muvofiqlashadi va bir me’yorda taxminan 3,5 soat
davom etadi, so‘ngra yana pasayish boshlanadi.
Baxtsiz hodisalarning yuz berishi xam xuddi shu
grafik asosida borishi aniqlandi. 4 soat davomida
ishchi charchashi xisobiga
ish qobiliyati kamaysa,
xuddi shu charchash xisobiga baxtsiz xodisalar xam
vujudga keladi.
4.1-rasm. Ishlash qobiliyati bilan ish vaqti
o‘rtasida bog‘lanish
Tashkiliy
sabablar.
Tashkiliy
sabablarga
qo‘yidagilarni kiritish mumkin. Sanoat korxonasini
loyixalash vaqtida yo‘ul qo‘yilgan xatolar,
ishchi va
Ishlash qobiliyati
t,
vaqt
3,5
0,5
xizmatchilarning
xavfsiz
ishlash
usullariga
o‘rgatilmaganligi,
yo‘riqnomaning
noto‘g‘ri
o‘tkazilganligi, ishchilar mehnatidan mutaxassisligi
buyicha foydalanmaslik, xavfsiz mehnat qilish texnik
nazoratining yo‘qligi,
xavfli ekanligini bilib turib,
betartib ish yuritish va ishchilarning o‘zaro
kelishmasdan
ish
olib
borishlari,
texnologik
jarayonlarning buzilishi, ishchilarning mexnat qilish
va dam
olish rejalarining buzilishi, ish joylarini
noqulay rejalashtirish,
sanoat korxonasi xududida
yo‘lka va o‘tish joylarini noto‘g‘ri joylashtirish, ish
joylarini noto‘g‘ri tashkil qilish,
nobop ish
qurollaridan
foydalanish,
shaxsiy
muhofaza
aslaxalarining ish sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi,
to‘siqlarning yo‘qligi, xavf xaqidagi ogoxlantiruvchi
plakatlarning bo‘lmasligi va boshqalar.