• Boshqarish shinasining
  • Mikrokontroller tarkibi. Tayanch iboralar




    Download 131,61 Kb.
    bet3/8
    Sana29.01.2024
    Hajmi131,61 Kb.
    #148080
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-MAVZU. FANNING TARIXI, RIVOJLANISHI, DOLZARB MUAMMOLARI.

    Axborotlar shinasi – bu asosiy shina bo‘lib, uni mikroprotsessor tizimining barcha qurilmalari o‘rtasida axborot kodlarini uzatish uchun ishlatiladi. Odatda

    axborot uzatishda protsessor ishtirok etadi, u axborot kodini qaysidir qurilmaga yoki hotira yacheykasiga, yoki qaysidir qurilmadan hamda hotira yacheykasidan axborot kodini qabul qilishi mumkin. Lekin protsessorning ishtirokisiz ham qurilmalar o‘rtasida axborot almashinuvini amalga oshirish mumkin. Axborotlar shinasi har doim ikki yo‘nalishli bo‘ladi.
    Boshqarish shinasining manzillar shinasi va axborotlar shinasidan farqi, u alohida boshqarish signallaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bu signallarning har birini axborot almashuv vaqtida o‘z vazifasi bordir. Bazi signallar uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni boshqarish signali bilan ta’minlash uchun (ya’ni, axborotlar shinasiga axborot kodi qaysi vaqt momentlarida berilganligini aniqlaydi ) hizmat qiladi. Boshqa boshqarish signallari axborotni qabul qilinganligini tasdiqlash, barcha qurilmalarni boshlang‘ich holatga keltirish, barcha qurilmalarni taktlashtirish va x.k. uchun ishlatilishi mumkin. Boshqarish shinasining signallarini yo‘llari bir va ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin.
    Va nixoyat, manba shinasi axborotni uzatish uchun emas, tizimni elektr energiyasi bilan taminlash uchun mo‘ljallangandir. U ikki, manba va umumiy (yer) simdan tashkil topgandir. Mikroprotsessor tizimida bitta manba (ko‘pincha +5V) yoki bir necha manba (odatda yana – 5V, +12V va – 12V) bo‘lishi mumkin. Har bir manba uchun o‘z aloqa yo‘li bo‘ladi. Barcha qurilmalar bu manba yo‘llariga parallel ulanadi.
    Agarda mikroprotsessorli tizimga kirish kodini kiritish kerak bo‘lsa (yoki kirish signalini), u holda protsessor manzillar shinasi orqali kerakli kiritish/chiqarish qurilmasiga murojat etib, axborotlar shinasidan kirish axborotini qabul qilib oladi. Agarda mikroprotsessor tizimidan chiqish kodini (chiqish signalini) foydalanuvchiga chiqarish kerak bo‘lsa, u holda protsessor manzillar shinasi orqali kerakli kiritish/chiqarish qurilmasiga murojat etadi va unga axborotlar shinasi orqali chiqish axborotini uzatadi.
    Agarda axborotga murakkab ko‘p bosqichli ishlov berilishi kerak bo‘lsa, u holda protsessor oraliq natijalarni tizimli operativ hotirada saqlashi mumkin. Protsessor, hotiraning xoxishiy yacheykasiga murojat etish uchun manzillar shinasiga uning
    manzilini jo‘natadi va axborotlar shinasidan unga axborot kodini yuboradi yoki undan axborot kodini axborotlar shinasidan qabul qilib (o‘qib) oladi. Hotirada (operativ va doimiy) shuningdek boshqarish kodlari ham joylashtiriladi (protsessor bajarayotgan dasturning buyruqlari), shuningdek protsessor ularni manzili bo‘yicha manzillar shinasiga murojat qilish orqali axborotlar shinasidan o‘qib oladi. Doimiy hotira asosan mikroprotsessor tizimini dastlabki ishga tushurish dasturlarini saqlash uchun foydalaniladi, u har gal manba yoqilgandan so‘ng bajariladi. Axborot doimiy hotiraga ishlab chiqaruvchi tomonidan bir marotaba doimiy yozib qo‘yiladi va keyingi davr davomida undan faqat o‘qiladi.
    Bozorda paydo bo‘lgan mikrokontrollerlar keng miqyosda tarqala boshladi va hozirgi vaqtga kelib juda ko‘p sohalarda qo‘llanilmoqda, mikrokontrollerlarni ishlab chiqish kundan-kunga oshib bormoqda, ularni yiliga ikki milliarddan ko‘proq ishlab chiqarmoqdalar.
    Mkrokontrollerlar ishlatilish sohasi bo‘yicha, tashkillashtirilish tarkibi bo‘yicha, razryadligi, tashqi qurilma to‘plamlari, buyruqlar tizimi va boshqa belgilari bo‘yicha mikrokontrollerlar oilalarga guruxlashtirilgan. Bundek oilaning yorqin namoyondasi bo‘lib Motorola firmasining 32-razryadli mikrokontrolleri, Intel firmasining 16-razryadli MCS-96 mikrokontrollerlari, Atmel firmasining AVR RISC-mikrokontrolleri, ko‘p yadroli mikrokontrollerlar ARM, MicroChip firmasining ixcham PIC-kontrollerlari, Siemens firmasining umumiy vazifalar uchun mo‘ljallangan SAB mikrokontrollerlari bo‘la oladi.



      1. Download 131,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 131,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mikrokontroller tarkibi. Tayanch iboralar

    Download 131,61 Kb.