• Buyruq va mikroprotsessorning buyruqlar tizimi
  • Mikrokontroller tarkibi. Tayanch iboralar




    Download 131,61 Kb.
    bet6/8
    Sana29.01.2024
    Hajmi131,61 Kb.
    #148080
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-MAVZU. FANNING TARIXI, RIVOJLANISHI, DOLZARB MUAMMOLARI.

    Mikroprotsessorning razryadligi. Mikroprotsessorning razryadligi deganda uning razryadlar sonini tushinish kerak bo‘ladi, u axborotlar shinasining va manzillar shinasining nisbati bilan aniqlanadi. Razryadlikni aniq tarifi yo‘q, lekin odatda axborotlar maydonining kengligini razryalik deb tushuniladi. Adabiyotlarda ko‘pincha 8- , 16- , yoki 8/16 protsessorlar uchraydi. Intel 8080 (18080) MP 8- razryadli axborotlar shinasi va 16-razryadli manzillar shinasi bor, lekin ishlov beriladigan axborotlar turiga ko‘ra u 8-razryadlik protsessorlarga kiradi.Intel 80386 (180386) mikroprotsessorini 32-razryadli protsessor deb atash qabul qilingan, sababi u 32-razryadli manzil va axborotlarning alohida shinasiga ega. Yana shuningdek mashina so‘zining razryadligi tushunchasi, mikroprotsessorning ichki qurilmalarining razryadligi tushunchalari ham mavjut, lekin razryadlikning har qandek tarifini bitlarda (bazida baytlar, so‘zlar yoki ikkitali so‘z) ifodalangan ishlov
    berilishi mumkin bo‘lgan maksimal axborotlar kattaligi deb tushunish kerak bo‘ladi. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, axborotlar razryadligi o‘zgaruvchan mikroprotsessorli tizimlar (MPS) ham bo‘ladi.
    Buyruq va mikroprotsessorning buyruqlar tizimi. Mikroprotsessor tomonidan ma’lum uzunlikdagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifani buyruq deb tushunish kerak bo‘ladi. Mikroprotsessorning buyruqlar tizimi – bu mikroprotsessor uchun mo‘ljallangan funksiyalar to‘plami. Buyruqlar tizimining xususiyatlari bilan tanishish uchun muhim bo‘lgan uchta belgi mavjut: buyruq uzunligi, funksional belgisi va manzillash usuli.
    Buyruqlar uzunligi (yoki baytlarni egallaydigan kattaligi bo‘yicha) bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: bir baytli, ikki baytli, uch baytli vahokazo. Bunda birinchi bayt (ancha quvvatli protsessorlarda - so‘z) har doim buyruq kodi uchun ajratiladi, keyingilari yoki axborotlardan yoki manzildan iborat bo‘ladi va ular bo‘yicha hotirada saqlanadi.
    Funksional belgilari bo‘yicha, ya’ni bajarilayotan harakatlar turi bo‘yicha, buyruqlar quyidagi turlarga bo‘linadi: uzatish buyruqlar guruxi, arifmetik buyruqlar guruxi, mantiqiy buyruqlar guruxi, o‘tishlarning buyruqlar guruxi, boshqarish buyruqlar guruxi va stek bilan ishlash, kiritish/chiqarish buyruqlar guruxi, protsessorni boshqarish buyruqlar guruxi, mahsuslashtirilgan buyruqlar guruxi.
    Manzillash usuli bo‘yicha (ya’ni hotiraga murojat turi bo‘yicha yoki MP ichki qurilmalari bo‘yicha) quyidagi buyruqlar turiga ajratiladi: registrli manzillash (MP ichki registrlariga murojat buyruqlari), hotiraga bevosita murojat buyruqlari, bilvosita murojat buyruqlari (hotira yacheykasi manzili aniq ko‘rsatilmagan buyruqlar, protsessorning ichki registrlarida saqlanayotgan yoki hotira yacheykasida saqlanayotgan ko‘rsatgich orqali). Turli mikroprotsessorlarda manzillashning bo‘lishi mumkin bo‘lgan kombinatsiyalarda ham mavjut.

    Download 131,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 131,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mikrokontroller tarkibi. Tayanch iboralar

    Download 131,61 Kb.