|
Xorojiy mamlakatlarning moliya tizimi va mamlakatimizda ulardan foydalanish
|
bet | 7/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 378 Kb. | | #159907 |
Bog'liq MOLIYA TIZIMI NAMUNA3. Xorojiy mamlakatlarning moliya tizimi va mamlakatimizda ulardan foydalanish
Har bir mamlakat o‘zining moliya tizimiga ega. Faqat uning tarkibi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin. Aynan mamlakatlarning moliya tizimi qay darajada shakllanganligi nafaqat mamlakatning rivojlanish darajasini, balki uning tanlagan yo‘li, tuzilmaviy ko‘rinishini ham ifodalab beradi. Rivojlangan mamlakatlarda moliya atamasi kengroq tushuncha bo‘lib, u davlat, korporatsiyalar, xorijiy davlatlar va boshqa turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda rivojlangan mamlakatlarning moliya tizimi quyidagicha tasniflanadi:
3.1-rasm. Xorijiy mamlakatlarda moliya tizimining ko‘rinishi
Shuningdek xorijiy mamlakatlar moliya tizimi tarkibida qarz beruvchi,qarz oluvchi va investorlar o‘rtasidagi fondlar ham kiritilishi mumkin. Moliya tizimida sug‘urta tashkilotlari ham alohia ahamiyat kasb etib ular aholi va korxonalarning mablag‘larini qayta taqsimlashda faol ishtirok etadi.
Xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimida O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimidan farqli ravishda davlat korporatsiyalari moliyasi ajralib turadi. Shuningdek xorijiy mamlakatlarning davlat moliya sohasida munitsipal kreditlar ham mavjud bo‘lib, ular mahalliy byudjetlar kamomadi uchun sarflanadi. Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining yetakchi bo‘g‘inlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va o‘z-o‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va undan foydalanish shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va boshqalar davrida) hukumat Davlat byudjetining mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida o‘sib boruvchi davlat xarajatlarini qoplaydi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo‘lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha va ayrim davrlarda undan ham ko‘proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga biriktirilgan.5
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning o‘zida, Davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliya tizimining barcha bo‘g‘inlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
AQSH, Germaniya, XXR kabi xorijiy mamlakatlarda Davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo‘lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o‘sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlardagi moliya tizimining ikkinchi bo‘g‘inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bo‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining uchinchi bo‘g‘ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo‘lib, unga ko‘ra davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bo‘lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi. Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning salmog‘i mahalliy byudjetlarda Davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bo‘lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati ostida subvensiya va kreditlar yo‘li bilan kerakli mablag‘larni oladi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bo‘g‘inlaridan yana biri bu maxsus byudjetdan tashqari fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yirik maxsus byudjetdan tashqari fondlar orasida milliy sug‘urta fondlari alohida o‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona ishchilari va tadbirkorlarning sug‘urta badallari hamda Davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi.
Milliy sug‘urta fondlarining mablag‘lari yosh, nogiron va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga pensiyalar to‘lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bo‘yicha nafaqalar berishga sarflanadi. Bunda mablag‘larning asosiy qismi yosh bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga yo‘naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish haqi va to‘langan sug‘urta badallari miqdoriga nisbatan belgilanadi. . Rivojlangan malakatlardan biri AQSH misolida davlat moliyasi va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilamiz. AQSH davlati federal ko‘rinishda bo‘lganligi uchun uning byudjet pog‘onasi uch pog‘onali bo‘ladi. AQSH davlati dunyoda YaIM hajmi bo‘yicha yuqori darajada bo‘lishiga qaramasdan, davlat qarzi hamda davlat byudjetining defitsiti har yili kuzatilmoqda.
3.2-rasm. AQSH davlatining moliya tizimi ko‘rinishi.6
AQSH davlatining moliya tizimi quyidagicha ko‘rinishga ega: AQSH federal davlatida byudjet tizimi 3 bo‘g‘indan iborat:
Davlat byudjeti (federal yoki markaziy hukumat byudjeti);
Federal a’zolar byudjeti (shtatlar byudjeti);
Mahalliy byudjetlar;
Davlat byudjetlarida yirik pul mablaglarini to‘plash davlatning moliyaviy siyosatini samarali olib borilishini zaruriy sharti hisoblanadi. Bu mablag‘lar davlatga davlat apparatini boshqarishga, davlat zayomlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga, shuningdek o‘sib borayotgan ijtimoiy xarajatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Byudjetni ushlab turishga bir qancha obyektiv va subyektiv sabablar ta’sir ko‘rsatadi. Obyektiv sabablarga avvalo, ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri va byudjet mohiyatiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi kiradi. Jamiyat ishlab chiqarish uslublarining, yalpi mahsulotni taqsimlashning va egalik munosabatlarining o‘zgarishi natijasida byudjet mohiyati, uni tarkibi tubdan o‘zgardi. Subyektiv omillarga hukumat siyosati, rivojlanish ustuvorligi, ichki va tashqi iqtisodiy holati va boshqalar kiradi.
AQSH davlat byudjetining daromadlari quyidagicha:
|
| |