Mikrokontroller tarkibi. Tayanch iboralar




Download 131,61 Kb.
bet5/8
Sana29.01.2024
Hajmi131,61 Kb.
#148080
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MAVZU. FANNING TARIXI, RIVOJLANISHI, DOLZARB MUAMMOLARI.

Mikroprotsessor – bu mikrosxema yoki mikrosxemalar to‘plami (yoki kristallar) bo‘lib, axborotlar bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaruvchi hamda hisoblash jarayonini dasturiy boshqarishni amalga oshiruvchi umumiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan vosita.
Mikroprotsessorli vositalar – bu mikrosxemalar to‘plami (katta integral sxema, KIS) bo‘lib, kuchlanish, signal hamda uzatiladigan axborot qiymati bo‘yicha mos va uning tarkibiga quyidagilar kiradi: MP, OXQ, kiritish-chiqarishni boshqarish qurilmasi vahokazolar.
Masalani moxiyatini tushungan har bir mutaxassis o‘zining turlarga ajratish tizimini taklif etishi mumkin. Mavjut juda ko‘p mikroprotsessorlarni tartibga solish va ularni baholash ko‘rsatgichlarini tanlash uchun turlarga ajratish zarur. Shu sabablarga ko‘ra turlarga ajratishning har-hil ko‘rsatgichlari birinchi o‘ringa ko‘tarilishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan turlarga ajratishni ko‘rib chiqamiz.
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra:

      • universal, boshqarish va hisoblash vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan;

      • mahsuslashtirilgan, faqat tor doiradagi boshqarish yoki hisoblash masalalarni bajarish uchun mo‘ljallangan (murakkab algebraik funksiya’ni hisoblash yoki aniq bir qurilmani boshqarish – stanok, avtomobil vahokazo).

Ishlov beriladigan axborotning ko‘rinishi bo‘yicha:

      • raqamli, binar signallar bilan ishlovchi, mantiqiy nol va birni belgilovchi. Odatda raqamli signal turiga ishora qilish maqsadga muvofiqdir: TTM yoki KMOYa texnologiyada ishlab chiqarilgan integral sxemalar;

      • analog (uzuluksiz), uzuluksiz qiymatli signal bilan ishlovchi. Uzluksiz signal bo‘lgan holda kirish kuchlanishi va tokining ruxsat etilgan maksimal qiymati ahamiyatga ega.

Axborotlarning razryadligi bo‘yicha:

      • qayd qilingan, qayd qilingan razryadlikda bo‘lgan holda axborot uzunligini aniq qiymati ko‘rsatiladi (bit, bayt, so‘z vahokazo);

      • o‘zgaruvchan, o‘zgaruvchan razryadlik bo‘lgan holda kvant qiymati ko‘rsatiladi, unda razryadlikni oshirish mumkin (2, 4 , 8 yoki 16 bit).

Takt chastotasi bo‘yicha:

      • statik, nolga teng takt chastotani quyi chegarasi mavjut, ya’ni MP takt chastotasi bo‘lmagan holda u “kutish” yoki “uyqu” holatga o‘tadi, takt chastotasi paydo bo‘lishi bilan ish holatga o‘tadi;

      • dinamik, nolga teng bo‘lmagan takt chastotasining quyi chegarasi mavjut, ya’ni sinxronizatsiya chastotasi quyi chegarasidan pasaysa MP normal ishlamaydi.

Sinxronlash turi bo‘yicha:

      • sinxron;

      • asinxron;

Turlarga ajratishning keyingi varianti ko‘p jixatdan oldingisiga o‘xshab ketadi.
Joylashtirilishi (komponovka) bo‘yicha:

      • bir kristalliy;

      • ko‘p kristalliy;

      • ko‘p kristalliy seksiyali.

Boshqarish magistrallarining soni bo‘yicha:

        • birlashtirilgan;

        • ajratilgan.

Buyruqlar tizimi bo‘yicha:

        • qayd qilingan;

        • o‘zgaruvchan.


Download 131,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 131,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikrokontroller tarkibi. Tayanch iboralar

Download 131,61 Kb.