3.3-rasm. AQSH davlatining 2013-2017 yillarda davlat byudjeti tarkibi.
Yuqoridagi rasm orqali biz ASH davlatining byudjeti tarkibini ko‘rishimiz mumkin. Uning tarkibida asosiy o‘rinni jismoniy shaxslar va uy xo‘jaliklari daromad solig‘i egallab uning ulushi 2013-yilda 76.4 foizni, 2014-yilda 77,3 foizni, 2015-yilda 76,7 foizni, 2016-yilda 76,3 foizni, 2017-yilda esa 77,8 foizni tashkil etgan. Shuningdek korporatsiyalarning daromad solig‘i ham yillar davomida 10 foiz atrofida tebrangan. AQSH davlat byudjetining daromadlariga aholi daromadidan olinadigan soliqlar, korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq, aksiz solig‘i, QQS, bojxona bojlari, shuningdek markaziy hukumat tomonidan chiqariladigan davlat zayomlaridan keladigan daromadlar. Federatsiya a’zolarining byudjeti daromadlari asosan mahsulotlar oldi sotdisi va yalpi tushumdan tushadigan soliqlar bilan to‘ldiriladi. Mahalliy byudjet daromadlari ikkinchi darajali soliqlardan shakllanadi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv ya’ni hudularda amalga oshiriladigan funksiyalarni bajaradi.
AQSH davlatida davlat moliyasining tarkibiy qismlaridan biri byudjetdan tashqari fondlar bo‘lib ular ilmiy tadqiqot fondlari deb nomlanadi. Ilmiy tatqiqot fondlari sanoatda, qurilishda, ilmiy tatqiqotlarning qo‘llab-quvvatlashini moliyalashtirish uchun shuningdek, davlatning ilmiy markazlarini ta’minlashga qaratilgan fondlardir.
AQSHda 3 ta yirik fond faoliyat ko‘rsatadi:
1) Milliy ilmiy fond (MIF);
2) Standartlar byurosi ilmiy fondi (SBIF);
3) Kredit fondlari- bu davlat banklari, jamg‘arma kassalari va boshqa kredit
muassasalarida foydalanishda bo‘lgan, qaytarish va foiz to‘lash sharti bilan olingan resurslar.
AQSHda asosan 3 tarmoq bo‘yicha yo‘naltiriladigan bir qator kredit
fondlari mavjud. Ushbu tarmoqlar quyidagilar:
qishloq xo‘jaligi;
uy-qurilish;
tashqi iqtisodiy aloqa.
Ijtimoiy fondlar aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan
resurslardir. Aholi sonining ortishi jamiyatning turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qiziqish chegaralarining ortishi ushbu fondlarning ahamiyatini yanada oshiradi. Davlatning maxsus fondlari huquqiy holatiga ko‘ra davlat maxsus fondlari va mahalliy maxsus fondlarga bo‘linadi. Davlatning maxsus fondlari markaziy hukumatga qarashli bo‘ladi va ularga investitsiya fondi, valyuta fondi, ijtimoiy sug‘urta fondiga bo‘linadi.
Mahalliy maxsus fondlar mahalliy hokimiyat organlariga tegishli bo‘lib
ular orasida eng yirigi zayom fondlari hisoblanadi. Ishlanish maqsadiga ko‘ra maxsus fondlar: iqtisodiy, ilmiy-tatqiqot, kredit, ijtimoiy sug‘urta fondlari va boshqa fondlarga bo‘linadi. Biz moliya tizimi shu jumladan davlat moliyasi yuqori darajada rivojlangan davlatlardan biri AQSH davlat moliyasi holatini ko’rib chiqdik, shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz davlat moliyasini isloh etishda AQSH davlat tajribasidan quyidagi jihatlarni amaliyotga tadbiq etsak maqsadga muvofiq bo‘ladi:
hamda mahalliy kreditlarni shakllantirish, bu orqali AQSHda doimiy ravishda qo’llaniladigan mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlar tengsizligini yuqori byudjetlar bilan munosabatlarsiz qoplashga erishishimiz mumkin;
ko‘paytirish ya’ni bu orqali mamlakat aholisining mulkdan va yerdan foydalanish unumdorligini oshishiga erishish;
Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni tartibga
solish, bu orqali AQSHda aynan erkin iqtisodiy hududlarga berilayotgan imtiyozlarni tartibga solish hamda mamlakatning rivojlanish darajalariga ko’ra hududlarga imtiyozlarni tabaqalashtirish orqali mamlakatning barcha hududlarini kompleks rivojlanishga erishish mumkin;
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarning xarajatlar yo‘nalishini
aniq belgilab shu sohada faoliyat ko‘rsatishiga erishish hamda AQSH davlati kabi byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’laridan samarali foydalib, undan davlat byudjeti defitsitini qoplashda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanish;
tashkilotlari uchun korporativ kartochkalar amaliyotini tadbiq etish, bu orqali davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimida soddalashgan tizimga erishish.
|