Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning




Download 57,87 Kb.
bet4/7
Sana16.02.2024
Hajmi57,87 Kb.
#157443
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MENEJMENT VA MARKETING NAZORAT ISHI

3.Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning
rivojlanishi

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal


rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi
iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan,
globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi
xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab
chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi,
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi.
Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy
tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib
beradi.Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy- iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro’y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi. Dunyo yanada integratsiyalashgan tizimga aylanib, turli xil davlat strukturalarining siyosiy integrasiyasi intensivlik bo’yicha iqtisodiy integratsiyadan ortda bormoqda. Hozirgi kunda jahon hamjamiyati uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro mehnat taqsimoti asosida rivojlanish jarayoni juda xos bo’lib, ayrim mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari o’rtasida ob’yektiv, barqaror tijorat munosabatlarini aks ettiradi. Rivojlanib borayotgan jahon hamjamiyati iqtisodiy jarayonlarni baynalminallashtirish tendensiyasini kuchaytiradi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperasiyasiga ko’maklashadi, savdo va ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari bilan almashinishga xizmat qiladi. Bu jarayon sotuv bozorini kengaytirishning barcha omillarini hisobga olish, xalqaro tijorat-xo’jalik aloqalarining barcha zamonaviy shakllarini rivojlantirishni talab qiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va importda, xalqaro auksion va savdolarda, chet el korxonalariga kiritiluvchi investitsiyalarda va nihoyat tovar va xizmatlar jahon bozorida namoyon bo’lib, ko’plab mamlakatlarda faoliyat ko’rsatuvchi hamda chet eldagi ishlab chiqarish va sotuv bo’linmalaridan foydalanuvchi transmilliy korporatsiyalar amalda butun jahon uchun ishlaydi. Bularning barchasi tovar va xizmatlarni mamlakat hududidan tashqarida sotish bo’yicha maxsus tadbirlar majmuasi - xalqaro marketing zaruratini yuzaga keltiradi. Bu yerda gap xalqaro firmalar haqida boradi. Bu firmalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati xorijiy mamlakatlarda ham tarqaladi hamda ular sho’’ba korxonalarning mavjudligi, texnologik kooperatsiya va ixtisoslashuv, resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruv va nazoratning markazlashuvi bilan tavsiflanadi.
Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun xalqaro marketing usullaridan –
ishlab chiqarishni tashkil etish va tovar mahsulotlarini sotish kompleks tizimi,
xalqaro bozor tadqiqotlari va prognozlash asosida muayyan xorijiy iste’molchilarning talab va ehtiyojlari, hohish-istaklari va odatlarini qondirish uchun xizmat ko’rsatishdan unumli foydalanish zarur. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi va u bilan bog’liq bo’lgan ko’plab korxonalar iqtisodiy faoliyatidagi o’zgarishlar tobora o’z mahsulotlarini eksport qilishga yo’naltiradi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tovarlarni import
qilishga ixtisoslashgan savdo tashkilotlarining paydo bo’lishi, mamlakatimizdagi
xo’jalik strukturalarining xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilishi – bularning
barchasi, ayniqsa, korxona, tashkilot, bank va sug’o’rta kompaniyalarining ishlab
chiqarish, sotuv va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida xalqaro
marketing funksiyalari va usullarini yaxshi bilishni talab qiladi.
Xalqaro maydonda marketing juda murakkab hisoblanadi, chunki u korxonaning
sotuv faoliyatidan tashqari ishlab chiqarish, ITTKI, ta’minot, moliya kabi boshqa
faoliyat turlarini ham qamrab oladi. Bundan tashqari, korxona faoliyati bog’liq
bo’ladigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy sharoitlarni chuqur
tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, transport orqali tashish va saqlash, qonun hujjatlari va bojxona qoidalari turli mamlakatlarda bir-biridan sezilarli farqlanishi mumkin. Har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida o’ziga xos milliy xususiyatlar bo’lib, ular madaniyat, din va an’analar nuqtai nazaridan mos kelmasligi mumkin. Shuningdek, ilmiy-texnik xarakterdagi omillar ham muhim ahamiyat kasb etib, bu qatorga sanoat texnologiyalarining rivojlanish darajasi, tovar va xizmatlarni modifikatsiyalash, ishchi kuchining malakasini oshirish kabilarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlarning barchasi xalqaro bozorda tadbirkorlik faoliyatining umumiy tijorat tavakkalchiligini oshiradi. Masalan, valyuta tizimining barqaror emasligi kutilmagan natijalarga olib kelishi va bir necha kun ichida juda ham foydali bitimni zarar keltiruvchi bitimga aylantirishi mumkin. Turli xil mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari marketing vositalarini u yoki bu bozorning o’ziga xos xususiyatlariga moslashtirib borishni talab qiladi. Bu erda gap har safar muayyan tashqi bozor uchun maxsus marketing modeli haqida boradi. Marketing faoliyatining turli elementlari samaradorligi turli mamakatlarda turlicha bo’lishi mumkin.


  1. Download 57,87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 57,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning

Download 57,87 Kb.