Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati




Download 429,51 Kb.
bet2/8
Sana24.05.2024
Hajmi429,51 Kb.
#252809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
milliy iqtisodiyot va uning iqtisodiy o\'lchamlari kurs ishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati
Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab jamiyatni demokratik yangilash va milliy iqtisodyotni erkinlashtirish yoʼlida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Bu avvalombor milliy iqtisodiyotda erishilgan yutuqlar va natijalar negizida iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni modernizatsiya qilishning puxta ishlab chiqilgan modeli va uzoq muddatga moʼljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʼyicha olib borilayotgan tizimli, izchil, qatʼiy harakatlar majmuasi ekanligini koʼrish mumkin. Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi uchun jahon hamjamiyatida munosib oʼrinni egallash, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror rivojlanishini taʼminlash ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, soʼngi yillarda milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini taʼminlash, uning tarkibida sanoat, xizmat koʼrsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini koʼpaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transportkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib borilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy yakunlari va 2018 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʼnalishlariga bagʼishlangan kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasida respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish masalalariga toʼxtalib, “Аyni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy oʼsish surʼatlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga koʼpaydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi 854 million dollarga yetdi. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik” - deb taʼkidlab oʼtdi. “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida” gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʼra mamlakatimizda 2017-2021 yillarda "...iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yoʼnaltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʼbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish koʼzda tutilgan"1.

Download 429,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 429,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati

Download 429,51 Kb.