|
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
|
bet | 9/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 378 Kb. | | #159907 |
Bog'liq MOLIYA TIZIMI NAMUNAXULOSA VA TAKLIFLAR.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining samarali amalga oshirilishi ko’p jihatdan moliyaviy rеsurslarga bog’liq bo’ladi. Pul vositasida takror ishlab chiqarishning bir bosqichidan boshqasiga o’tiladi hamda muayyan maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy fondlar vujudga kеltiriladi. O’z navbatida bu fondlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligini va kеngaytirilishini ta’minlaydi. Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli xo’jalik yurituvchi bo’g’inlar, uy xo’jaliklari va davlatning pul mablag’lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo’lish manbalari va amal qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va krеdit shakllari tusini oladi. Ushbu bobda moliyaning mazmuni, vazifalari tizimi, uning asosiy bo’g’ini bo’lgan davlat budjеti va budjеt mablag’larining shakllanishida soliqlarning roli bayon etiladi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o’rtasidagi pul mablag’lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat rеal hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik shaxslar o’rtasida o’zaro iqtisodiy munosabat va aloqalarni o’rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o’zining barcha vazifalarini aynan moliya mеxanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.
Moliya – iqtisodiy katеgoriya sifatida pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablag'lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya pul bilan bog'liq munosabatlar bo'lib, uning moddiy asosini pul tashkil qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa tushuncha emas. Bundan ko'rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash maqsadida davlat ko'plab boshqa iqtisodiy sub'ektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar davlat mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar harda alohida fuqarolar o'rtasida pul mablag'lari fondlarining harakati bilan bog'liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyaviy munosabatlarning ob'ektlari va sub'ektlari farqlanadi. Moliyaviy munosabatlarning ob'ektlari bo'lib iqtisodiyotning turli darajalarida tarkib topuvchi va harakat qiluvchi pul mablag'lari fondlari hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlar sub'ektlari tarkiban murakkab bo'lib, ularga barcha tashkilotlar, korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo moliyaviy munosabatlar bo'lib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida quyidagi munosabatlarni ko'rsatish mumkin:
-daviatlararo moliyaviy munosabatlar;
-davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
-boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
-davlat va korxonalar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
-davlat va jamoat tashkilotlari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
-davlat va aholi o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- korxonalaro moliyaviy munosabatlar;
-korxonlar va banklar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
-korxonn ichidagi xo'jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy munosabatlar va boshqalar.
Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o'sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag'batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasin, tarmoqlararo va hududiy nistratiamni shakllantiradi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamuyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi o'z ichiga turli darajadagi budjetlami, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug'urta fondlarini, davlatning valyuta zaxiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilminlarining sul fondlarini, boshqa maxsus paul fondlarini oladi.
|
| |