2. Moliya tizmida moliyaviy oqimlarning tutgan o'rni va moliyaviy oqimlarni boshqarish.
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi2.
Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, 4.2-rasmda (navbatdagi betga qarang) moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi3.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan sub’ektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalar resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar deb ataladi.
2.1-chizma. Moliyaviy oqimlar
Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy sub’ektlardan (ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) sub’-ektlarga moliyaviy vositachilar orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (chizmadagi moliyaviy oqimlar harakatining pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar ushbu vositachilar xizma-tidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar (chizmadagi yuqori yo‘nalish).
Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik: qaysidir bir uy xo‘jaligi (erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ekt) biror-bir firma (defitsit iqtisodiy sub’ekt) chiqargan aksiya-larni sotib olmoqda. Alohida hollarda, agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda, aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitent4i bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qim-matli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar.Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali o‘tmaydi va shunday qilib, 4.2-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan iqtisodiy sub’ektlarga o‘tadilar.Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish uchun undan foydalandi. Mazkur holatda Siz qarz olgan firmadan o‘z pulingizni bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pullik talabnoma faqat bankka nisbatan bor. Chunki Siz unda depozit ochgansiz.
Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga ma’lum pul talablarini qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq ishonchli va likvidli bo‘ladi (ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin. Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektdan shunday mablag‘lar defitsit bo‘lgan sub’ektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bunda ushbu jarayon ishti-rokchilarining biri – bank egalari yoki mazkur bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti – o‘ziga qarz bo‘yicha riskni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.
2-rasmdagi “Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozor-lar”ga olib boruvchi chiziq-ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi) hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni (bozorda) biror-bir aksiya va obli-gatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu er-xotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi.
“Bozorlar”dan pastga “Moliyaviy vositachilar”ga yo‘naltirilgan chiziq ko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy bozorlarda olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segmentlarida sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib olishi mumkin. Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining o‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo‘ladi.
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar – barcha darajalardagi byudjetlarning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;
tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo‘jalik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi;
nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat:
qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;
nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;
boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G‘aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;
nazorat-kuzatuv – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo‘yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan va ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bo‘lmaydi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko‘zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bo‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag‘lari bilan to‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining yetarli bo‘lmagan hajmda va o‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bo‘lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo‘qotmalarning bo‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
|