Milliy daromad va uning tarkibiy kismlari, usish omillari va kayta taksimlanishi




Download 429,51 Kb.
bet6/8
Sana24.05.2024
Hajmi429,51 Kb.
#252809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
milliy iqtisodiyot va uning iqtisodiy o\'lchamlari kurs ishi

4. Milliy daromad va uning tarkibiy kismlari, usish omillari va kayta taksimlanishi
KUZNETS (Kuznets) Saymon Smit (1901.30.4, Harkov - 1985.9.7, AQSH) — amerikalik iqtisodchi. Ukrainada statistika boʻlimining boshligʻi lavozimida qisqa muddat ishlagach, AQShga muhojir boʻlib ketgan. Kolumbiya universiteti doktori (1926X, Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi aʼzosi (1927—61). Pensilvaniya (1930—54), J. Gopkins (1954—60), Garvard (1960—71) universitetlari professor AQSH statistika assotsiatsiyasi (1949) va AQSH iqtisodiy asso-siatsiyasi (1954) prezidenti etib saylangan. K. iqtisodiy oʻsish nazariyasiga katta hissa qoʻshdi. Oʻsishning uzoq sikllari aholi oʻsishi surʼatlari oʻzgarishlariga bogʻliqligini tadqiq qildi, koʻpgiva sanoati rivojlangan mamlakatlarda isteʼmolning daromadga nisbati bir necha oʻn yilliklar davomida barqarorligini va belgilangan mahsulot hajmini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan real kapital pasayish tendensiyasiga ega ekanligini aniqladi. K. pirovard mahsulot ishlab chiqarish, kapital va jamgʻarishning shakllanishi, aholining turli tabaqalari oʻrtasida daromadning taqsimlanishini aniq baholadi. Uning ishlari jahonning barcha mamlakatlari uchun yalpi milliy mahsulot, milliy daromadni hisoblashning yagona uslubini ishlab chiqishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1971).
Sof milliy mahsulot - muayyan davr davomi (odatda oy, chorak, yil) da mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlardan biri; yalpi milliy mahsulot (YQMM)dan tarkibiga tegishli davrda isteʼmol etilgan asosiy kapital qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. Sof milliy mahsulotm. qiymati milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Nazariy jihatdan olganda Sof milliy mahsulotm xoʻjalik faoliyati natijalarini yalpi ichki mahsulot va YQMMga qaraganda aniqroq hisoblash imkonini beradi, chunki u tegishli davrda yaratilgan qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda Sof milliy mahsulotm. hisobkitoblaridan YQMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa isteʼmol etilgan kapital qiymatini aniq hisoblashning murakkabligi bilan bogʻliq.
Taqchillik (iqtisodiyotda) — ilgari belgilangan, rejalashtirilgan yoki zarur darajadagi mablagʻ, resurs, tovarlarning yetishmasligi, tanqisligi. T. ning yalpi milliy mahsulot taqchilligi, tovarlar takchilligi, byudjet taqchshiigi, taqchil moliyalashtirish, taqchil iqtisodiyot kabi koʻrinishlari mavjudaromad T. har qanday darajada iqtisodiy muvozanatni buzadi, qarzlarning toʻplanib borishiga sabab boʻladi. Tovarlar va xizmatlar T. ligi xalq isteʼmol mollari va xizmatlarining aholi talabehtiyojlarini qondirish uchun yetishmasligi, ularni yetarli darajada ishlab chiqarmaslik oqibatida yuzaga keladi. Tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi, undagi mutanosiblikning buzilishi, takror ishlab chiqarish. ning izdan chiqishi oqibatidir. Uni bartaraf etish uchun tovar ishlab chiqarish., tovar importi bozor talabiga qarab koʻpaytiriladi. Byudjet xarajatlari daromaddan ortib ketsa byudjet takchilligi yuzaga keladi. Bunday T. makroiqtisodiyot darajasida inflyatsiya jarayonining rivojlanib borayotganini, davlat moliyasining inqiroz holatida ekanligini koʻrsatadi. Davlat byudjetida T. byudjetning daromad qismida 20%gacha yoki yalpi milliy mahsulotning 7—8% gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yalpi ichki mahsulot
Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi (angl. nominal and real GDP). YIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga (nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi. YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun) taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.
Yalpi ichki mahsulot (YIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrdaromad soʻmlik YIM ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan YIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% qishloq xoʻjaligida, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda) ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.
Nurislom Toʻxliyev.
Yangi industrial mamlakatlar
Yangi industrial mamlakatlar — 20-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida iqtisodiy taraqqiyotda keskin oʻzgarishlarga erishgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi. Bu mamlakatlar koʻpgina koʻrsatkichlar boʻyicha jahondagi oʻrta va hatto yuqori rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi.
YA.i.m. da sanoat ishlab chiqarish hajmi va uning milliy daromaddagi hissasi oʻsdi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi koʻpaydi. Yangi qatlam — tadbirkorlar sinfi mavqei mustahkamlandi. Yangi industrial mamlakatlarm.ga Lotin Amerikasining rivojlangan mamlakatlari — Argentina, Braziliya, Meksika va Janubiy Sharqiy Osiyoda "Osiyo yoʻlbarslari" nomini olgan bir qator mamlakatlar va hududlar — Singapur, Tayvan, Koreya Respublikasi, Xitoy tarkibidagi Syangan kiradi. Bulardan bir qadar keyinroq 2avlod Yangi industrial mamlakatlarm. deb nom olgan mamlakatlar ham paydo boʻldi. Bu mamalakatlarda aholining katta qismi hamon q.x. da band boʻlishiga qaramay, sanoat ishlab chiqarish hajmi va sanoat mahsulotlari eksporti tez oʻsmoqda, milliy kapital vakillarining mavqei mustahkamlanmoqda. Bularga Lotin Amerikasida Venesuela, Kolumbiya, Peru, Urugvay, Chili, Janubiy Sharqiy Osiyoda Malayziya, Filippin, Tailand, Indoneziya kiradi.
YA.i.m. sanoatida eng zamonaviy texnologiyalar qoʻllaniladi va jahon bozorida raqobatbardosh yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularning tajribasi rivojlanayotgan mamlakatlar oʻz taraqqiyotida faqat oʻzlarida serob, hatto ortiqcha boʻlgan tabiiy va mehnat resurslari bilan birga texnik jihatdan murakkab ishlab chiqarishga tayanishlari va bu tarmoqlarda qiyosiy afzalliklarga ega boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Yangi industrial mamlakatlarm sanoat rivojida chet el kapitali faol rol oʻynaydi. Mas, Singapurda 1980-y.lar oxirida ishlov beruvchi sanoat mahsuloti eksportining 90% ga yaqini, Koreya Respublikasida 27% chet el transmilliy kompaniyalari (TMK) filiallari hissasiga toʻgʻri kelgan. TMK bu mamlakatlarda mahalliy arzon ishchi kuchidan foydalangan holda yangi, baʼzan eng yangi sanoat korxonalarini qurishda ishtirok etadi. Ayrim detallar va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan tor ixtisoslashgan korxonalar quradi, mahsulotni pirovard yigʻish rivojlangan mamlakatlarning oʻzida amalga oshiriladi.
Mas, elektronika sanoati sohasidagi AQSH va Yaponiya TMK Meksika, Singapur, Tayvan va Malayziyada yarimoʻtkazgichli priborlar va integral sxemalar chiqaradigan bir qator korxonalarni tashkil etdi. Ayrim TMK murakkab texnologiyani soddalashtirib, ishlab chiqarish jarayonini alohida qismlarga ajratib, rivojlanayotgan mamlakatlarda tegishli korxonalarni qurdi. Natijada bu mamlakatlardan ishlov beruvchi sanoat mahsulotlari eksportining katta qismi TMK ichki firma savdosidan iborat boʻlib qoldi.
Janubiy Sharqiy Osiyodagi Yangi industrial mamlakatlarm. ning eksport yoʻnalishidagi rivojlanishi, eksport tuzilmasi tamomila oʻzgardi. Unda xom ashyo va oziq-ovqat hissasi keskin kamayib, sanoat eksportida toʻqimachilik mahsulotlari salmogʻi pasaydi, mashina va uskunalar hissasi juda oʻsib bordi. Mas, 1970 yildan 1995 yilga qadar Singapur eksportida xom ashyo va oziq-ovqat hissasi (%larda) 72,5 dan 16,1 ga ga, Koreya Respublikasida 23,5 dan 6,7 gacha, Tayvanda 24,3 dan 7,3 gacha, toʻqimachilik tovarlari hissasi esa tegishlicha 5,6 dan 2,6 gacha, 41,1 dan 15 gacha, 29,0 dan 14,4 gacha qisqardi, mashina va uskunalar hissasi esa Singapurda shu davrda (% larda) 11,0 dan 62,3 ga, Koreya Respublikasida 7,2 dan 51,6 gacha, Tayvan 16,7 dan 47,7 gacha oʻsdi. 2avlod Yangi industrial mamlakatlarm. da ham xuddi shunday oʻzgarishlar bormoqda. Malayziyada xom ashyo va oziqovqat eksporti hissasi shu davrda 93,5% dan 26,9% ga qisqargan boʻlsa, mashina va uskunalar hissasi 1,6% dan 50% ga oʻsdi. Tailandda xom ashyo va oziq-ovqat eksport hissasi 95,3% dan 26,3% pasayib, mashina va uskunalar hissasi 0,1% dan 31,5% ga koʻtarildi. Shunday qilib, bu mamlakatlarning koʻpchiligi mashina va uskunalar eksporti boʻyicha jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasiga koʻtarildi. 20-asr oxirlariga kelib jami rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat eksportining deyarli 70%, mashina va uskunalar eksportining 70% dan koʻprogʻi Janubiy Sharqiy Osiyodagi 1 va 2 avlod Yangi industrial mamlakatlarm. (Syangan, Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan, Indoneziya, Malayziya va Tailand), shuningdek, Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi.
2002 yilga kelib aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish Koreya Respublikasida 16480, Singapurda 23090, Malayziyada 8280 AQSH dollarini tashkil etdi. Yangi industrial mamlakatlarm. da aholi jon boshiga tibbiy, taʼlim, kommunal xizmatlari isteʼmol boʻyicha ham jiddiy yutuqlarga erishilgan.
YA.i. m. ning paydo boʻlishi hozirgi jahon xoʻjaligida va xalqaro mehnat taqsimotida katta oʻzgarishlar yuz berganligini, rivojlanayotnan mamlakatlar oʻrtasida tabaqalanish kuchayib borayotganligini koʻrsatadi, chunki Yangi industrial mamlakatlarm. dagi taraqqiyot kam rivojlangan mamlakatlarning katta guruhidagi qoloqlikni bartaraf eta olmadi. Iqtisodiy va sanoat rivojining hozirgi darajasiga koʻra, Yangi industrial mamlakatlarm.dan eng rivojlanganlari — Koreya Respublikasi, Argentina, Meksika, Singapur sanoati rivojlangan mamlakatlarga deyarli yaqinlashdi va Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa davlatlari bilan bir darajada turadi. Meksika va Koreya Respublikasining rivojlangan mamlakatlarning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OYESD) aʼzoligiga qabul qilinganligi ham buning isboti boʻla oladi.



Download 429,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 429,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy daromad va uning tarkibiy kismlari, usish omillari va kayta taksimlanishi

Download 429,51 Kb.