|
Mikrokontroller tarkibi. Tayanch iboralar
|
bet | 1/8 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 131,61 Kb. | | #148080 |
Bog'liq 1-MAVZU. FANNING TARIXI, RIVOJLANISHI, DOLZARB MUAMMOLARI.
1-MAVZU. FANNING TARIXI, RIVOJLANISHI, DOLZARB MUAMMOLARI.
Reja: 1.1.Mikrokontrollerni umumiy tarkibi va vazifasi. 1.2.O‘rnatilgan tizim protsessorlarining turlari.
Mikrokontroller tarkibi.
Tayanch iboralar: mikrokontroller, kontroller, mikroprotsessor arxitekturasi, dasturlanuvchi kontroller, mikroprotsessorli tizim, Intel protsessori.
1.1Mikrokontrollerni umumiy tarkibi va vazifasi
Birinchi mikroprotsessorlarni yaratilishidan (1972 yil) boshlab loyihalashtiruvchilar ularni hisoblash qurilmalarida va keyinchalik shaxsiy kompyuterlarda ishlata boshladilar, ularni ishlab chiqarish qator ishlab chiqaruvchilar tomonidan (Intel, Motorola) o‘zlashtirilgan edi. Mikroprotsessorlarni tatbiq etilishi yangi tizimlarni loyihalashtirish samaradorligini va tezligini oshirish, nosozliklarni aniqlash va bartaraft etishda sarf harajatlarni kamaytirish,shuningdek ishlab chiqarishni arzonlashtirish imkoniyatlarini beradi. Shundek qilib, azaltdan mikroprotsessorlarni shaxsiy kompyuterlarda ishlatish uchungina emas, balkim sanoatni va asbobsozlikni avtomatizatsiyalashtirish uchun dasturiy- boshqaruvchi sifatida yaratilgandir. Keyinchalik mikroprotsessorlar asosida mikrokontrollerlar yaratildi (dasturlanuvchi kontrollerlar-DK) – ishlov berish dasturi oldindan yozilgan, alohida apparat (kompleks tarkibidagi) va ishlab chiqarish bo‘limlarining ishini avtomatizatsiyalashtiruvchi vosita.
Boshqarish tizimlari bajaradigan masalalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
boshqarish ob’ektining hozirgi ko‘rsatgichlarini o‘lchash;
o‘lchangan ko‘rsatgichlarni raqamli ishlov berish uchun qulay shaklga keltirish;
boshqarish ta’sirlarini hosil qilish maqsadida axborotlarni saqlash va o‘zgartirish;
kerakli ketma-ketlikda talab etilgan o‘lchamda boshqarish signalini hosil qilish va ularni bajaruvchi qurilmalarga uzatish.
Mikroprotsessorlar arxitekturasidagi cheklanishlarning hisobiga
boshqarish masalalarini bevosita bajara olish imkoniyatlari yo‘q va loyihalashtiruvchilar qo‘yilgan maqsadni amlga oshirish uchun ularni qo‘shimcha qurilmalar to‘plami bilan ta’minlashga majbur bo‘ldilar, hususan: axborotlar va dasturlar hotirasi, shuningdek tashqi elementlar to‘plami: taymerlar, sanoq qurilmalar, analog-raqam va raqam – analog o‘zgartiruvchi qurilmalari, dasturlanuvchi kiritish-chiqarish kontrollerlari bilan.
Bundek boshqarish tizimiga ananaviy misol bo‘lib quyidagi arxitektura bo‘lishi mumkin: axborotlar, manzillar va boshqarish shinalari bo‘lgan mikroprotsessor, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi dasturli DXQ, o‘zgaruvchilarni va o‘lchash natijalarini saqlash uchun OXQ, tizimning ish tartibini operator o‘zgartira olishi uchun boshqarish pulti, boshqarish ob’ektini ulash uchun qator tashqi qurilmalar.
Bayon etilgan tarkib uncha ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan juda ko‘p loyihalarda ishlatilgan, shu munosabat bilan bitta kristal yuzasiga ko‘p
ishlatiladigan boshqarish tizim elementlarini joylashtirish (integratsiya) g‘oyasi paydo bo‘ldi (bundek g‘och oldin ham integral sxemalarni yaratishda tatbiq etilgan).
Integratsiya g‘oyasini joriy etish 1978 yili Intel firmasini 8048 kodlangan nom bilan chiqargan qurilmasi bilan sodir bo‘ldi, keyinchalik mikrokontroller nomini olgan va u avtomatizatsiyalashtirilgan boshqarish tizimlariga va robototexnik tizimlarga o‘rnatiladigan boshqarish tizimlarning asosi bo‘lib qoldi. Mikrokontroller deb bu yerda va keyinchalik tashqi qurilmalar to‘plamiga ega bo‘lgan va texnik tizimlarda boshqarish masalalarini hal qilish uchun qo‘llaniladigan dasturlanuvchi hisoblash qurilmasi tushuniladi.
|
| |