|
Milliy iqtisodiyot tushunchasi va uning kursatkichlari
|
bet | 3/8 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 429,51 Kb. | | #252809 |
Bog'liq milliy iqtisodiyot va uning iqtisodiy o\'lchamlari kurs ishi1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi va uning kursatkichlari.
Yalpi milliy maxsulot (YQMM)-millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor prirovard maxsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.
YQMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baxolaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Yaʼni YQMM xajmini xisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YQMM yordamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi xajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta xisobga olinishi zarur. YQMM xajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni koʻp marta xisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.
Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) — (YQMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. YQMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. YQMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.
Hoz zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi gʻoyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari (korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqdori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YQMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YQMM hajmini toʻgʻri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi oʻz fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari oʻrtasidagi farqni qoʻshish kerak. Chet eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa YQMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan koʻp, aksincha holatda kam boʻladi.
|
| |