• Mavzu
  • Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti




    Download 37.78 Kb.
    bet1/5
    Sana28.09.2023
    Hajmi37.78 Kb.
    #85227
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    18.1 mustaqil ish
    Mustaqil ish 1, Mustaqil ish 2, amaliyot vaziaf
      Bu sahifa navigatsiya:
    • Mavzu

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA

    INNOVATSIYA VAZIRLIGI

    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON

    MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

    PSIXOLOGIYA FAKULTETI

    SIRTQI BO’LIMI


    IQTISODIY XAVFSIZLIK


    FANIDAN

    MUSTAQIL ISH


    Mavzu: .“Iqtisodiy xavfsizlik” fani nima uchun o`rganiladi.
    924-20 guruh talabasi: Xuddiyev E.

    Qabul qildi: Narkuziyev A.

    Reja.
    Krish.



    1. Iqtisodiy xafsizlik.




    1. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va mazmuni.




    1. Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari)




    1. Xulosa.




    1. Foydalangan adabiyotlar.


    KIRISH.

    Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy- iqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O’zbekiston XXI asr


    bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu tushunchalar har bir mlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor” yaratishi alohida ta’kidlab o’tilgan. SHuning uchun ham. O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni a’minlash borasida izchil siyosat olib bordi. Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida unga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va uzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish y o’nalishlarini belgilashda, ijtimoiy- iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai- nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning parokandaligiga olib kelishi mumkin. Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda.
    AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y berib, keyinchalik dunyoning boshqa
    mamlakatlariga tarqalib, global xarakter kasb etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
    jahonning hech bir davlati xavf-xatarlardan kafolatlanmaganligini namoyon qildi.
    O’zbekiston ham integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir
    qismi sifatida jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy
    oqibatlarini his etayotgani va bundan keyin ham his etishi2 Respublika Prezidenti
    I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
    bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida ta’kidlab o’tildi. Demak, globallashuv
    sharoitida mamlakatlarning milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning dolzarbligi
    yanada ortib boradi. SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiyot sohasiga oid juda ko’p bilimlarni “xavfsizlik” tushunchasini hisobga olgan holda to’ldirish yoki tuzatish
    maqsadga muvofiqdir. Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o’ylantirgan. XX asrda jamiyat xavfsizligiga bo’lgan zamonaviy qarashlarga V.Paretto va rossiyalik yirik olim A.Bogdanovlarning asarlarida asos solingan. «Xavfsizlik» tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, turlicha ma’noda talqin etiladi.
    SHunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo’lib, bunga ko’ra
    xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan
    himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat
    rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil
    hisoblanadi.



    Download 37.78 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 37.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti

    Download 37.78 Kb.