|
Mikrokontroller tarkibi. Tayanch iboralar
|
bet | 2/8 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 131,61 Kb. | | #148080 |
Bog'liq 1-MAVZU. FANNING TARIXI, RIVOJLANISHI, DOLZARB MUAMMOLARI.Mikrokontrllerlar universal qurilma bo‘lib, amalda har doim alohida qurilma sifatida ishlatilmaydi, bolkim ancha murakkab qurilmalar tarkibida qo‘llaniladi, shu jumladan kontrollerlar tarkibida ham. Mikrokontrollerning tizimli shinasi foydalanuvchidan mikrosxemaning ichiga yashirilgan. Mikrokontrollerga tashqi qurilmalarning ulanish imkoniyati chegaralangan. Mikrokontrollerdagi qurilmalar odatda bitta masalani yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Kontrollerlar odatda qandaydir alohida masalani yechishga yoki ularga yaqin masalalar guruhini yechish uchun yaratiladi. Ularning odatda qo‘shimcha qurilmalarni ulashga imkoniyati yo‘q, masalan, katta sig‘imli hotirani, kiritish/chiqarish vositalarini. Ularning tizimli shinalari ko‘pincha foydalanuvchiga hizmat qila olmaydi. Kontroller tarkibi oddiy va maksimal tezlikka mo‘ljallab optimallashtirilgan. Ko‘pchilik holda bajariladigan dasturlar doimiy hotirada saqlanadi va o‘zgarmaydi. Konstruktiv jixatidan kotrollerlar bitta platali variantda ishlab chiqariladi.
Mikroprotsessorli tizimining ananaviy tarkibi 3.1 – chizmada keltirilgan. U o‘z tarkibiga uch turdagi qurilmalarni oladi:
-protsessorni;
-hotirani, ya’ni operativ hotirani (OXQ, RAM – Random Access Memory) va doimiy hotirani (DXQ, ROM – Read Only Memory), ular axborot va dasturlarni saqlash uchun hizmat qiladi;-kiritish/chiqarish qurilmasi (KChQ, I/O – Input/Output Devices), mikroprotsessorli tizimni tashqi qurilmalar bilan aloqasini ta’minlashga hizmat qiladi, kirish signallarini qabul qilishga (kiritish, o‘qish, Read ) va chiqish signallarini berishga (chiqarish, yozish, Write).
Mikroprotsessorli tizimning barcha qurilmalari umumiy tizimli shina (uni yana tizimli magistral yoki kanal ham deb ataladi) orqali birlashtiriladi. Tizimli magistral o‘z tarkibiga to‘rta asosiy quyi bosqichdagi shinalarni oladi:
manzil shinasi (Address Bus); axborotlar shinasi (Data Bus); boshqarish shinasi (Control Bus); manba shinasi (Power Bus).
Manzil shinasi – ayni shu vaqtda protsessor axborot almashadigan qurilma manzilini (nomerini) aniqlash uchun hizmat qiladi. Har bir qurilmaga (protsessordan tashqari), shuningdek mikroprotsessorli tizimdagi hotiraning har bir yacheykasiga o‘zining manzili biriktiriladi. Protsessorga qandaydir qurilma manzilining kodi mazillar shinasidan berilganda, bu manzil biriktirilgan qurilma, u bilan axborot almashuvi amalga oshirilishini biladi. Manzillar shinasi bir yo‘nalishli yoki ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin.
Хотира
Кириш сигнали
Киритиш/ чиқариш қурилмаси
Чиқиш сигнали
Тизимли шина
Манба шинаси Ахборотлар шинаси
(магистраль) Манзил шинаси
3.1.-chizma Mikroprotsessorli tizim tarБkоiшbкiариш шинаси
|
| |