• «kapital qo‘yilmalar», «kapital qurilish»
  • Xorijiy mamlakatlar tajribasi va investitsiya to‘g‘risida respub- likamizda qabul qilingan qonunning tahlilidan kelib chiqib
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet389/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    «INVEST»
     
    so‘zidan olingan bo‘lib 
    «sarmoya»
    degan ma’noni bildiradi. Kengroq ma’noda qo‘llanilganda foyda olish 
    maqsadida mamlakat ichkarisida va chet ellarda sanoat, qishloq xo‘jaligi 
    va boshqa tarmoqlarga qo‘yilgan uzoq muddatli mablag‘ sarmoyani 
    bildiradi. 
    Bugungi kunda investitsiya va investitsion jarayon tushunchasiga 
    amaliyotchilar har xil nuqtayi nazardan qaraydilar. Ayrim olimlar inves-
    titsiyani hali ham 
    «kapital qo‘yilmalar», «kapital qurilish»
    kategori-
    yalariga tenglashtirib keladilar. Aslini olganda, investitsiya hajmi 
    jihatdan ham, rang-barangligi jihatdan ham hozir aytilgan kategoriya-
    lardan ustun turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
    «kapital qo‘yilmalar», 
    «kapital qurilish»
    kategoriyalari investitsiyalarning tarkibiy qismidir.
    Investitsiyaning iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadigan 
    bo‘lsak, bu o‘rinda «investitsiya» tushunchasining moliyaviy, mulkiy va 
    intellektual qadriyatlarni takror ishlab chiqarish in’ikosi bo‘lishini dast-
    labki va asosiy tushuncha bo‘lib maydonga chiqishini unutmaslik kerak. 
    Bizda investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991-yildan boshlab 
    qabul qilindi va o‘tgan vaqt ichida ular ancha takomillashdi. Investitsiya 
    to‘g‘risida qabul qilingan qonunda ko‘rsatilishicha investitsiya – bu 
    iqtisodiy samara olish yoki ijobiy ko‘rinishdagi ijtimoiy natijaga erishish 
    uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar 
    kabilar, qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar 
    va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir. 
    Xorijiy mamlakatlar tajribasi va investitsiya to‘g‘risida respub-
    likamizda qabul qilingan qonunning tahlilidan kelib chiqib
    investitsiyaning shartli ravishda 3 ta turini ajratish mumkin: 
    1.
    Moliyaviy investitsiyalar. 
    2.
    Moddiy investitsiyalar. 
    3.
    Intellektual (aqliy) investitsiyalar. 
    Iqtisodiyotni modernitsiya qilish sharotida har bir investitsiya 
    turining o‘ziga xos o‘rni bo‘ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga 
    mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonat-
    lar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenglash-
    tirilgan boyliklar kiradi. 


    542
    Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-
    uskunalar, inshootlar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondla-
    rining aktiv va passiv qismlari kiradi. 
    Intellektual (aqliy) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni 
    ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan 
    foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. 
    Mulkiy huquqlar guruhiga kirgan investitsiyalarning xillari bozor 
    munosabatlarining nechog‘lik rivojlanishiga, milliy bozorlarning o‘ziga 
    xos tomonlariga qarab har xil bo‘ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar 
    shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau» 
    kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil 
    egalik huquqlari kiradi. 
    Tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari ko‘rinishidagi investitsi-
    yalari yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini o‘z ichi-
    ga oladi.
    Hamma turdagi investitsiyalar, ularning hajmidan qat’iy nazar, 
    biror-bir investitsion jarayonning natijasidir. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish