Yalpi milliy maxsulot va uning tarkibiy kismlari




Download 429,51 Kb.
bet5/8
Sana24.05.2024
Hajmi429,51 Kb.
#252809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
milliy iqtisodiyot va uning iqtisodiy o\'lchamlari kurs ishi

3. Yalpi milliy maxsulot va uning tarkibiy kismlari
Xususiy mulkchilikning kengayib borishi tovar ishlab chiqarish rivoji uchun zarur sharoit yaratdi. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarishga kosib, hunarmand, fermer, shirkat xoʻjaliklari kiradi. Bunga shaxsiy isteʼmoldan ortiqcha mahsulotlprni bozorga olib miqadigan tomorqa, dala xrvlilarini ham qoʻshish mumkin. Chunki ular, asosan. mayda biznesni amalga oshiradilar. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarish ikki yoqlama ahamiyatlidir: I) bozor-iii isteʼmol buyumlari va xizmatlar bilan taʼminlaydi; 2) bu bilan band bulganlar uchun shaxsiy da rom ad manbai. U aholining turmush larajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etali. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarish oʻrta va yirik tonar ishlab chiqarishning kengayishiga asos boʻlib xizmat qilali. Rivojlangan mamlakatlarning yalpi milliy mahsulot va daromadida uning salmogi juda kattalir (40—42% gacha bo-ryali). Oʻzbekistonda uning ulushi qisqa vaqt ichida koʻpayib, 2002 yilda 25–26 %ga yetdi.
Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iktisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqsorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.
Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga koʻchirilgan qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (Milliy daromadning) qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida hisoblash boʻyicha katta tajribalar toʻplangan. Chunki yaqin oʻtmishda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan Milliy daromad sof mahsulot sifatida hisoblangan. Bunday qoidaning hozirgi paytda ham amal qilishi juda katta ijtimoiy-iktasodiy ahamiyatga egadir, chunki bu usul ishlab chiqariladigan mahsulotni, qoplash fondini va sof mahsulotni hisoblash, isteʼmolni va jamgʻarishni optimallashtirish siyosatini oʻtkazishga imkon beradi. Sof mahsulotning muttasil koʻpayishi, oʻsishi esa ishlab chiqarish sohasida va boshqa sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy taʼminlanishini yanada oshiradi.
Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda, renta, foiz kabi daromadlar yigʻindisi — birlamchi pul daromadlari va ularni qayta taqsimlashlar (shu jumladan, xizmatlar, ijara, prokat, qarz, soliq kabilar orqali qayta taqsimlashlar) natijasida hosil boʻladigan ikkilamchi va h. k. pul daromadlar yigʻindisidir. Shuning uchun ham muomaladagi pul massasi ham, ish haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan pul daromadlari yigʻindisi ham jamiyatning haqiqiy Milliy daromad boʻla olmaydi, chunki qogʻoz pullar va pul daromadlari haqiqiy, real daromad emas, ularning miqdoriga va harid kuchiga koʻp omillar taʼsir etadi.
Har qanday mamlakatda, jamiyatda moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulotlardan iborat Milliy daromadgina boshka shart-sharoitlar teng va oʻzgarmas boʻlganda, butun xalq isteʼmolini va mamlakat iktisodiy taraqqiyotini taʼminlashning, har bir shaxs va barcha aholi real daromadlarini oshirishning juda muhim moddiy asosidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulotnigina qamrab oladi. Shuning uchun ham milliy hisoblar tizimita oʻtish munosabati bilan xalqaro hisobkitoblar uchun BMTning tavsiyasiga binoan, Milliy daromad oʻrniga yalpi milliy mahsulot, 1993 yildan esa yalpi milliy daromad koʻrsatkichi qoʻllanila boshladi.
Narx
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. N. faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, N. qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday N. ning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —N. vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning N.iga koʻpaytirish opkali hisoblanadi; 2) ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. N. pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. N. dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 3) raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. N. raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — N. bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N. oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar N. ining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, N. ning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. N.ga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. N. resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.


Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi N. tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N. lardamaʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu N. da hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy N. lardahisoblanadi.
N. qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.
Erkin bozor N.i (muvozanatli N.) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N. yuzaga keladi; monopol N. — monopol bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N. lardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji N. — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N. lari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N. Bunday N., odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana N. — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi; Preyskurant N. — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma N. boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N. atrofida boʻlishini anglatadi; D otatsiyalangan N. — davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor N. idan pastroq qilib belgilangan N., N. dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping N. — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan N., xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, N.lar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lar i ga boʻlinadi. Hududiy N. — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor N. i — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi N. lardir. Xalq-aro N. — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.
N.lar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. N. diapazoni N.lar oraligʻining puldagi ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N. larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar N.l ari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.ining oʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q.Ushbu nazariya Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri Abdullayev.A ga tegishli nazariyadir
Ouken qonuni — qisqa mudsatli ishsizlik darajasining oʻsishi bilan ishlab chiqarish hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi bogʻliqni ifodalaydigan qonun. Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken (1929— 1979) aniklangan. Bu qonunga koʻra, yalpi milliy mahsulotning yillik oʻsishi 2,5%ni tashkil etganda ishsizlik darajasi amalda doimiy boʻlib qoladi. Ishsizlik darajasidagi oʻzgarishlarga qarab yalpi milliy mahsulot real hajmining potensial hajmiga nisbati oʻzgarishlari (elastikligi) doimiy va taxminan 3% ga teng. Mac., ishsizlikning 1% ga oʻsishi real ishlab chiqarish hajmida 3% ga teng qisqarishga olib keladi yoki aksincha.
Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy darajasida saklash va tartibga solib turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan milliy iqtisodiyot barcha ishlashni xohlovchilarga va mehnatga layo-qatli fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib bera olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va xizmatlar ishlab chiqarish potensialini toʻliq ishga sola olmaydi. Ouken qonuni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.

Download 429,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 429,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yalpi milliy maxsulot va uning tarkibiy kismlari

Download 429,51 Kb.