingan natijalar mikroskopik tahlil qilinadi va muzey toza kulturalari bilan solishtiriladi.
  • Mikrobiologiya va virusologiya




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/92
    Sana30.11.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #108731
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
    Bog'liq
    7 (1)
    Raxmidinova Husnida, lek4. (1), mantiq, a.xoliqov.pedagogik mahorat
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    1 – LABORATORIYA ISHI 
    MAVZU

    ASEPTIKA VA ANTISEPTIKA QONUN–QOIDALARI 
    BILAN TANISHISH
    Mashg’ulotning maqsadi: Mikroorganizmlarni aseptika qonun–
    qoidalariga rioya qilgan tarzda toza holda mikroorganizmlarni qayta ekishni 
    o’rganish. 
    Mazkur laboratoriya ishi mikroorganizmlar bilan ishlash qonun–
    qoidalarini o’rganishga bag’ishlangan. Laboratoriya ishini bajrishdan maqsad 
    mikroorganizmlar toza kulturasini olishni o’rganish va ularning turli sohalarda 
    qo’llanilish haqida axborotga ega bo’lish.
    DARS SHIORI:
     KELIB KETMA, BILIB KET! 
    Olingan natijalar mikroskopik tahlil qilinadi va muzey toza kulturalari 
    bilan solishtiriladi.
      
    Kerakli о‘quv materiallari: Mikrobiologik laboratoriya bloki sxemasi
    laboratoriya stoli. 
    Jihozlari: mikroskop (biologik immersion mikroskop) buyum va 
    qoplag‘ich oyna, turli xil bо‘yoqlar, tomizgich va bakteriologik ilmoqlar
    preparatlar va boshqalar. 
     
     


    10 
    Umumiy ma’lumot: 
    1. Faqatgina mikrobiologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari о‘tiladigan 
    xona. 
    2. Sterillash xonasi. 
    3. Idishlar yuviladigan xona. 
    4. Laboratoriya idishlari taxt qilib qо‘yiladigan, oziq muhitlari 
    tayyorlanadigan va boshqa qо‘shimcha ishlar olib boriladigan preparator xona. 
    Steril sharoitni talab qiladigan ish olib borish uchun laboratoriya tarkibida 
    dahlizli oynavand boks bо‘lishi va bu yеrda bakteritsid lampa bо‘lishi kerak. 
    Laboratoriya xonalari keng, yorug‘, derazalari shimolga yoki 
    shimolig‘arbga qaragan bо‘lishi lozim, chunki ish uchun tarqoq yorug‘lik kerak 
    bо‘ladi.
    Devorlar oq rangdagi moy bо‘yoq bilan bо‘yalgan bо‘lishi, stollar plastik 
    yoki oyna bilan qoplangan bо‘lishi kerak. 
    Ish joyi polietilen jild bilan yopilgan mikroskop, yoritgich, bо‘yoqlar, 
    bakteriologik ilmoq va nina, shpatellar, tomizgichlar, oddiy va о‘rtasi chuqur 
    buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, shtativlar, qumsoat, filtrqog‘oz, spirt yoki gazli 
    alanga, gugurt, dezinfektsiyalovchi eritmali shisha idishlar, immersion moy
    suvli idish va bо‘yoqni yuvishga mо‘ljallangan vannacha bilan jihozlangan 
    bо‘lishi kerak. Laboratoriya stoli oldida qopqoqli chelak bо‘lib, unga ishlatib 
    bо‘lingan materiallar tashlanadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish