O‘lchash tizimidagi tebranishlarni kamaytirish uchun dempferlovchi qurilma 28
ishlatiladi. Pnevmo uzatishli rotametrlarning seriyali ishlanadigan rusumlari 6,27
мПа ish bosimiga mo‘ljallangan.
11
13
28
14
12
25
9
8
7
S
N
6
5
5
N
4
10
1
2
3
27
17
20
21
18
22
16
19
26
15
23
24
4.5 – rasm. Ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan rotametr sxemasi.
Bu asboblar bilan (suv bo‘yicha 16 м
3
/соат) gacha sarflar o‘lchanadi. Asosiy
xatolik ±1,5% dan oshmaydi.
O‘ZGARUVCHAN SATHLI SARF O‘LCHAGICHLAR
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning
idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath
balandligini o‘lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda
agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan
pulslanuvchi oqim va suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan
sathli sarf o‘lchagichlar barcha hollarda suyuqlik
sarfnni atmosfera bosimida
o‘lchaydi, shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish)
va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi
o‘lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin.
Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli
silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi
uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma
idish tagida yoki uning yon
devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan
yuqorida bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning
faqat yon devorlarida
joylashgan bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki
chetidan baland bo‘lmasligi lozim.
1
Н
2
3
4
5
6
7
Сиқилган
ҳаво
4.6 – rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich.
4.6-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rt-burchak idish 2
dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni
kiritish uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi
uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa
profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan.
Idishdagi suyuqlik
oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pyezometrik naycha 1
cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida
tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va
manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pyezomstrik naychadagi
bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining
zichligi va balandligi bilan, demak,
suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. Pyezometrik naychadagi gidrodinamik
bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 4.6-rasmda keltirilgan sarf
o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari
tengligidadir.
Tirqishli sarf o‘lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama
bilan aniqlanadi:
L
S
a
Q
x
0
43
,
4
(4.15)
bu yerda, а – sarf koeffitsiyenti; S
0
–
tirqishning yuzasi; L – tirqishdagi suyuqlikning
balandligi.
Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffitsiyenti
tirqishning geometrik
shakliga, ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq. Taqribiy hisobda
sarf koeffitsiyenti a ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf
koeffitsiyentining aniq qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi.
Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf
o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 м dan,
difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan
oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 м
3
/соат bo‘lgan
qurilmaning asosiy
xatosi ±3,5%.