• Mavzu
  • Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti




    Download 57.87 Kb.
    bet1/7
    Sana16.02.2024
    Hajmi57.87 Kb.
    #157443
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MENEJMENT VA MARKETING NAZORAT ISHI

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Mavzu

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA

    INNOVATSIYA VAZIRLIGI

    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON

    MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

    PSIXOLOGIYA FAKULTETI

    SIRTQI BO’LIMI

    MENEJENT VA MARKETING

    FANIDAN
    NAZORAT ISHI




    Mavzu: Marketingning xorijiy tajribalari va undan O’zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari - Malayziya misolida


    924-20 guruh talabasi: Xuddiyev E

    Qabul qildi: Muxtorov B

    Jizzax-2023
    REJA
    KRISH

    1. Malayziya. Bu OTM haqida.

    2. Malayziya. Xalqaro bozorlarga kirib borish usullari

    3. Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning

    rivojlanishi
    4. Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati
    5. Axborot to’plash usullari
    Xulosa
    Foydalangan adabiyotlar.


    KIRISH



    Mamlakatimizda bugungi kunda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish
    sohasi va eksportni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida
    e’tibor qaratilmoqda. Korxonalar eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga
    tayyor raqobatbardosh mahsulotlar bilan chiqish, eksportda qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tovarlar ulushini ko‘paytirish hamad jahon bozorida mustahkam o‘rin
    egallash bo‘yicha iqtisodiy islohotlar jadal olib borilmoqda.
    Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida eksportni oshirish bo‘yicha, “..eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”1 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan.
    Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini2 ta’kidlab o‘tdi. Aynan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida korxonalarning tashqi bozorga chiqishda xalqaro marketingdan samarali foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
    Korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishida faol marketing, ‘sish,differensiatsiya, fokuslashgan, xalqaro segmentlash va raqobatchilik strategiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar nafaqat ichki bozorni, balki tashqi bozorni egallashga, unda tayyor raqobatbardosh maqsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan tovarlar assortimentini kengaytirish, ularning noyobligini oshirish, raqobatbardoshligi va sifatini oshirish, tashqi bozorlarga chiqishda faol marketing tadqiqotlaridan foydalanish, yangi texnologiyalar asosida va yangi i shlanmalar asosida yangi tovarlar, ishlanmalar 17 yaratish, bozorlarning internatsionallashuvi, xalqaro bozordagi to‘siqlarni engib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir.
    Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Biroq, o’z o’rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o’zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
    Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy- iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni
    takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan
    qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy
    marketing usullaridan faol foydalanish...”1 alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
    O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan xalqaro marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. 18 Ushbu vazifalarni amalga oshirishi xo’jaliklardan ichki va tashqi itqtisodiy faoliyatlarida xaqiqiy mustaqil bo’lishlarini talab etadi. Aynan shu paytda xo’jalik faoliyatining unumdorligini oshirish maqsadida marketingdan foydalanish nafaqat maqsadga muvofiq, balki ob’ektiv jixatdan zarurdir. Shu munosabat bilan xalqaro marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan mutaxassisilarni tayyorlash zarurati yuzaga keladi. Tavsiya etilayotgan «Xalqaro marketing» fani bo’yicha darslik iqtisodiyotning turli sohalarida, yniqsa, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida zamonaviy kadrlarni shakllantirish uchun zarur hisoblanadi.



    Download 57.87 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 57.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti

    Download 57.87 Kb.