|
O‘rnatilgan tizim protsessorlarining turlari
|
bet | 4/8 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 131,61 Kb. | | #148080 |
Bog'liq 1-MAVZU. FANNING TARIXI, RIVOJLANISHI, DOLZARB MUAMMOLARI.O‘rnatilgan tizim protsessorlarining turlari
Birinchi universal mikroprotsessor (MP) 4004 Intel firmasining maxsuloti 1971 yili yaratildi. U o‘zining buyruqlar tizimidan tashkil topgan har qanday dasturni bajara olgan, buyruqlar soni 45 bo‘lgan. Unga axborotlarni kiritish, axborotlarga ishlov berish va natijani chiqara olish mumkin bo‘lgan. Bu mikroprotsessor so‘zining uzunligi 4 bitni tashkil etgan, manzillar maydoni 4,5 Kbit bilan cheklangan. U kalkulatorlarda ishlatishga mo‘ljallangan. Mikroprotsessorda 1000 ta atrofida tranzistor bo‘lib, 8000 operatsiyani bir sekundda bajargan.
Bir necha yildan so‘ng Intel firmasi 8008 (o‘xshashi 4004) mikroprotsesorni ishlab chiqardi, so‘z uzunligi 8 bit va katta bo‘lmagan kompyuterni yaratish mumkin bo‘lgan, yetarli darajada quvvatli 8080 mikroprotsesorni yaratdi. I8080 mikroprotsessori o‘nlik va 16-bitli arifmetik operatsiyalarni bajargan, dasturostilarni chaqirgan hamda 64 Kbayt gacha hotirani manzillagan. Axborotlar shinasi 8 razryadli, manzillar shinasi esa - 16 bit. Rossiyada bu protsesorga o‘xshash protsessor KR580IK80 ishlab chiqarilgan.
1980 yilda mikroprotsessordagi tranzistorlar soni 70 marotaba oshdi, so‘z o‘lchami 16 bit ni tashkil etdi, tezligi esa 100 martta oshdi. Vaholanki shu davrda kristallar uchun bazi bir jismoniy cheklanishlarga erishilgan, bozor shu yo‘nalishni rag‘batlantirgan va 1980 yili I80386 mikroprotsessori dunyoga keldi.
Mikroprotsessorlarni rivojlanishining keyingi bosqichi protsessorga o‘rnatilgan matematik soprotsesor I80486 1989 yili va 1993 yili Pentium yaratilishi bo‘ldi.
1995 yili Pentium Pro (150 MGs, 512 Kb kesh) loyihalashtirilgan, uni server uchun yaratilgan. U shu toifadagi protsessorlardan katta kesh va arxitekturasi bilan farqlanadi, qisman RISC arxitekturali protsessorlardan olingan. Intel firmasi birinchi bor Pentium Pro ga dinamik bajarish (Dynamic Execution) texnologiyasini qo‘lladi, ya’ni ko‘rsatmalar nafaqat ketma-ket bajariladi va shuningdek kodni shoxlanishini bashorat qilish hamda ko‘rsatmalarni bajarilish tartibini qayta tartiblash hisobiga parallel bajaradi. Buning natijasida protsessorning samaradorligi sezilarli darajada oshdi, ya’ni takt davomida bajariladigan buyruqlar soni oshdi.
1998 yili PentiumII Xeon protsessori ishlab chiqarildi. Bu protsessor asosidagi tizimlar 4, 8 va undan ko‘p protsessorlardan tashkillashtirilgan bo‘lishi mumkin.
1999 yili fevralning oxirlarida Pentium III yaratildi. 0,25 mkm texnolgiyada ishlab chiqarilgan, yadrosi Katmai, SSE ko‘rsatmalar to‘plami qo‘shilgan, L1 kesh o‘lchami 32 Kb (16+16), L2 kesh o‘lchami 512 Kb (yadroning chastotasini yarmida ishlaydi, protsessor mikrosxemasi yonida kartridjda joylashgan).
2000 yil noyabr oxirida Intel firmasi Pentium 4 (kodlashtirilgan nomi Willamette) protsessorini foydalanuvchilarga havola qildi, NetBurst arxitekturali o‘zini o‘tmishdagi R6 dan tubdan farq qiladi. Asosiy farqi konveyerlar 20 bosqichgacha oshirilda, bu esa protsessor chastotasini jiddiy oshirish imkonini yaratdi. Birinchi nusxalarida chastota 1,4 va 1,5 GGs ni tashkil etgan. Qiziq holat: ushbu protsessorning arifmetik-mantiqiy qurilmasi yadro chastotasidan ikki baravar katta chastotada ishlaydi! Yangi protsessorda shuningdek ko‘rsatmalar bloki SSE yangilandi va unga 144 ko‘rsatma bilan to‘ldirildi hamda SSE2 nomi berildi. Birinchi bosqich kesh o‘zgardi, uning hajmi axborotlar uchun 8 Kb gacha kamaydi, ko‘rsatmalarni saqlash uchun yangi ishlangan kesh (Trace Cache) hosil qilindi.
Intel protsessorlarining keyingi rivojlanishi 64-bitli arxitekturaga o‘tish bilan bog‘liq – IA-64 (Intel Architecture-64 bit). Yangi protsessorlarning asosiy g‘oyasi EPIC (Explicitly Parallel Instruction Computing –aniq paralleli buyruqlarga ishlov berish). RISC va EPIC arxitekturalar o‘rtasidagi o‘xshashlik qolgan, biroq EPIC texnologik jixatidan ancha zamonaviy va RISC g‘oyasining to‘laqon rivojlanishi deb hisoblash mumkin. Buyruqlarni parallel bajarilishi buyruqlarni uchtadan gurux bo‘lib berilishida, protsessor bir sikl davomida bir nacha guruxga ishlov bera oladi. IA-64 arxitekturasining birinchi joriy etilishi 2001 yili amalga oshirildi, u Itanium protsessori edi.
Protsessorlarni keyingi rivojlanish bosqichlari ko‘p yadroli arxitekturadagi protsessorlarni yaratilishi bilan bog‘liq. Bundek arxitekturaning namayondasiga misol qilib IntelXeon Processor 5400 keltirish mumkin.
Mikroprotsessor har qanday hisoblash qurilmasi kabi ikki asosiy blokdan tashkil topadi: boshqaruvchi va operatsion.
Mikroprotsessor kompyuterning eng muhim asosiy tashkiliy qismi bo‘lib va kompyuter protsessor, operativ hotira hamda tashqi qurilmalardan iborat.
|
| |