• Moliyaviy tizim
  • Moliyaviy tizimning eng oddiy tasavvuri
  • Moliya tizimi va uning mohiyati




    Download 378 Kb.
    bet3/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi378 Kb.
    #159907
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    MOLIYA TIZIMI NAMUNA

    1. Moliya tizimi va uning mohiyati
    Moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi”, deb ta’rif berish mumkin. Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1.1-rasm).

    Moliyaviy tizim







    Uy xo’jaliklari




    xususiy kompaniyalar


    davlat tashkilotlari




    o‘zlari tomonidan qabul qilingan moliyaviy qarorlarni amalga oshiradilar


    (hayotga tatbiq etadilar)

    1.1-chizma. Moliyaviy tizimning eng oddiy tasavvuri


    Ayrim hollarda bozor aniq moliyaviy vositalar bilan ishlashi uchun ma’lum bir joyda joylashgan bo‘ladi. Bu, masalan, Nyu-York fond bir-jasiga (New York Stock Exchange) yoki fyuchers va opsionlarning Osaka birjasiga (Osaka Options and Futures Exchange), shuningdek, “Toshkent” fond birjasiga va boshqalarga tegishli. Bular, mos ravishchda, Nyu-York (AQShda), Osaka (Yaponiya)da va Toshkent (O‘zbekiston)da joylashgan. Lekin har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Masalan, aksiyalar, obligatsiyalar va valyuta-larning birjadan tashqari bozorlari (over the counter markets) asosan butun dunyo qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qiluvchilarni va ularning mijozlarini yagona tarkibiy tuzilmaga birlashtiruvchi global kompyuter va telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ifodalangan.
    Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsu-lotlar savdosidan iborat bo‘lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb ataladi. Ularning tarkibi, asosan, banklar, investitsion va sug‘urta kom-paniyalaridan iborat. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka31 kredit-larini berish, sug‘urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o‘zaro jam-g‘armalarda ishtirok etishga yo‘l ochish kiradi.
    Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) xarakterga ega. Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari bilan keng qamrovli xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu-kunduz amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, aytaylik, agar Germaniyada joylashgan yirik uyushma (korporatsiya) yangi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda u sarmoyaga oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan, aksiyalarni chiqarish va London yoki Nyu-York fond birjalarida sotish yoki biror-bir yapon pensiya fondidan qarz olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi.
    Buning ustiga so‘ngi holatda qarz yevro, shu-ningdek, yapon iyenasi yoki AQSh dollarida ham taqdim etilishi mumkin.
    Amaliy ish jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlarning turli sohalari majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ta’rif berish ham mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va mohiyatiga ko‘ra butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalariga va bo‘g‘inlariga nisbatan obektiv ravishda yangichayondashuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi1:



    • davlat moliyasi va mahalli..y moliya;

    .

    • xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi.

    O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin:








    • maqsadli nobyudjet fondlari;




    • davlat krediti.

    Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:



    • tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;

    • moliyaviy vositachilar moliyasi;

    • notijorat tashkilotlari moliyasi.

    Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
    Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir.





    Download 378 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 378 Kb.