to’plamini tuzishga intiladi. Aposterior taxlil
ko’ngilsiz xodisalar ro’y bergandan keyin o’tkaziladi.
Bundan taxlilning maqsadi
- kelajak uchun tavsiyalar
ishlab chiqishdan iboratdir. Bu ikki uslub bir-birini
to’ldiradi. Taxlilning to’g’ri (aprior) usuli oqibatni
ko’rish uchun sabablarni o’rganadi.
Teskari usulda
sabablarni aniqlash maqsadida oqibatlar taxlil
qilinadi, ya’ni taxlil asosiy xodisadan boshlab
o’rganiladi. Ikkalasida
xam oxirgi maqsad xamma
vaqt xar qanday ko’ngilsiz xodisalarning oldini
olishdir. Birlamchi xodisalarning paydo bo’lish
extimolligi va chastotasini bilgan xolda,
pastdan
yuqoriga xarakatlanib, asosiy xodisaning yuz berish
extimolini aniqlash mumkin.
Xavfsizlikni taxlil
qilganda
eng
asosiy
muammo
sistemaning
ko’rsatkichlarini aniqlash yoki uni chegaralashdir.
Agar sistemaning chegarasi juda tor qo’yilgan bo’lsa
unda tarqoq, tizimiylashmagan oldini olish chora-
tadbirlarini xosil qilishga imkoniyat paydo bo’ladi,
ya’ni ayrim xavfli xolatlar diqqatdan chetda qolib
ketadi.
Boshqa tomondan, agar chegara juda keng
qo’yilsa unda taxlil natijalari umumiy, noanik bo’lib
qolishi mumkin. Umumiy
xolda yondoshish xodisani
aniqlashdan iborat, ya’ni berilgan aniq xolatda oldini
olish tadbirlari orqali ta’sir qilish mumkinligini
ko’rsatadi.