|
, O’zbekistonda investistiya va tarkibiy uzgarishlar siyosatining ustuvor yunalishlari
|
bet | 7/8 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 429,51 Kb. | | #252809 |
Bog'liq milliy iqtisodiyot va uning iqtisodiy o\'lchamlari kurs ishi5, O’zbekistonda investistiya va tarkibiy uzgarishlar siyosatining ustuvor yunalishlari.
Oʼzbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlayotgan omillar quyidagi 6-rasmda keltirilgan.
2018 yilda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 5,1 foizga oʼsishi prognoz qilinmoqda. Ushbu oʼsish asosan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining – 8,2 foizga, qishloq xoʼjaligining – 6,1 foizga va kapital qoʼyilmalari hajmining – 9,6 foizga oʼsishi hisobiga taʼminlanadi.
Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga yoʼnaltiriladigan jami investitsiyalar miqdori 27,3 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi yoki 2017 yilga nisbatan 9,3 foizga oʼsdi.
Bunda avvalgi yillardagidek, investitsiyalar asosiy qismining (65
foizdan ortigʼini) ishlab chiqarishni rivojlantirishga, yaʼni yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish va yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini xarid qilishga yoʼnaltirilishi moʼljallanmoqda. Xususan, 2018 yilda yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda qishloq joylarda zamonaviy loyihalar boʼyicha yakka tartibdagi yangi turar joylarni barpo etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan barcha manbalar hisobidan 22 trln. soʼm miqdorida yoki 2017 yilga nisbatan 4,8 trln. soʼmdan ziyod miqdorda investitsion kreditlar ajratildi.
Respublikada ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yoʼnalishlari quyidagi 7-rasmda keltirilgan. 2018 yilda tijorat banklarining investitsion faoliyatida asosiy
eʼtibor 2017-2021 yillarga moʼljallangan Harakatlar strategiyasi asosida
iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy qayta oʼzgartirish va modernizatsiyalash umumiy dasturini tashkil etuvchi, shu jumladan:
– iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan oʼzgartirish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taʼminlash;
– muhandislik-kommunikatsiya hamda yoʼl-transport infratuzilmasini
rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
– iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini kamaytirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʼyicha choratadbirlar dasturlaridagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etishga qaratiladi.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi oʼrta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilab berdi. Ushbu yoʼnalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bogʼliq amaliy qadamlar boʼldi.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi taʼminlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati boʼlib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Bunda inflyatsiyaning past va barqaror koʼrsatkichlari muvozanatli iqtisodiy oʼsishni taʼminlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar oʼsish surʼatlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri boʼlishi kerak. Inflyatsiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya
darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi oʼzgarishi oʼrtasida aniq va barqaror oʼzaro bogʼliqliklar aniqlanmadi. Pul aylanish tezligi va pul mulьtiplikatori koʼrsatkichlari oʼzgarishi ham ushbu koʼrsatkichlar dinamikasining oʼzgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-kredit koʼrsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga
olib kelishi mumkinligini koʼrsatadi.
Xulosa
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan moʼʼtadil darajada oʼsishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu koʼrsatkichlar oʼrtasida aniq bogʼliqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi.
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank anʼanaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qatʼiylashtiradi. Ushbu choralarning iqtisodiyotning real sektoriga taʼsir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi. Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi oʼzida Markaziy bank foiz stavkalari oʼzgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga taʼsir oʼtkazish jarayonini aks ettiradi. Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va kelgusida ragʼbatlantirish borasida koʼrilayotgan chora-tadbirlar natijasida, 2017 yilda 38,2 mingdan ortiq kichik biznes (dehqon va fermer xoʼjaliklarisiz) subʼektlari tashkil etildi yoki 2016 yilning shu davriga nisbatan 122,0 foizga koʼpaydi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi eksportda – 27,0 foizni (2016 yilda 26,0 foiz) sanoatda – 39,6 foizni (45,3 foiz), xizmatlarda – 58,4 foizni (61,4 foiz),
qurilishda – 65,1 foizni (66,9 foiz) va bandlikda – 78,3 foizni (78,2 foiz)
tashkil etdi
|
| |