bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish
birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan 
o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori 
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish 
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan 
quvvatlarni modernizatsiya qilish va tejnik yangilash jarayonlarini 
tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
 
Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlar-
ning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012-2016-yillarda hisob-
kitoblar bo‘yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan 
ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni moderni-
zatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq 
dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 


540
Joriy 2012-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom 
ettirishda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga 
oshirish mo‘ljallangan. Jumladan, Surshl koni bazasida Ustyurt gaz-
kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar va Qo‘ng‘irot soda 
zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish 
zavodini qurish ishlari boshlanadi. 
Shuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug‘-gaz 
qurilmasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi energoblok qurish, 
avtomobil shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘yish, to‘qimachilik korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va 
butun texnologik jarayonni takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni 
amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta ji-
hozlash ishlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish 
va taraqqiyot jamg‘armasining roli tobora ortib borayotganini alohida 
ta’kidlashni istardim. 
Aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu Jamg‘arma kapitali 9 milliard 
dollardan oshib ketdi. 2012-yilda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 
sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasining yetakchi tarmoqlarida 758 
million dollardan ziyod hajmdagi 29 ta strategik investitsiya loyihasini 
birgalikda moliyalash mo‘ljallanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 38,2 
foizga ko‘p demakdir. 
Vazirlar Mahkamasi strategik ahamiyatga molik loyihalarning 
amalga oshirilishini alohida nazoratga olishi, loyiha-smeta hujjatlarining 
puxta ishlanishini, tanlov savdolarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini, zarur 
asbob-uskunalarning yetkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar tuzilishi 
hamda qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini 
ta’minlashi zarur».
1
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish 
va tarmoqlar iqtisodini rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish sa-
maradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. Bozor munosabatlariga 
o‘tish bosqichida davlatning olib borgan investitsiya siyosatini hayotga 
tatbiq etish natijasida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuksa-
lishlar yuz bergan. Xalq xo‘jaligi tarmoqlariga yo‘naltirilgan investitsiya 
mamlakatlar iqtisodini rivojlantirishni ta’minlab, ichki bozorini tovarlar 
1
Каримов
И
.
А
. 2012 
йил
– 
Ватанимиз
тараққиётини
янги
босқичга
кўтарадиган
йил
бўлади

Т
.: 
«
Ўзбекистон
», 2012 
й
.20-21-
бетлар



541
bilan to‘ldirishga va xalqaro savdo aloqalarining kengayishiga har 
tomonlama o‘z hissasini qo‘shgan. 
 
Investitsiya lotincha 

Download 2,53 Mb.
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish