12
Axborotni uzatish va qabul qilish usulini tanlash va texnik amalga
oshirish aloqa tizimini qurishning asosiy muammosi hisoblanadi.
Ushbu masalalar modulyatsiya va demodulyatsiya
kabi jarayonlar
bilan uzviy bog’langan.
Har qanday aloqa tizimi shunday loyihalanadiki, vaqt,
chastota,
energiya, dinamik diapazon kabi mavjud resurslardan foydalanib, eng ko’p
hajmli axborotni berilgan aloqa sifati va joiz minimal energiya sarfi bilan
uzatish ta’minlansin.
Hozirda axborotni analog uzatish ishlatilmaydi. Chunki zamonaviy
mikroelektronika raqamli signallarni ishlashning
yetarlicha murakkab
algoritmlarini amalga oshirishga imkon beradi. Undan tashqari xabarlarni
uzatish sifati, boshqa
barcha umumiy shartlarda, analog tizimlariga
nisbatan raqamli tizimlarda yuqori.
1.5 – rasm. To’lqinlarning chastota diapazoni
Raqamli tizimlarning quyidagi xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:
- xabarlar {0,1} qiymatlarini oluvchi bitlar ketma-ketligi ko’rinishida
uzatiladi;
- bitlar ketma-ketligi kanal simvollari deb ataluvchi signallarning biri
bilan uzatiladi.
Radiodiapazonlar
Chastota, Hz
Ko’rinadigan yorug’lik
Infraqizil
diapazoni
Mikroto’lqinlar
diapazoni
Ultrabinafsha
diapazoni
Yer yo‘ldoshlar
Radarlar
FM-radio TV
TV
Uyali
telefonlar
APM-radio
Suvosti
aloqa
Suvusti aloqa
To'lqin uzunligi, м
13
Xabarlarni bitta manbadan bitta qabul qiluvchiga bitta aloqa liniyasi
orqali uzatishni ta’minlovchi aloqa tizimi
bir kanalli
deb yuritiladi. Bir
kanalli aloqa tizimining struktura sxemasi 1.6-rasmda keltirilgan.
1.6-rasm. Bir kanalli aloqa tizimining struktura sxemasi
Bu yerda:
1 - xabar manbai - uzatiluvchi xabar
u
i
ni shakllantiruvchi inson yoki
texnik qurilma;
2 - xabarni signalga o’zgartgich - xabarni birlamchi (past chastotali)
u(t)
signalga o’zgartiruvchi qurilma;
3 - signal o’zgartgichi (peredatchik).
Birlamchi signalni aloqa
liniyasi orqali uzatishga qulay ikkilamchi (yuqori chastotali)
s(t)
signalga
o’zgartiruvchi qurilma;
4 - aloqa liniyasi - signallarni peredatchikdan priyomnikga uzatishda
foydalanuvchi muhit. Aloqa liniyasi orqali o’tishida elektr signallari
xalallarga va buzilishlarga duchor bo’ladi.
Bu aloqa liniyasining
ch
iqishidagi
signal
va
qabul
qilingan
xabar, mos holda, aloqa liniyasi kirishidagi
signaldan va uzatiluvchi
xabardan farqlanishiga olib keladi;
5 - signal o’zgartgichi (priyomnik). Qabul qilingan ikkilamchi signal
bo’yicha
birlamchi
signalni tiklaydigan qurilma;
6 - signalni xabarga o’zgartgich - birlamchi signalni qabul qilingan
xabarga o’zgartiruvchi qurilma.
1
2
3
4
5
6
7
u(t)
u
s(t)
z(t)
14
7 - xabarni qabul qiluvchi - xabarni o’zlashtiruvchi
inson yoki
qurilma.
Xabarlarni bir necha manbalardan bir necha qabul qiluvchilarga bitta
umumiy aloqa liniyasi orqali bir vaqtda uzatishni ta’minlovchi aloqa tizimi
ko’p kanalli
deb yuritiladi. Ko’p kanalli aloqa tizimining struktura sxemasi
1.7-rasmda keltirilgan.
1.7-rasm. Ko’p kanalli aloqa tizimining struktura sxemasi
Bu yerda: