Takror ishlab chikarishning moxiyati, turlari




Download 429,51 Kb.
bet4/8
Sana24.05.2024
Hajmi429,51 Kb.
#252809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
milliy iqtisodiyot va uning iqtisodiy o\'lchamlari kurs ishi

2. Takror ishlab chikarishning moxiyati, turlari
Daromad — keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o’z faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Daromad pul va moddiy shaklga ega boʻlib, ularning yigʻindisi jami daromadni hosil qiladi. Daromad egalik nuqtai nazaridan aholi daromadi, korxona (korporativ) daromadi va davlat daromadiga boʻlinadi. Aholiga tegadigan daromad ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend shakllariga.
Ijtimoiy ishlab chiqarish — jamiyat yoki milliy iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarni qondirish uchun kerak boʻladigan neʼmatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui. Bu faoliyat natijasida yalpi milliy mahsulot, shu jumladan, yalpi ichki mahsulot va milliy daromad ishlab chiqariladi. chiqarishning ijtimoiy tavsifi turli neʼmatlarishlab chiqarishda jamiyat aʼzolarining mehnat kooperatsiyasi asosida oʻzaro aloqada, birgalikda iqtisodiy faoliyat koʻrsatishlarini anglatadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish yaratilgan neʼmatlarning kishilar ehtiyojlarini qondirish xususiyatlariga koʻra, moddiy va nomoddiyishlab chiqarish sohalariga boʻlinadi. Moddiyishlab chiqarish, oʻz navbatida, moddiy neʼmatlarishlab chiqarish va moddiy xizmatlar koʻrsatish sohalarini oʻz ichiga oladi. Xuddi shuningdek, nomoddiyishlab chiqarish ham nomoddiy neʼmatlarishlab chiqarish va nomoddiy xizmatlar koʻrsatish sohalariga boʻlinadi (qarang Ishlab chiqarish).
Infratuzilma (lot. infra - ostida) — ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiyishlab chiqarish sektori infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi infratuzilma zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (i.ch. ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-maishiy infratu-zilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.) ga ajraladi infratuzilma xizmati tovar boʻlganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat koʻrsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin infratuzilma xizmatlarini harakteriga koʻra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat koʻrsatilishiga koʻra, korxona, tarmoqinfratuzilma ch. majmualari va hududiyinfratuzilma ham mavjudaromadinfratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlarinfratuzilma ch. va inson uchun naf keltiradi infratuzilma xizmat koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi infratuzilma ni yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi infratuzilma ning samaradorligi koʻrsatilgan xizmatlarning sarf-harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi.
Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.
Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. Jahon xoʻjaligi bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagiinfratuzilma ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Jahon xoʻjaligidagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.
Jahon xoʻjaligi aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.
Jahon xoʻjaligida xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.
Jahon xoʻjaligialoqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.
Jahon xoʻjaligini tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YQMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YQMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-y.lar oʻrtalarida jahon sanoatinfratuzilma ch. ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Jahon xoʻjaligida kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.
Hoz. davrda Jahon xoʻjaligining rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) Jahon xoʻjaligiga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-y. larda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham Jahon xoʻjaligiga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 y. larda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrdaromad dollarni tashkil etdi; 2) Jahon xoʻjaligidainfratuzilma ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) Jahon xoʻjaligida iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.
Jahon xoʻjaligi xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. Jahon xoʻjaligi doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.
\Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabfhjncddi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YQMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.
Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlarMakroiqtisodiyot oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda Makroiqtisodiyot mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar hamMakroiqtisodiyot predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J. M. Keynsiint 1936 yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamonMakroiqtisodiyot nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida.
Mayda tovar ishlab chiqarish — yakka mayda dehqon va hunarmandlarning ijtimoiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish vositalarining xususiy mulkchiligi va xoʻjalikning aloqidaligi asosida uz shaxsiy mehnati bilan bozor uchun tovar chikaradigan ishlab chiqarish U kichik xoʻjaliklardan tarkib topadi. Mahsulotni ay-irboshlash vositasida isteʼmol etip] zaruriyati yotadi. Turkistonda 1913 yildaqishloqdagi xoʻjalikning 72% mayda dehqon xoʻjaligi tashkil qilgan. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarish sobiq SSSR davrida mavjud beshta xoʻjalik ukladining biri boʻlib, 1923—24 yillarda yalpi milliy maqsulotning 51% ni ishlab chiqargan.

Download 429,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 429,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Takror ishlab chikarishning moxiyati, turlari

Download 429,51 Kb.